Mavzi: mahsulot sifati va uni nazorat qilish


Download 162.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.04.2020
Hajmi162.21 Kb.

MAVZI: MAHSULOT SIFATI VA UNI NAZORAT QILISH. 

R e j a: 

1. Maxsulot sifati va sifat boshqaruvi. 

2.Maxsulot haqidagi ma’lumotlarni Sertifikatlashtirish va kodlash.  

3. Maxsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning EAN kodi. 

 

 

 



 

Belgilangan  maxsulotning  sifat  ko’rsatkichlarining  nomenklaturasini 

tanlash,  bu  ko’rsatkichlarning    qiymatlarini    aniqlash  va    ularni  asos    bo’luvchi  

qiymatlari  bilan  taqqoslashni    o’z  ichiga    oluvchi  ishlarning    yig’indisi  maxsulot 

sifatining    darajasini    baxolash  deb  ataladi.  Maxsulot  sifatining  darajasini  baxolash 

uchun maxsulotlar ikkita turkumga  bo’linadi.  

-foydalanishda sarflanadigan  maxsulot. 

-o’z resursini  sarflaydigan maxsulot. 

Maxsulot  sifatining    ko’rsatkichlar    nomenkulaturasini  tanlab  olishni  asoslash  

quyidagilarni  inobotga olgan holda  amalga  oshiriladi. 

-maxsulotni ishlatilishdagi sharoitlarni va vazifasini. 

-iste`molchilar  talablarining tahlili. 

-maxsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini  va tuzilishini. 

-sifat ko’rsatkichlariga bo’lgan asosiy  talablarni. 

Maxsulot sifatiga ta`sir etuvchi omillarni to’rt  toifaga bo’lish mumkin. 

-texnikaviy: 

-tashkiliy: 

-iqtisodiy: 

Ijtimoiy: 

 

Texnikaviy    omillarga  uskunalarning      jixozlanish  asboblarining  hamda  nazorat 



vositalarining 

texnikaviy 

 

hujjatlarining 



holati 

dastalbki 

materiallar 

yarimfabrikatlarning sifati va shunga  o’xshashlar kiradi. 

 

Tashkiliy  omillarga    rejalik    bir  maromda  ishlash,    texnikaviy    xizmat  va 



uskunalarni  ta`minlash  materiallar,  komplektlanuvchi,  buyumlar  jixozlanishi, 

asboblarni    texnikaviy    hujjatlar  va    nazorat  vositalari  bilan  ta`minlaganligi  ishlab  

chiqarish    madaniyati    mexnatni  ilmiy  asosda  tashkil  etish,  ovqatlanish  va  ish  

vaqtidadam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. Iqtisodiy omillarga  mexnatga pul 

to’lash shakillari, oylik  maoshning miqdori yuqori  sifatli maxsulotni va ishni moddiy 

rag’batlantirish maxsulotning yaroqsizligi uchun oylik  maoshidan ushlab qkoldi, uning   

sifati  darajasi  tannarxi,  maxsulotning  bahosi  va  shunga  o’xshashlar    kiradi.  Ijtimoiy 

omillarga  kadrlarni  tanlash,  joy-joyiga  qo’yish  malaka  oshirishni  tashkil  qilish,  ilmiy-

texnikaviy  ijodiy, ijodkorlik va ixtirochilikni  tashkil etish,  turmush sharoitlari o’zaro  

munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar  kiradi. 

 Maxsulot    sifatini    tashkil  topish,  uning  hamma  hayotiy  bosqichlarida  tadqiqot  va 

loyihalash  ishlarida,  ishlab    chiqarishda  muomalada,  iste`molda    yoki  ishlatilishda 

namayon  bo’ladi.  Tadqiqot  va    loyihalash    ishlari  maxsulotning  sifatini  oshirilishida 

belgilovchi    urnini    egalaydi.  Bu  bosqich    sifatini    tashkil  topishining  boshlanishi  

hisbolanib,  bunga    ilmiy-texnika  taraqqiyotining    qo’llanishi    natijasida  hamda  

me`yoriy  hujjatlarni maxsulot ishlab  chiqarish uchun uni muomalada, iste`molga yoki  



ishlatilishiga  belgilangan  iqtisodiy  ko’rsatkichlariga  rioya    qilgan  holda    tayyorlash 

natijasida erishiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar  amalga oshiriladi. 

-andozalar,  sifati  ko’rsatkichlariga  ega  bo’lgan  namunalariga  yo’naltirilgan  ilmiy-

tadqiqot tajriba-konstruktorlik  va boshqa ishlarni bajarish. 

-me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish. 

-standartlarga  rioya qilishida o’z-o’zini nazorat qilishni amalga oshirish. 

-maxsulot sifatining darajasini istiqbollash  va me`yorlash. 

-maxsulot  sifatini  rejalashtirish  erishish,  turli  usullarni  tayyorlash  choralarini    joriy  

qilish, sinash  va nazoratga   yo’naltirilgan  konstruktor  va texnologik tadbirlarni   ishlab 

chiqish. 

-bizda va xorijda  chiqarilayotgan shu  xildagi  maxsulot sifati haqidagi axborotni tahlil 

qilish. 


-maxsulot  sifatining  ko’rsatkichlarini  va  shuningdek  sifat  darajasini  baholashni 

tasniflash va aniqlash. 

Maxsulot  sifatini    boshqarish  tizimlari  ishlab    chiqish  bosqichida  texnikaviy  darajani 

rivojlantirishni  yuqori  sur`atlarda  doir bo’lishini ta`minlash.  

Murakkab  va  mas`uliyatlti  buyumlar  uchun  ishlab    chiqishda    sifatni    boshqarish 

jarayonida  maxsus  ish  rejalari    tuziladi.  Maxsus  konstruktorlik.  Ilmiy-  tadqiqot  yoki 

loyihalash    institutlarida    sanoat    korxonlarida    konstruktorlik  texnologik  bo’lim, 

byurolarda Yangi maxsulot namunalarini ishlab  chiqish mumkin. Bunda asosiy  e`tibor 

Ushbu    buyum    namunasi    haqiqatdan  Yangi  bo’lishiligiga  yoki  ishlab    chiqarishdagi  

buyumlarini    takomillashganligiga    qaratiladi.    Maxsulotni  ishlab    chiqarishga  

tayyorlash  bosqichida  optimal  texnologik  jarayonlarini  tanlash  qiyin  va  u  mas`uliyatli 

vazifa,  chunki  bu  bosqichda  doimiy  texnologiyaning  qiyinlashishi    hamda    ishlab  

chiqarishning  iqtisodiy   maxsuloti  sifatini oshirish  korxonaning asosiy   vazifalaridan 

biri    hisoblanadi.  Maxsulotni  ishlab    chiqarish  bosqichida  esa      quyidagi    tadbirlar 

amalga  oshirilishi  muljallanadi: 

-maxsulotni bevosita tayyorlash. 

-uskunalarning  jixozlarning  nazorat  o’lchash  texnikasining  sifatini  kerakli    darajada 

bo’lishini ta`minlash va nazorat qilish. 

-maxsulot    sifatini  oshirish    yaroqsizlikni    oldini  olish    me`yoriy  hujjatlarga  mos  

kelmaydigan  maxsulot  ishlab      chiqarish  sabablarini  bartaraf  qilish  tadbirlarini  

tayryolash va amalga  oshirish. 

-me`yoriy hujjatlarni joriy  qilish va  ularga  qat`iy  rioya qilish. 

-korxona  tushayotgan  xom  ashyoning,  materiallarning  yarim  fabrikatlarning  

komplektlanuvchi buyumlarning kirishdagi nazoratni o’rnatish:  

-chiqarilayotgan  mahsulotning  ish  bajarishdagi  qabuldagi  va  sinashdagi  nazoratni 

o’rnatish: 

-tekshiruvchan nazoratga meyoriy hujjatlarga rioya qilish:  

-  ishlatilish  bosqichidagi  mahsulotning  sifati  haqidagi  axborotni  yig’ish  va  to’plash  

uning yaroqsizligini u haqdagi shikoyatlarni hisobga olish va tahlil qilish: 

-hom  ashyo,  materiallar    yarimfabrikatlar    komplektlanuvchi  buyumlarni  va  tayyor 

maxsulotni omborda korxona ichidagi transportlarda me’yoriy hujjatlarning talablariga 

binoan olib yurilishini ta’minlash va nazorat qilish: 



-  belgilangan  sifat  darajasidagi  mahsulotni  chiqarishda  korxonaning  xodimlarini 

moddiy va  ma’naviy   rag’batlantirish.  

  Ishlab  chiqarish  birlashmalarida  korxonalarda  ishlab  chiqarish  bosqichida  qo’yilgan 

maqsadlarga  va  vazifalarga  erishishda  mahsulot  sifatini  boshqarish  tizimlari 

ta’minlaydi. 

2. 


Ba’zan  biror  maxsulot    xarit  qilganimizda  uning  ko’rinarli  joyida  yoki 

etiketkasida  har  xil  qalinlikdagi  chiziqlar  va  raqamlar  bilan  belgilangan  shakllarni 

ko’rishimiz  mumkin.  Ularga  shtriz-kod  nomi  berilgan.  Xo’sh  shtrix  kodlar  nima  va 

qachon paydo bo’lgan? 

Shtrix  kodlardan  mahsulotlarga  nisbatan  tadbiq  etish  g’oyasi  ilk  bora  30-yillarda 

AQSHning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib , undan amalda foydalanish bir 

necha  10  yillardan  so’ngina,ya’ni  60-yillardan  boshlangan    Shtrix  kodlarni  dastlab 

qo’llovchilar  temir  yo’lchilar  bo’lib  shu  usul  orqali  temir  yo’l  vagonlarini 

identifikasiyalashgan. Mikroprosessor  texnikasining  gurkirab rivojlanish 70-yillardan 

boshlab  shtrix  kodlardan  keng  ravishda  foydalanish  imkonini  yaratdi.  1973  yil  AQSH 

da  mahsulotning  universal  kodi  qabul  qilinib  1977  yildan  boshlab  esa  evropa  kodlash 

tizimi  tasis  etildi  va  hozirda    undan  nafaqat  Evropada  balki  boqsha  mintaqalarda  ham 

keng ravishda foydalanishmoqda. Shtrix kod ketma-ket almashonib kelivchi qora shtrix 

va  oq  probel  rangli  qalinlikda  chiziqlardan  iborat  bo’lib  bu  chiziqlarning  o’lchamlari 

standartlashtirilgan.  Shtrix  kodlar    maxsus  obtik  qurilmalar  skanerlar  yordamida 

o’qishga 

mo’ljallangan.Uning 

vositasida 

mikroprotsessorlar 

orqali 


shtrixlar  

raqamlariga  dekoderlanib    maxsulot  haqidagi  ma`lumot  komp’yuterga  uzatiladi. 

Ko’pinchi    iqtisodiy  rivojlangan  davlatlarda  maxsulotning    o’ramida    upakovkasida  

shtrix-kodning bo’lishi  majburiy sanaladi. Aks holda  savdo tashkilotlari  maxsulotdan 

voz  kechishlari  mumkin.    Bu  xalkaro    savdoga  ham    tegishlidir.  Ushbu    tizimning 

iqtisodiy    jihatdan  samaraliligi  maxsulotning    85  foizidan  ko’pi    kodlashtirilganda 

yaqqol  namayon  bo’ladi.  Bundan  tashqari  maxsulotga  nisbatan  bo’lgan  talab  va 

extiyojlarni  shakillantirish,  jamlash  hisobga  olish    maxsulotni  kelish-ketishini  hisob 

qilib  borish,  munosiblik  hisoblarida  va  hujjatlarni  rasmiylashtirishda  hamda  

maxsulotlarni    saqlash  va  sotuvidagi  nazoratlarni  amalga  oshirishda  alohida  o’rin 

tutadi. Asosan EA ning ikki kodidan ko’prok  foydalaniladi: 13 razryadli va 8 razryadli 

raqamli  kodlar.  Bunda  eng  ingichka    shtrix  va  ikki  probeldan  iborat  bo’ladi.  1  va  2  

rasmlar 13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar  ko’rsatiladi. 

-davlat kodi  davlat bayrog’i 

-korxona firma tayyorlovchi kodi. 

-maxsulotning kodi. 

-nazorat soni 

EA assotsichiyasi turli  davlatlar uchun kodlar ishlab  chiqqan bo’lib, ushbu kodlardan 

foydalanish uchun  markazlashgan  tarzda litsenziyalar tavsiya etadi. Masaln Frantsiya  

uchun davlat  kodi sifatida 30-37 italiya  uchun 80-87 oraliqlari tavsiya  etilagan. Ba`zi 

davlatlarning  kodlari  uch  xonali  sondan  iborat.  Masalan,  Gretsiya  520,  Rassiya  460, 

Braziliya  789    quyida  keltiruvchi  1  jadvalda  ba`zi  bir  davlatlarning  litsenziya  asosida 

olingan  kodlari  keltirilgan.  Tayyorlovchi    korxonaning  kodi  xar  bir  davlatda  tegishli  

organlar  momnidan  tuziladi.  Odatda  bu  kod  beshta    raqamdan  iborat  bo’lib,  davlat 

kodidan keyin keladi.  


Maxsulot  kodi    tayyorlovchi  tomonidan  tuziladi  va  u  ham  beshta  raqamdan  iborat 

bo’ladi.  Bu  kodning  rasshifrovkasi  standart  emas,  u  maxsulotga  taaluqli  bo’lgan 

muayyan  xususiyatlarni  belgilarni  yoki  faqat  tayyorlovchining  o’zigagina  ma`lum 

bo’lgan va shu  maxsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin. 

 

 

 



2-rasm 8 razryadli EAN kodi 

 

 



Nazorat  soni  EAN  algoritim  bo’yicha  kodni  skaner  vositasida  to’gri  o’qilganligini 

tekshirish  uchun  xizmat  qiladi.    EAN-8  kodi  uzun  kodlarni    belgilab  bo’lmaydigan 

kichik o’ramalar upakovkalar uchun muljallangan EA-8kodi quyidagi. 

1-jadval 



Maxsulot shtrixli kodlanish uchun ayrim davlatlarning EA kodi 

 

Davlat 


kodi 

Davlat nomi 

Davlat 

kodi  


Davlat nomi 

Davlat 


kodi 

Davlat nomi 

93 

Avstraliya 



539 

Irlandiya 

383 

Sloveniya 



90-91 

Avstriya 

569 

Israniya Italiya 



00-09 

AQSH va 


779 

Argentina 

84 

Kipr  


 

Kanada 


54 

Bel’giya va 

80-83 

Xitoy 


869 

Turkiya 


 

Lyuksemburg 

529 

Kuba 


64 

Finlyandiya 

380 

Bolgraiya 



690 

Meksika 


30-37 

Fransiya 

789 

Brazilya 



850 

Niderlandiya 

859 

Chexiya  



50 

Buyuk 


Britaniya 

750 


Yangi-

Zellandiya 

780 

Chili 


599 

Vengiriya 

87 

Norvegiya 



73 

Shvetsiya 

759 

Venesuela 



94 

 

76 



Shveytsvriya 

0  1   2  3   4  5  6  7  8 9  0 0 

Давлат  


коди 

Махсулот коди 

Назорат сони 

Тайёрловчи коди 



400-440 

Germaniya 

70 

Pol’sha 


860 

Yugoslaviya 

489 

Gonkog 


590 

Portugaliya 

880 

Janubiy 


520 

Grettsiya 

560 

Rossiya 


 

Koriya 


57 

Daniya 


460-469 

Singapur  

45-49 

Yaponiya 



729 

Isroil  


888 

 

478 


O’zbeksiton  

 

Kodlar tartibidan iborat: 

-davlat kodi davlat bayrog’i: 

-korxona firma tayyorlovchi kodi. 

-nazorat soni. 

Ba`zan  tayyorovchi  korxona  kodinig  urniga  maxsulotning  qayd  etish  tartibi  raqami  

keltirilishi  ham  mumkin. Raqamlar qatori  skayner  uchun emas balki   xaridorlar  uchun  

mo’ljallangan.  Talabgor  (xaridor)  uchun  ma`lumot  faqat    maxsulot    tayyorlangan 

davlatni  bildirish  bilan  chegaralanadi,  chunki  davlat    kodi  maxsus  nashrlarda  va 

ma`lumotnomalarda  keltirilib  turadi  yoki    ma`lumot  bazalarida  saqlanishi  mumkin. 

To’lik  shtrixli  kodi  tashqi  savdo  tashkilotlariga  yoki  savdo  obe`ktlariga  maxsulotning 

aniq kelib chiqishi rekvizitalari  bilan va  kerak bo’lsa maxsotning kontrakt shartnoma  

talablariga    mos    kelmaydigan  parametrlari  va  ko’rsatkichlari  borasida  aniq  manzilga 

radiya  yoki    norozilik  bildirish  imkoniyatlarini  yaratadi.  O’zbekiston  Respublikasida  

shtirx-kodlar tobora keng  tadbiq etilib bormoqda. 1999  yili O’zdavstandart qoshidagi 

metrologiya,  standartlashtirish  va  sertifikatalshtirish    sohasidagi  mutaxasislarni 

tayyorlash  va  malaka    oshirish  institutida    shtrix-kodlar    masalalari  bilan  

shug’ullanuvchi  markaz  tashkil  etiladi.  Ushbu  markazning  ta`sis  etilishidan  maqsad  

maxsulotlarni  avtomatlashtirilgan  tarzda  identifikatsiyalash    borasidagi    muammolarni 

hal  etish  va  bu    faoliyatni  keng  ravishda  targ’ib    etishdir.  Albatta    bunda    xalk’aro 

me`yoriy  hujjatlarni  hisobga  olgan  holda    kodlashning    standartlashtirish  alohida  

ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq  etishi eng 

avvalo 1996 yilning 26 aprelida qabul  qilingan  iste`molchilarning huquqlarini himoya 

qilish  to’g’risida  nomi  konunning  4  moddasida  ko’rsatilgan  iste`molchining  xarid 

qilinayotgan  maxsulot  haqida    zarur  va  ishonchli  ma`lumot  olish  huquqini    amalga  

oshirishda yangi zamin  yaratadi. Shtrixli kodlash  ishlab  chiqarish korxonalari uchun 

quyidagi imkoniyatlarni  yaratadi. 

-avtomatlashtirilgan bosharuv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi. 

-ishlab    chiqarish,  maxsulotni  saqlash  va  realizatsiya  qilish  kabi  faoliyatlardagi  hisob-

kitob  ishlarining samaradorligini oshiradi. 

-resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi. 

-hujjatlar  aylanishini qisqartiradi. 

-maxsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli  ma`lumotlarni muntazam 

ravishda yig’ishini yo’lga qo’yish mumkin. 

-boshqaruv  va  nazorat organlariga tezkor ravishda  maxsulot  xususidagi  ma`lumotlarni 

tavsiya  etish. 

 

Biroq  xaridor    sotib  olayotgan  maxsulotning  faqat  tayyorlangan  davlati 



borasidagi  ma`lumotnigina  emas,  balki  tegishli  barcha  ma`lumotlarni  ham  bilishini 

istaydi.  Bu  muammo  ham  vaqti  kelib  standartlashtirish  vositalarida  hal  etilish  va 



mumkin.  Biroq  buning  uchun  sertifikatlashtirish  yo’li  Bilan  tasdiqlanuvchi 

standartlarning majburiy  talablarining ro’yxatini kengaytirish lozim  bo’ladi. 



Nazorat  savollalri. 

1.Maxsulot sifatiga  ta`sir etuvchi omillar nechta va qaysilar. 

2.Tashkiliy omillarga nimalar  kiradi. 

3.shtrix kodlardan maxsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi qachon paydo bo’lgan. 



Tayanch iboralari: 

1.Maxsus konstruktorlik. 

2.Yarim fabrikatlar. 

3.shtrix kodlar. 

4.Mikroprotsessor. 

5.Nomenklaturasi. 



 

Download 162.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling