Mavzu : avtomobil benzinlari
Detonatsion.yonishning kelib chiqish sabablari
Download 293.91 Kb.
|
Avtomobil benzinlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- -rasm. Uchqun bilan alangalanadigan dvigatellarning indikator diagrammasi
3.Detonatsion.yonishning kelib chiqish sabablari.
Karbyuratorli dvigatelda yonish jarayoni me’yorida borganda yonilg’i havo bilan aralashib, yonuvchi aralashma hosil qilgandan so’ng, silindrda uchqun orqali alangalanadi va alanganing tarqalishi natijasida yonib tugallanadi (11-rasm). Alanganing tarqalish tezligi 15-30 m/s bo’lganda dvigatelning quvvati yetarli darajada bo’ladi, yonilg’i tejamli sarf bo’ladi. Yonish tezligiga ko’p omillar, yonilg’ining tarkibi, havoning miqdori, namligi yonish kamerasi ichidagi bosim, harorat ta’sir qiladi. 11-rasm. Uchqun bilan alangalanadigan dvigatellarning indikator diagrammasi Dvigatel detonatsiyali ishlaganda (12-rasm) alangalanishning tarqalishi boshi-da bir xil bo’lsa ham, lekin yonish jarayonining oxiriga borganda yonish tezligi (alanganing tarqalish tezligi) juda katta bo’lib, (1500-2000m/s) portlash orqali boradi (harorat juda katta bo’ladi) bosim tekis ko’tarilmay, tik cho’ziladi (11-rasm indikator diagrammada). Ichki yonuv dvigatellarida detonatsiyali yonishning o’ziga xos alomatlariga quyidagi belgilar kiradi dvigatel ishlayotganda metallga xos jarangli tovushlar chiqishini eshitish mumkin. Bu tovushlar zarbiy to’lqinlarning yonish kamerasi devorlariga ko’p marta urilib qaytishi oqibatida yuzaga keladi. Ularning kamerada tarqalish tezligi 1...2,3 ming m/s ni tashkil etadi. Detonatsiyaning yuzaga kelishiga silindrdagi aralashmaning o’z-o’zidan alangalanishini osonlashtiruvchi omillar, yonilg’ining detonag’iyaga chidamliligini yetarli emasligi, siqish darajasining ortishi, o’t oldirishni ilgarilatish burchagining kattalashuvi, dvigatelning qizib ketishi sabab bo’ladi. Benzinlarning detonatsiyaga bardoshlik xossalari.Benzinning detonatsiyaga turg’unligi unga qo’yiladigan muxim talablardan biridir. Kuchli detonatsiya vaqtida dvigatelning quvvati kamayadi, ishlatilgan gazlar qop-qora tutun ko’rinishida chiqadi, dvigatelning detallari issiqlik ta’sirida zo’riqib ishlaydi. Natijada klapanlarning chetlari, portshenlar, svechalarning elektrodlari ko’yib, ishdan chiqadi, blok kallagidagi qistirma teshilishi mumkin. Zarb to’lqinlari porshen bilan silindr orasidagi moy pardasini yirtadi va ishqalanib ishlaydi gan yuzalar jadal yeyiladi. Bu hol benzin detonatsiyaga yetarlicha turg’un bo’lmaganida yuzaga keladi. Dvigatelda ishlatiladigan benzinning detonatsiyaga turg’unlik darajasi haddan tashqari yuqori bo’lishi ham yaxshi emas. Bunda benzin alanganlashga jadal "qarshilik ko’rsatganligi" sababli sekin yonadi, aralashmaning yonishi uzoqqa cho’ziladi, yonish maxsulotlari kengayib ulgurmaganligidan u foydali ish bajarmasdan sovib qoladi. Yonish jarayoni tugamasdan chiqarish klapani ochiladi va issiq yonish maxsulotlari klapanga boradi, klapan bunday issiqlikka bardosh berolmay, ko’yib ketadi. Download 293.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling