Mavu. Ishlab chiqarishdagi zaharlar va zaharlanishlar. Reja
Download 24.89 Kb.
|
Ishlab chiqarish zaharlari va zaharlanishlar
Mavu. Ishlab chiqarishdagi zaharlar va zaharlanishlar. Reja Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar. Zaharlanish. Zaxarli omillardan himoyalanish tadbirlari. Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar Ishlab chiqarishdagi zararli omillarning mavjudligi, ishchilarning bu omillar ta’siridan zararlanish darajalarini kamaytirish yoki tugatish muammosini keltirib chiqaradi. Zararli omillar moddiy yoki moddiy bo‘lmasligi mumkin: A) moddiy – chang, gaz, tutun, aerozol, bug‘, kimyoviy moddalar kabilar zararli; jarohatlovchi kuch ta’sirini beruvchi metall qirindi, singan detallar uchishi, olov, yuqoridan tushayotgan yuk kabilar moddiy xavflar sanaladi. B) moddiy bo‘lmagan – shovqin, titrash, lazer nuri, elektromagnit maydon, yuqori issiqlik kabilar moddiy bo‘lmagan zararli; yuqoridan tushib ketish, zarb to‘lqini, vakuum yoki yuqori darajadagi bosim kabilar moddiy bo‘lmagan xavflar sanaladi. Zararli omillar bilan zaharli omillar o‘rtasida farq qo‘yilmagan holda zararli va xavfli omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: Xavfli va zararli omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) alkogol; 2) havo haroratining meyorida emasligi; 3) havo namligining meyorida emasligi; 4) havo harakatining meyorida emasligi; 5) havo bosimining meyorida emasligi; 6) noto‘g‘ri yoritilganlik; 7) havoning noto‘g‘ri ionizatsiyasi; 8) yaltiroqlik; 9) vakuum; 10) portlash; 11) portlovchi modda; 12) titrash; 13) suv; 14) vulqonlar; 15) balandlik; 16) gaz; 17) gerbitsidlar; 18) chuqurlik; 19) gipodinamiya; 20) gipokineziya; 21) ochlik; 22) mo’z; 23) tog‘ bosimi; 24) issiq yo’za; 25) og‘irlik tayanchi; 26) dinamik zo‘riqish; 27) yomg‘ir; 28) tutun; 29) o‘yuvchi modda; 30) issiqlik; 31) suyuq gaz; 32) kasallik; 33) berkitilgan(germetik) idish; 34) yer qimirlashi; 35) idishdagi bosimning ortiqligi; 36) infratovush; 37) infraqizil nurlanish; 38) uchqun; 39) sakrash (kachka); 40) kinetik energiya; 41) klaustorofobiya; 42) korroziya; 43) ko‘chki; 44) lazer nurlanishi; 45) yaproq to‘qilishi; 46) magnit maydoni; 47) makroorganizmlar; 48) tibbiy dori-darmon; 49) meteorit; 50) mikroorganizmlar; 51) yashin (momaqaldiroq); 52) bir xillik (monotonlik); 53) havodagi turli gazlar miqdorining meyorda emasligi; 54) suv toshqini; 55) qizigan yo’za; 56) cho‘kindi (idish, quvurda); 57) chuqurlik; 58) mustahkamlikning yetarli emasligi; 59) o‘ta xavfli modda; 60) olov; 61) ko‘chki; 62) qurol (sovuq, o‘qotar); 63) o‘tkir asboblar; 64) zahar; 65) sovutilgan sirt; 66) sababsiz tushib ketish; 67) bug‘; 68) mashina va mexanizmlarning zo‘riqishi; 69) tahlil qiluvchini ortiqcha kuchaytirish (kuchlanishini); 70) pestitsidlar; 71) yorug‘likni ortiqcha kuchaytirish; 72) yong‘in; 73) potensial energiya; 74) psixologik kelishmovchilik; 75) yorug‘lik potogini pulslantirish; 76) chang; 77) ishchi holat; 78) radiatsiya; 79) rezonans; 80) sel; 81) chirish; 82) aylanish harakat tezligi; 83) sirpanchiq yo’za; 84) qor yog‘ishi; 85) quyosh aktivligi; 86) quyosh (oftob) urishi; 87) uyqusizlik; 88) statik zo‘riqish; 89) statik elektr; 90) dovul; 91) yuqori chastotali tok; 92) tuman; 93) zarb to‘lqini; 94) ultratovush; 95) ultrabinafsha nurlanish; 96) aqliy zo‘riqish (toliqish); 97) bo‘ron; 98) tezlanish; 99) charchash; 100) sovuq sirt; 101) havo oqimi (siklon); 102) sunami (dengizdan chiqadigan bo‘ron); 103) shovqin; 104) elektr yoy; 105) elektr toki; 106) elektr maydoni; 107) elektromagnit maydon; 108) hayajonlanish; 109) hissiy zo‘riqish va boshqalar. Yuqorida keltirilgan umumiy tushunchaga ega bo‘lgan zararli omillarga hozirgi kunda sanoat korxonalari, tashkilotlar, xo‘jaliklar va hattoki oilalarda duch kelishimiz mumkin bo‘lgan tomonlar bo‘yicha olingan bo‘lib, bularning har birining kelib chiqish sabablari, oqibatlari batafsil o‘rganilishi talab etiladi. Baxtsiz hodisalarning yo’zaga kelmasligi yoki insonning biror kasbiy kasallikka yo‘liqilmasligi uchun ana shu omillar va ularning ta’sir etishi oqibatlarini bilish zarurdir. Download 24.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling