Mavzu : Abdulla Avloniy xayoti va faoliyati Kirish: Reja: Abdulla Avloniyning tarjimaiy xoli Abdulla Avloniyning ilmiy ijodiy ishlari


Download 65.52 Kb.
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi65.52 Kb.
#1311140
1   2   3
Bog'liq
elyor

Ilmiy ishlari
O‘zbek tilida bolalar uchun darsliklar:
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Tarix”, “Turkiy Guliston yohud ahloq”.
Uning «Birinchi muallim» («Muallimi avval», 1909), «Ikkinchi muallim» («Muallimi soniy», 1912) nomli darsliklari, «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Gulistoni maktab» (1917), «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1916, 6 qism) kabi qo‘llanmalari maktablarda o‘qitilgan. Avloniy «Turon» (1917) gazetasiga «Yashasin xalq jumhuriyati» degan shiorni tanladi, «Turon» nomli teatr to‘garagini tashkil etib, iqtidorli yoshlarni to‘pladi, ayrim rollarni ijro etishda o‘zi ham qatnashdi. Shoir Afg‘onistonda elchi bo‘ldi, turli o‘quv yurtida dars berdi. Abdulla Avloniyning Hijron, Nobil, Indamas, Shuhrat, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegiboy degan taxalluslari bo‘lgan. U 1934-yil 24- avgustda Toshkentda vafot etdi. Avloniy ijodi bo‘yicha Begali Qosimov ilmiy izlanishlar olib borgan.
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asг
boshlaridagi pedagogik fikrlar taгaqqiyotini o'гganish sohasida katta ahamiyatga molikdiг. «Tuгkiy guliston yoxud axloq» asaгi axloqiy va ta'limiy taгbiyaviy asaгdiг. Asaгda insonlami «yaxshilikka chaqiгuvchi, yomonlaгdan qaytaгuvchi» biг ilmaxloq»
haqida fikr yuritiladi. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar biг kishi yoshligida nafsi buzulib, taгbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, allohu akbaг, bunday kishilaгdan yaxshilik kutmoq yeгdan tuгub yulduzlaгga qo'l uzatmak kabiduг», - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atгofidagi kishilaT g'oyat katta ahamiyatga ega.
O'zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya», ya'ni bola tarbiyasining fanidiг», deb ta'гif berdi. Tabiiy bunday ta'гif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to'rt bo'limga ajratadi: 1. «Taгbiyaning zamoni». 2. «Badan taгbiyasi». 3. «Fikr taгbiyasi». 4.«Axloq tarbiyasi» haqida hamda uning ahamiyati to'g'risida fikr yuritadi. «Tarbiyaning zamoni» bo'limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota - ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta'kidlaydi. «Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur» deb uqtiradi, Avloniy. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq, deb hisoblaydi adib. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog'cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi.
«Har bir kishining tug’ilib o’sg’on shahar va mamlakatini shul kishining Vatani deyilur. Har kim tug’ilg’on, o’sg’on erini jonidan ortiq suyar»3, – deydi Avloniy.
Shuning uchun «Har kim» Vataniga, insoniyatga xizmat qilish, ezgulik yaratish dardi bilan yashamog’i lozim. Davr, zamonning kun tartibiga qo’yilgan dolzarb muammolarning hal etilishi – ana shu «Har kim»ning ongli fidoiyligi, favqulodda jasorat kuchi va muhimi, olijanob maqsad, unga erishishdan iborat sa’y-harakatlariga bog’liqdir. Shunday ekan, el-
yurtga muhabbat tuyg’usi A.Avloniyning ruhiga o’tli ilhom soladi, vujudiga adadsiz kuch-qudrat bag’ishlaydi: «Kishining kecha va kunduz tindurmasdan qul kabi mehnat va mashaqqatlarga ko’krak berub ishlatadurg’on narsa Vatan va bolachaqalarining mehru muhabbati emasmi? Qush yaxshi ko’rgan donasiga qiziqub, tuzoqg’a ilinib qolg’oni kabi, inson suyukli narsasiga boylanub, asir bo’lub qolmog’i tabiiydur…– deydi.


Xulosa
Avloniy badiiy-estetik qarashlarini, musiqaga munosabatini bir maqola hajmida qamrab olish nihoyatda qiyin. Ammo ushbu muxtasar yondashuvning o`ziyoq adibning milliy ananaviy musiqa bilimdonlaridan hamda xazinabonlaridan biri bo`lgan deyishimizga to`liq asos beradi.
 Abdulla Avloniyning ko`p qirrali faoliyatida yoshlarga ta’lim-tarbiya berish masalasi muhim ahamiyat kasb etgani to`g`risida ko`pgina qiziqarli ma’lumotlar bor. Millatimizning ilg`or kishilari qatori Avloniy Vatanning kelajagi yoshlar tarbiyasiga bog`liq ekanini, ularning ma’naviy barkamolligi yangi jamiyatning madaniy darajasini belgilashini chuqur anglagan.


Download 65.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling