Mavzu -9 Boshqaruv mehnatini tashkil qilish
Ish orinlarini tashkil etish, uni rejalashtirish va xizmat korsatish
Download 126.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-mavzu
Ish orinlarini tashkil etish, uni rejalashtirish va xizmat korsatish.
2013 yili korilgan amaliy choralar natijasida mamlakatimizda 940 mingdan ziyod yangi ish orinlari yaratildi, ularning 500 mingdan ortigi qishloq joylarda tashkil etildi. Kichik biznes sohasida 390 mingdag ziyod, shu jumladan, xizmat korsatish sohasida 270 mingdan ortiq yangi ish orinlari ochildi. Bu borada korilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, byudjet va ish haqi boyicha umumiy miqdori 1 trillion som kreditorlik qarzini uzish, bankrot korsonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qoshimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish orni yaratish imkonini berdi. Keng kolamli ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida otgan yili 840 dan ortiq loyiha amalga oshirildi va bu mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshiishni taminladi. Neft-gaz uskunalari, kimyo sanoati mahsulotlari, avtomobil sanoati uchun butlovchi qismlar va boshqa 120 dan ortiq yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish yolga qoyilib, 2 mingga yaqin yangi sh orni yaratildi1. Ish orni ishlab chiqarish makonining bir qismi bolib, unda barcha asosiy va yordamchi texnologik usqunalar, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalar joylashgan boladi va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun moljallangan boladi. Ish orni ichida ish zonasi ajratiladi, bu uch olchovli makon bolib, uning doirasida xodimning barcha asosiy mehnat harakatlari amalga oshiriladi. Bu zona ish orninint eng faol qismi hisoblanadi va uni tashkil etishga alohida talablar qoyiladi: insonning antropometrik va biomexanik parametrlariga mos kelishi, fiziologik jihatdan oqilona ish vaziyatini, tana azolarinish mehnat ashyolariga, asbob yoki mashinalar va mexanizmlarni boshqarish organlarigacha bolgan masofa, shuningdek mehnat harakatlarining xavfsizligini va mehnat sharoitlarining zararsizligini kafolatlash. Ish orni va ish zonasini tashkil etishga qoyiladigan talablarni fanning maxsus tarmogi ergonomika tomonidan ishlab chiqiladi. Bu fanning vazifasi insoning mehnat jarayonlaridagi funktsional imkoniyatlarini organish va eng maqbul mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqishdir. Bu sharoitlar asbob-uskunalar, mehnat sharoitlari va texnologiyalarning tuzilishi inson organizmining psixo-fiziologik xususiyatlariga mos kelishishini taminlaydi. Bugun ish orinlari bir qator belgilarga kora tasniflashgiriladi. Ular mexanizatsiya darajasi boyicha 5 guruhga bolinadi: qol, mashina-qol va mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan va apparaturali ish orinlari. Qol ishida ish orinlaridagi barcha mehnat jarayonlari qol bilan amalga oshiriladi, qol asboblari qollaniladi, mehnat ashyolarini ozlashtirishning asosiy energiya manbai odamning jismoniy kuchi hisoblanadi. Mashina-qolda ish bajariladigan ish orinlarida mehnat buyumlariga mexanizmlar bilan ishlov berish (ozgartirish) va tashqi energiya (elektr, issiqlik, kinetik) hisobiga, lekin bevosita xodimning ishtiroki bilan ishlov berish kiradi. Mexanizatsiyalashtirilgan ish orinlari qol va mashina-qodtsa ish bajariladigan ish orinlaridan shu bilan farq qiladiki, asosiy texnologik jarayoilar tola-tokis mashinalar va mexanizmlar bilan amalga oshiriladi, xodim zimmasida esa faqat mashinalarni boshqarish qoladi, yani insonning quvvati boshqaruvga sarf etiladi, mehnat buyumini ozgartirish esa uning zimmasiga kirmaydi. Mexanizatsiyalashtirilgan ish orinlariga yarim avtomatlarda ishlaydigan stanokchilar, avtotransport haydovchilari, ekskavator yoki buldozer mashinistlari, quduqlar qaziydigan parmalovchi ustalar va boshqa kopgina kasblar va ish turlarini bajaradigan xodimlarning ish orinlari kiradi. Bu erda mashina avtomat tarzida emas, balki insonning doimiy boshqaruvida ishlaydi. Avtomatlashtirilgan ish orinlarida butun texnologik jarayoni stanok, mashina yoki avtomat tarzida harakat qiladigan agregat yordamida inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, xodim zimmasida faqat avtomatni ishga tushirish va toxtatish uning ishini nazorat qilish va zarur bolganda sozlash va yarim sozlash ishlari qoladi. Xodimnint anchagina vaqti boshab qoladi, bu vaqgdan kop stanokli xizmat korsatishda va mehnat unumdorligini oshirishda foydalanish mumkin boladi. Apparaturali ish orinlari turli apparatlar bilan jihozlangan bolib, ular yordamida issiqlik, elektr, kimyoviy va biologik energiya hisobiga mehnat buyumiga tasir korsatiladi. Avtomatlashgan jarayonlarda bolgani kabi xodim faqat apparaturalar bajaradigan jarayonlarni kuzatadi va nazorat qiladi, zarurat tugilganda ularni tartibga soladi. Ixtisoslashuv belgisi boyicha barcha ish orinlari ixtisoslashgan va universal ish orinlariga bolinadi. Mazqur vazifalarni bajarish uchun jihozlangan ixtisoslashgan ish orinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi boyicha bir-biriga yaqin vazifalar bajarilishi mumkin (qoliplovchi, termist, burgulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning ish orinlari). Universal ish orinlarida xilma-xil ishlar bajariladi. Bunday ish orinlari odatda asbob-uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chiqarish sharoitida bir ish tarzida tezda boshqasiga otib ishlash imkonini beradigan bir qator stanoklar va mexanizmlar boladi (masalan, tamirlash texnika ustaxonalari, aholiga maishiy xizmat korsatish va shu kabi sharoitlarda). Mehnat taqsimoti belgisi boyicha ish orinlarining ikki turi yakka tartibdagi ish orinlari va jamoa ish orinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish ornida har doim bitta ijrochi xodim band boladi. Jamoa ish orinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat korsatganda). Bu orinda kadrlarni tanlash ijrochilar ortasida vazifalarni aniq taqsimlash va xar bir xodimning jamoa mehnatiga qoshgan mehnat hissasiga xolisona baho berish muhim ahamiyatga egadir. Xizmat korsatiladigan asbob-uskunalar soniga karab ish orinlari bir stanokli va kop stanokli bolishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq ish orinlariga yarim avtomat yoki avtomat asbob-uskuna bilan kop stanokli xizmat korsatishda bir vaqtning ozida xizmat korsatiladigan mashinalar va mexanizmlarning mumkin bolgan sonlarini togri aniqlash zarur. Bundan maqsad ularning bekor turib qolishiga barham berish va ijrochi ishchilarni unumli mehnat turi bilan band qilishdir. Bunday xizmat korsatishga ishlab chiqarish toliq yoki qisman avtomatlashgan taqdirda erishish mumkin, har bir stanokda mashina avtomat vaqgi mavjud bolib, bu vaqt mobaynida ishchi yana bitga yoki boshqa kopgina stanoklarga xizmat korsata oladi. Hisoblash quyidagi formula boyicha amalga oshiriladi. NKK = T MA / Txiz+ T ut Bu erda: NKK kop stanokli xizmat korsatish normasi; T MA bitga stanokda mashina-avtomat ishining vaqti; Txiz bitga stanokka xizmat korsatish vaqti; T ut bitta stanokdan boshqasiga otish vaqti. Nihoyat ish orinlari barqarorlik belgisiga qarab tasniflanishi mumkin: ular bitga ish ornida joylashgan va jihozlangan muhim ish orinlariga (masalan, sganokchilar, yiguvchilar apparatchilarning ish orinlari) makonda doimo joyini almashtirib turadigan kochma ish orinlari (quruvchilar, kon ishchilari, navbatchi yoki tamirlovchi xodimlarning ish orinlari). Ish orinlarini tasniflashning boshqa belgilari ham joriy etilishi mumkin. Masalan, ochiq va er osti kon ishchilarida parmalovchilarning ish orinlari ochiq va er osti ishchilari uchun, montajchilar uchun balandlik va er usti yuzasidagi montaj boyicha ishlar uchun ajratilishi mumkin va hokazo. Lekin ish orinlari qanchalik xilma-xil bolmasin, ular qanday turkum va guruhlarga bolinmasin, ish orinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar ham mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: taminlash, rejalashtirish va xizmat korsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Tashkil etishning bu elementlari juda muhim va etibor berishga molikdir. Ish ornini taminlash deganda unda jamlangan mehnat vositalari: asosiy texnologik va yordamchi asbob-uskunalar texnologik va tashkiliy jihozlar bilan aloqa va signal berish vositalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini jami tushuniladi. Asosiy texnologik uskunalarga: stanoklar, ish manshnalari, agregatlar, avtomat liniyalar, texnologik apparaturalar va shu kabilar, yani ishlab chiqarish jarayoniga yordam beradigan barcha narsalar kiritiladn Yordamchi asbob-uskunalar: transportyorlar, rolganglar va boshqa transport vositalarini yigish, payvandlash va sinash stendlari, turli yuk kotarish qurilmalari va hokazolar kiradi. Texnologik uskuna tarkibiga qirquvchi va olchovchi asboblar, turli moslamalar va texnik hujjatlar kiradi, tashkiliy jihozlar esa ishlab chiqarish mebeli, idishlar, signal berish vositalari, aloqa yoritish vositalari, tosib turuvchi va saqlovchi qurilmalar hamda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi vositalarini qamrab oladi. Sanoatning har bir tarmogida asosiy va yordamchi ishchilarning, ayniqsa mashinasozlikning etakchi tarmoqlaridagi ishchilarning ish orinlarini jihozlashga kiradigan batafsil buyumlar royxati ishlab chiqilgan boladi. Asosiy va yordamchi texnologik asbob-uskunalarga hamda texnologik va tashkiliy jihozlash ashyolariga qattiq ergonomik talablar qoyiladi. Ergonomika insoniyatning mehnat jarayonlaridagi funktsional imkoniyatlarini organadi va ishchanlik qobiliyatini, yuksak mehnat unumdorligini va ishlovchilar sonini saklashni taminlaydigan qoidalarni ishlab chiqadi. Ergonomika Inson mashina muhit" tizimini organadigan, insonning tanasi antropometrik mezonlarini fiziologik va psixo-fiziologik xususiyatlarini, shuningdek ishlab chiqarishga qoyiladigan sanitariya-gigiena talablarini belgilab beradi. Mashinalar, asbob-usqunalar va jihozlarni loyihalashtirish va joylashtirish uchun ish orni va ish zonasining imkoniyatlari bilan makonda mos kelishi (tana azolarining etishi mumkin bolgan zonalarini aniqlash, ish harakatlari, traektoriyasi, mehnat jarayonida ish almashtirishlar va shu kabilar) muhim ahamiyatga egadir. Bu masaladagi eng muhim narsa inson harakatlari va energiyasini tejash tamoyili hisoblanadi. Ana shu vazifalarni hal etish uchun insonning antropometrik belgilarini, yani inson tanasining asosiy olchovlari togrisidagi malumotlarni hisobga olish zarur. Asbob-uskunalar va ish orinlarini loyihalashtirishga fiziologik jihatdan oqilona bolgan ish holatini taminlaydigan jihatlar insonning antropometrik jihatdai mos kelish tamoyili (uning tanasi va ishchi azolarining muvofiqligi) va ish orinlarini hamda asbob-uskunalarini jihozlashning moddiy buyumlari mosligi asos qilib olinadi. Ish ornini rejalashtirish deganda ishlab chiqarishning ozaro bir-biri bilan funktsional jihatdan boglangan barcha vositalari, mehnat buyumlari va xodimning ozi uch olchovli makonda maqsadga muvofiq joylashuvi tushuniladi. Bunda mehnat vositalari va buyumlarning joylashuvi ikkiga asosiy talabga javob berishi lozim: bir tomondan ish joyida hamma narsaning bir erda toplanib qolishiga, ikkinchi tomondan, ortiqcha harakatlarga mehnat buyumlari jihozlar va tayyor mahsulotlar orasida u yoqdan bu yoqqa yurishlarga barham berilishi kerak, Mehnat vositalari va buyumlarini joylashtirish qoidalarishshg buzilishi odatda ish vaqtining unumsiz sarf etilishiga va xodim kuch-gayratining bekor ketishiga ertaroq charchab qolishi va mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi. Ish ornini oqilona rejalashgirishni taminlash uchun quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur: ish makoni eng kichik bolishi, lekin ish holatlarida antropometrik korsatkichlarni hisobga olgan holda barcha mehnat harakatlarining erkin amalga oshirilishi uchun etarli bolishi lozim; asbob-uskunalarning joylashtirilishi asosiy ish zonasida amalga oshirilishi, ularning boshqarish organlari bolsa xodimning qoli etadigan doirada bolishi kerak; xodim uchun qulay ish holatining yaratilishi u ortiqcha harakatlardan aylanish, burilish, egilish va qoshimcha charchashni keltirib chiqaradigan ortiqcha kuch-gayrat sarflashdan holi bolishi lozim; barcha hollarda ish holati gavdaning, bosh va qol-oyoqlarning qulay harakat qilishini taminlashi lozim; ish zonasining yaxshi kozga tashlanishini, mehnat qurollari, asbob, mexanizm va priborlarning yaxshi boshqarilganligiini tamin etmogi darkor; har bir ish ornining texnologik jihatdan ozaro bogliqligini, mehnat buyumlari orasidagi masofani va ularning joylashtirilishini mehnat vositalari va xodimlar mehnat harakati mazmunini organish lozim; ish bajariladigan yuzaning balandligi va xodimning otirish balandligi yoki oyoqlar ostidagi tagliklar balandligi (tik turib ishlaganda) muhim ahamiyagga egadir. Bu balandliklar tartibga solib turilishi kerak, bu esa boyi turlicha bolgan ishchilarning faoliyati uchun qulaylik tugdiradi; ish ornini, ish holatini va ishlab chiqarish mebelini shunday rejalashtirish kerakki, xodimning kozi bilan mehnat buyumi ortasidaga fiziologik jihatdan maqbul bolgan masofa alohida aniq bajariladigan ishlarda 25 sm, aniq ishlarda 25-35 sm; korish idrokiga unchalik yuqori talablar qoyilmaydigan ishlar guruhida 35-50 sm, ish bajarishda korish fokusi ikkinchi darajali ahamiyatga ega bolgan ishlar sohasida 50 sm dan ortiq bolishi muhimdir. Ish orinlariga xizmat korsatish ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatni tashkil etishning juda muhim elementi hisoblanadi. U ish orinlarini mehnat vositalari, buyumlari bilan taminlash va ishlab chikarish xususiyatiga ega bolgan turli xizmatlar korsatish boyicha butun bir tadbirlar tizimini qamrab oladi. Xizmat korsatish tizimi bu asosiy ishchilarning ish orinlarini uzoq vaqt mobaynida bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, bir maromda ishlash uchun zarur bolgan barcha kerakli narsalar bilan taminlaydigan yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar majmuidir. Rivojlangan yirik va yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat korsatishning 10 ta funksiyasi mavjuddir: 1. Ishlab chiqarish tayyorlash funksiyasn. Unga ishlarni ish orinlari boyicha taqsimlash, xom ashyo va materiallarni butlash, texnik va iqtisodiy hujjatlar bilan (chizmalar, sxemalar, naryad- toshpiriqlar va shu kabilar) bilan taminlash, shuningdek turli yordamchi materiallar ishlab chiqarish kiradi. Asosiy ishlab chiqarishning muvaffaqiyati ham kop jihatdan yaxshi tayyorlashga bogliqdir. Asboblar funksiyasn. Uning vazifasi asosiy ishlab chiqarishni asbob va moslamalar bilan taminlashdir. Sozlash funksiyasi. Ishlatiladigan asbob-uskunalar qanchalik murakkab bolsa, sozlash funksiyasining roli shunchalik koproq seziladi. Dastlabki sozlash, yashi yoki tuzatilgan jihozni ornatshn, moslash, togrilash, ishlashini nazorat qilishdan iborat. 4.Energetnk funksiya. Tsexlar, uchastkalar va ish orinlarini energiya bilan taminlash borasida energetika qurilmalari va moslamalalari bilan taminlashda xizmat korsatishdir. Tamirlash funksiyasi. Asbob-uskunalarni joriy tamirdan chikarish va profilaktik xizmat korsatishdan, shuningdek tayyor holda olinmaydigan ehtiyot qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat. Nazorat funksiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda nazorat qilib borishni, shuningdek chetdan olinadigan xom ashyo, materiallar va chala mahsulotlar yoki butlovchi buyumlarni qabul qilish, sinab korish va tahlil etishni taminlaydi. Uning muhim vazifasi hisobga olish, tahlil etish mahsulotning yaroqsizligi oldini olishdir. Transport funksiyasn. Uning asosiy vazifasi xomashyo, material, yarim mahsulotlar va butlovchi buyumlarni ish orinlariga etkazib berish, mehnat buyumlarini ish orinlari, uchastkalar va tsexlar ortasida tashish, tayyor mahsulotni ombor yoki istemolchilarga etkazish, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilarini tashishdir. Bundan tashqari, transport funksiyasiga ortish-tushirish ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi. Tamirlash-qurilish funksiyasi. Uning vazifasiga binolar, inshootlarni ishchi holatida saklash, ularni joriy va bazi hollarda esa ortacha tamirlashni amalga oshirish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish, mayda yordamchi inshootlarni qurish, yollar va kirish yolaklarini tamirlash kiradi. Xojalik-maishiy funksiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda tozalik va tartibni saklashga xizmat qiladi, ishlovchilarni ichimlik suvi, maxsus ovqat (sut, kaloriyali nonushta, sharbatlar) bilan, shuningdek ishlab chikarishdagi maishiy xizmatning barcha turlari bilan taminlaydi. 10. Ombor funksiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta bolsa, murakkab va keng tarmokli ombor xojaligi mavjud bolsa, transport funksiyasidan ajralib chiqadi. Xizmat korsatishni boshqarish markazlashgan va markazlashmagan usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, iqgisodiy jihatdan qulayroq bolgan kopgina korxonalarda ish orinlariga xizmat korsatishning aralash usuli qollanadi, bunda eng muhim va murakkabroq funksiyalar markazlashgan holda (masalan, asbob-uskunalarni sozlash va profilakgika ishlari), boshqalari markazlashmagan holda tsexlar va uchastkalarning oz kuchlari bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, yordamchi ishchilar ozlari asosiy mahsulotni ishlab chiqarmasligini, lekin butun mahsulot barcha ishchilarga taqsimlanishini ham etiborga olish kerak. Asosiy va yordamchi ishchilar soni nisbatlariga doir biron bir standart yoki yagona normativlar yoq: bu nisbatlar miqdori muayyan ishlab chiqarish sharoitlariga boglikdir. Faqat shunday umumiy qonuniyatnigina qayd etib otish mumkin: xizmat korsatish funksiyalari kanchalik murakkab va xilma-xil bolsa, xizmat korsatuvchi xodimlar soni asosiy ishchilarga nisbatai shunchalik ko‘p bo‘ladi va aksincha. 1 Каримов И.А. “Aсoсий вaзифaмиз – Вaтaнимиз тaрaққиёти вa xaлқимиз фaрoвoнлигини янaдa юксaлтиришдир” номли 2009 йилнинг aсoсий якунлaри вa 2010 йилдa Ўзбeкистoнни ижтимoий-иқтисoдий ривoжлaнтиришнинг энг муҳим устувoр йўнaлишлaригa бaғишлaнгaн Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг мaжлисидaги мaърузaсидан. “Халқ сўзи” – 2010 й. 30 январь. №21 Download 126.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling