Mavu: Unix operatsion tizimida ishlash asoslari. Operatsion tizimlar: unix operatsion tizimining asoslari. Linux operatsion tizimi strukturasi


Linux operatsion tizimi strukturasi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana23.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1044693
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Linux operatsion sistemasi

Linux operatsion tizimi strukturasi 
 
Linux operatsion tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri fayl tizimi. Linuxda, UNIX 
oilasining boshqa operatsion tizimlarida bo’lgani kabi, har qanday ob’ekt fayl tizimida saqlangan 
fayl. Linux operatsion tizimida kataloglar strukturasi Windows operatsion tizimidan farq qiladi. 
Agar siz biror dastur o’rnatmoqchi bo’lsangiz, dastur qayerga o’rnatishni, vaqtinchalik fayllarni 
qayerga yozishni, sozlama fayllarni qayerga yozishni tizim sizdan so’ramaydi. Chunki Linux 
katalog strukturasi birmuncha qattiq rejimda ishlashga moslashtirilgan va u ierarxik tuzilishga ega: 
Linuxda fayl tizimidagi kataloglar tasnifi 
Linux operatsion tizimiga dastur o’rnatish usullari 
Linux operatsion tizimida dasturlarni o’rnatishning 3 xil usuli mavjud: 
 
Source kod orqali; 
 
Paket orqali; 
 
Repozitoriya orqali. 
Source kod orqali dastur o’rnatish afzallik va 
kamchiliklari: 
+ Dastur kodini o’zgartirish imkoniyati mavjud. Misol uchun sizda Java tilida yozilgan dastur 
bo’lsa uni o’zgartirib uni kompilatsiya qilish imkoniyati mavjud. 
+ Administrator huquqisiz tizimga o’rnatish mumkin. Home katalogiga kompilyatsiya qilish 
orqali dasturni ishlatish mumkin. 
– Kerakli bo’lgan kutubxonalarni qidirib topish juda uzoq vaqt talab qiladi. Zarur kutubxonani 
aniqlash zarur, keyin uni qidirib topib dastur ishlashi uchun uni bog’lash zarur. Bu source kodni 
mashin kodga o’tkazib chiqish orqali amalga oshiriladi. 
– Dasturni o’rnatishni boshqarish mavjud emas. Dastur tarkibida nimalar o’rnatilganligini 
qanday ishlar amalga oshirilganligini bilish imkoniyati yo’q. 


Paket orqali dastur o’rnatish afzallik va 
kamchiliklari: 
+ Paket bu kompilatsiya bo’lgan barcha zarur kutubxonalari joylangan arxivdir. Buni o’rnatish 
jarayoni arxiv ochiladi va kerakli kataloglarga fayllar joylanadi. 
+ Dastur o’rnatishni boshqarish moduli mavjud. Package manager orqali qanday versiya 
o’rnatilgan, qanday modullardan tashkil topgan va hokozo ma’lumotlarni boshqarish mumkin. 
– O’rnatish uchun administrator huquqi talab qilinadi. 
– Paket bu aniq operatsion tizim distrubitivi uchun yaratiladi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling