Mavzu : 1 § Elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni. Davr va guruhlarda elementlar xossalarning o’zgarishi


Download 39.91 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi39.91 Kb.
#221084
  1   2   3
Bog'liq
KIMYO OCHIQ DARS


Sana:__________________________________________________________

Sinf -: 9-

Fan : Kimyo.

Mavzu : 1 § Elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni . Davr va guruhlarda elementlar

xossalarning o’zgarishi

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim

Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib,

tegishli malakalarini shakllantirish.

2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek

xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash.

Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad:Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini,

kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish,

kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.

2. Davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:

1869-yilda rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta’rif

berdi:

"Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari elementlar atom



og‘irligining qiymatiga davriy ravishda bog‘liq boiadi".

Dmitriy Ivanovich Mendeleyev (1834-1907) Buyuk rus olimi. Davriy qonun kashfiyotchisi. Ele-mentlar davriy jadvalining foydalanish uchun qulay bo‘lgan dastlabki namunasini taklif etgan.

Ø 1869-yilda D.LMendeleyev davriy qonunni kashf etdi. Davriy qonun — tabiat qonuni va u tabiatda

mavjud bo‘lgan bog‘liqliklarni aks ettiradi. D.I. Mendeleyev tomonidan davriy qonunning kashf

etilishida elementlar atom massalari bilan xossalari orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik borligi atroflicha

o‘rganib chiqildi. Bir qator elementlarning oksidlari, asoslari, kislotalaridagi valentliklari o‘zgarishi

asosida jadvallar tuzdi.

1911-yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi

g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Rezerford o‘z tajribalari

natijalariga asoslanib atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi.

Ø Atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor.

Ø Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi.

Ø Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng.

Ø Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng.

Protonlar zaryadi +1, massasi 1 ga teng bo‘lgan zarracha bo‘lib, xp bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi

va massasi 1 ga teng bo‘lgan vodorod atomining yadrosidir. Neytronlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib,

massasi 1 ga teng. Neytron \n bilan belgilanadi. Atom yadrosi atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar

harakat qiladi.

Elektronlarning massasi protonlarning massasidan 1840 marta kichik? demak, uning massasini amalda

hisoblash qiyin bo‘lganligi sababli 0 deb olamiz. zaryadi esa -1 bo‘lgan zarrachalardir. Elektronni e bilan

belgilaymiz. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni

elektronlar soniga teng deb ayta olamiz.

O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________ 2

Ø Atom musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan yadro

qobig‘idan iborat. Ø Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi.

Ø Vodorod atomining yadrosida 1 ta proton boladi. Zaryadi +7, massasi 1a.m.b. Uning yadrosi

atrofida 1 ta elektron harakat qiladi.

Ø Atomning massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng:

Ar=N + Z

N — neytronlar soni, Z — tartib raqami (ptotonlar soni). Demak, atom musbat zaryadlangan protonlar

va zaryadsiz zarra-cha — neytronlardan iborat yadrodan hamda protonlar soniga teng boigan sondagi

yadro atrofida harakatlanu-vchi elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachalardir

Atom tuzilishining electron nazariyasiga ko’ra , kimyoviy reaksiyalar asosida electron

munosabatlar-- atom electron pog’onalarning qayta qutilishi jarayonlari yotadi. Bunda asosan

tashqi electron qavatidagi elektronlar ishtirok etadi

Ionlanish energiyasi—elektronning atomdan ajralishi uchun zarur energiya miqdori

Elektronga moillik -- neytral atomga bitta elektronning birikishi natijasida ajraladigan

yoki yutiladigan energiya miqdori

Guruglarda element tartib raqamini ortishi bilan metall xossalari kuchayadi

Metallmaslik xossalari kamayadi

Davrlarda element tartib raqamini ortishi bilan metal xossalari kamayadi

Metallmaslik xossalari kuchayadi

Eng kuchli metal xossalari seziyda , eng kuchli metallmaslik xossalari ftorda namoyon

bo’ladi


Katta davrlarda kichik davrlarga nisbatan metallic xossalari sekinlik bilan zaiflashadi,

metallmaslik xossalari esa sekinlik bilan bo’lsada kuchayadi

Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Qaysi metal faolroq nima uchun u faol?

2.Qaysi metallmas faolroq?

3. Kichik davrlarda atomlar tuzilishi va xossalari qanday o’zgaradi?

4. Katta davrlardachi

Uyga vazifa: Mavzudagi savollarga javob yozish

Sana:________________________________________

Sinf: 9-Fan : Kimyo.




Download 39.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling