Mavzu : “Asrga tatigulik kun” asari tahlili


Download 1.21 Mb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#184416
  1   2
Bog'liq
9 sinf chingiz aytmatovning asrga tat


Mavzu : “Asrga tatigulik kun” asari tahlili

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad:

o’quvchilarning “Asrga tatigulik kun”

romani bo’yicha olgan bilimlarini

sinash va mustahkamlash ;



  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilar e’tiborini milliy

urf-odatlarga qaratish , ularda

mardlik,sadoqat, ota-onaga bo’lgan

hurmatni shakllantirish;


  1. rivojlantiruvchi maqsad : o’quvchilarning mustaqil

va ijodiy fikrlash malakasini rivojlantirish.
Darsning turi: mustahkamlovchi

Darsda foydalanilgan jihozlar: darslik, Chingiz Aytmatov surati, “Asrga tatigulik kun” romani , kompyuter, kitoblar, izohli rasmlar

test savollari, qog’oz va markerlar.
Darsdsa foydalanilgan usullar: “Aqliy hujum”, “Klaster”,”Idrok haritasi”

Testlar.
Darsning borishi: a) tashkiliy qism

b) salomlashish

d) navbatchi axboroti

e) ma’naviyat daqiqasi

f) o’tgan mavzuni mustahkamlash

g) yangi mavzu bayoni

h) mavzuni mustahkamlash

i) uyga vazifa





Dars bo’limlari

O’tish vaqti

O’qituvchining faoliyati

O’quvchi faoliyati

Ta`lim tеxnologiyasi

SHakl

Uslub

Vosita

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

Salomlashish, Aprel oyi muhim sanalari haqida ma’lumot

Salomlashuv, Navbatchi axboroti

Suhbat savol javob test

Interaktiv

videoproyektor

2

O’tgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

“Asrga tatigulik kun” asarini o’qib - o’rganish


Mavzuni o’zlashtirish

Individual




Videoproyektor

3

Yangi mavzu bayoni

15daqiqa

Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» asari tahlili

O’rganilgan asarni tahlil qilish va xulosalash

Ommaviy

“Xotira mashqi,” “Aqluiy hujum”

Vatman qog’ozi< daraxt shakllari,mevalar

4

Guruhlarda ishlash

5daqiqa

O’quvchilar 2 guruhda shakllantiriladi

Musobaqa

Ommaviy

Kichik guruhlar vidеousul

Kodoskop Kompyutеr

Plakat


Skanеr

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

Testlar namoyishi

Testlar ustida ishlash

Ommaviy

Taqdimot

Kompyutеr

Skanеr


Ekran

Vidеoproеktor



6

Umumlashtirish

Uyga vazifa



5 daqiqa

O’quvchilarni rag’batlantirish, xatolarini ko’rsatib bеrish




Ommaviy

Savol – javob aqliy hujum



Darsning borishi:



Dars aprel oyidagi muhim sanalarni yodga olish bilan boshlanadi. Unda o’quvchilar Amir Temur, Abdulla Qodiriy, Muhammad Yusuf, Y.A. Gagarinning fazoga parvozi haqida,V. Shekspir haqidagi ma’lumotlarni rus,ingliz va o’zbek tillarida bayon etadilar.


O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Chingiz Aytmatov haqida ma’lumotlar tinglanadi. Darsning bu qismida “Aqliy hujum” usulidan foydalanildi. Unda quyidagi savollar monitorda aks ettiriladi:



  1. Chingiz Aytmatovning qaysi romani matbuotda e’lon qilinisdhi bilanoq, keng jamoatchilikni larzaga soldi? ( “Asrga tatigulik kun”romani )

  2. Qaysi asarda voqealar bir kunda bo’lib o’tadi? ( “Asrga tatigulik kun”romani )

  3. “Asrga tatigulik kun” romanida Chingiz Aytmatov qaysi yozuvchi – “Bu kitob jism-u fig’onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening” satrlarini epigraf qilib oladi? (Arman yozuvchisi Grigor Narigadzining “ Musibatnoma” asaridan.)

  4. Chungiz aytmatov manqurtdan farqi yo’q, kechagi kunini eslay olmaydigan kishilar obrazini “Asrga tatigulik kun” romanidagi qaysi qahramonlar orqali ochib beradi? ( Sobitjon va Jo’lamon)

  5. Ona Bayit qabristonigacha Bo’ronli bekatdan eng yaqin yo’ldan yurganda boorish-u kelish uchun qancha masofa ketar edi? ( 60 chaqirim)

  6. Manqurt so’ziga izoh bering. ( Xotirasidan umrbod mahrum bo’lgan, o’zligini, o’tmishini eslay olmaydigan kishi.)

  7. Kazangapning dafn marosimiga necha kishi yig’ildi? ( 6 kishi)

  8. Jungjanglar manqurtga nima qilishni buyurdilar? ( “Hech qanaqa onang emas, u! Senda ona yo’q! U telpagingni sidirib olib, boshingni qaynoq suvga solgani kelgan. Mana buni ol”,-deb unga o’q- yoy tutishadi.)

  9. Sobitjonning xotini nima uchun qaynotasining dafn marosimiga kelmadi? ( Allaqanday konferensiya bo’larmish. Ana shu yig’inga chet eldan mehmonlar kelarmish)

  10. Manqurtda qanday xotira saqlanib qolgan edi? ( O’q-yoydan bexato mo’ljalga olish.)

  11. Manqurt Nayman onani o’ldirgandan so’ng , onaning nimasi qushga aylanib chirqiray boshlaydi? ( Onaning oq ro’moli.)

  12. Edigey tabiatiga hos yiksak insoniy fazilatlar qachon namoyon bo’ladi? ( Kazangapning dafn marosimida )


O’quvchilarning savollarga bergan javoblari o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladi.

Demak, biz ma’naviyatni inson qalbining quyoshi deb atay olamiz. Shu o’rinda

birinchi yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning ma’naviyatga bergan



ta’rifi o’quvchilar tomonidan keltiriladi. Shundan so’ng ma’naviyatni

quyosh shakli orqali ifodalanadi.

O’quvchilar quyosh nurlarini aks ettirayotganlarida ma’naviyat haqida o’z tushunchalarini bayon etadilar; Ma’naviyat bu- ota- onaga hurmatda bo’lish, yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish, kiyinish madaniyatiga rioya qilish, o’zgalar fikrini hurmat qilish, do’stga sadoqatli bo’lish kabi fikrlar bilan sinf doskasida quyoshni aks ettiradilar.

Yangi mavzu bayoni: “Asrga tatigulik kun” asari tahlili.

Darsning shiori: “ Ma’naviyatni anglash- o’zlikni anglash”



Darsni mazmunli chiqishi uchun sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratib olamiz. Har bir guruh o’ziga nom tanlaydi va uni izohlaydi. 1- guruh “Kelajak” deb nomlanadi .

2- guruh esa “Kamolot” deb nomlanadi.


  1. Chingiz Aytmatov asarlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping.

A) «Jamila», «Oq kema», «Bolalik», «Tirilgan murda»

B) «Alvido, Gulsari», «Oq kema», «Jamila»,


«0'tmishdan ertaklar»

  1. «Oq yomg'ir», «Oq kema», «Yuzma-yuz»,

  1. «Oq kema», «Jamila», «Yuzma-yuz», «Somon yo'li»

  1. «Asrga tatigulik kun» romanidagi Nayman ona dafn etilgan joy qanday nomlanadi?

  1. Enasoy

  2. Issiqko'l

  1. Qorovultog'

  2. Sario'zakdagi Ona Bayit qabristoni

  1. «Asrga tatigulik kun» romani qahramonlari to'g'ri qayd etilgan javobni toping.

  1. Kazangap, Edigey, Jamila, Jo'lomon, Mo'min

  1. Edigey, Bo'ron, Nayman ona, Jo'lomon, Pushkaryov

  1. Tansiqboyev, Edigey, Edilboy, Qalibek

  2. Nayman ona, Jo'lomon, Do'nanboy, O'razqul, Bo'key


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling