Маvzu : Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri. Reja
Bolani rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Download 152 Kb.
|
Ìàvzu Bolalik – insonning ijtimoiy hayot me yorlarini egallay
Bolani rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki yoʼq qilishi mumkin. Shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga taʼsiri tarbiya asosida kechadi. Zero, birinchidan, tarbiya taʼsirida muhit bera olmagan bilim, maʼlumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bogʼliq koʼnikma va malakalar hosil boʼladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tugʼma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy taʼsirini ham yoʼqotish mumkin. Toʼrtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga taʼsir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi oʼringa ega boʼlib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit taʼsirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir toʼrt yondashuv qaror topgan. 1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot boʼlib, uning butun xattiharakatlari tugʼma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga boʼysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. 2.Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tugʼiladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning taʼsiri ostida ijtimoiylashadi. Psixologik yondashuv - nsondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yoʼnalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega boʼlib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi oʼziga xosliklar, balki turmush tarzi ham taʼsir koʼrsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rolь oʼynaydi. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos boʻlgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda taʼlim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya taʼsiri kuchli boʻladi. Bolalarning tarbiyasiga toʻgʻri yondashish, uni muvaffaqiyatli oʻqitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining oʻsishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilmaxil boʻladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K. D. Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib oʻtgan . Bolaning oʻziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha boʻlishi mumkin. Bolaning individual, oʻziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning oʻziga xos xususiyatini oʻrganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” - qismlarning bir-biriga munosabati) shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga boʻlinadi: goʻdaklik (1 yoshgacha); bolalik yoshi (1-2 yosh); ilk yosh guruhi (2-3 yosh); kichik yosh (3-4 yosh); oʻrta yosh (4-5 yosh) ; katta yosh (5-6 yosh); maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh) Bolaning individual, oʻziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning oʻziga xos xususiyatini oʻrganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” - qismlarning bir-biriga munosabati) shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Goʻdaklik davri bolalarning rivojlanishidagi oʻziga xosliklar. Insonning rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida toʻqqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini oʻtaydi. Bu davrda ham bola maʼlum darajada tashqi muhit taʼsirida boʻladi. Shuning uchun ham bu taʼsirning ijobiy boʻlishini taʼminlash lozim. Bir yoshgacha boʻlgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti taʼsirida boʻlib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega boʻlmasa ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila aʼzolarini tanish qobiliyatiga ega boʻladi. Shuning uchun ham goʻdaklik davridan boshlab uch yoshgacha boʻlgan davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha boʻlgan davrda dastlabki soʻzlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila aʼzolari goʻdakni toʻgʻri parvarish qilishni yoʻlga qoʻyishlari lozim. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola oʻrtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani oʻz holiga tashlab qoʻymasligi, yaʼni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani oʻrganadi, kuzatadi va oʻzini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini oʻrganadi. Bola nimaga oʻrgatilsa, uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlash zarur, yaʼni bola kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini taʼminlaydi. Bolani rivojlanishida faoliyatlar (oʻyin, mashgʻulot, mehnat)ning ahamiyati Ilk yosh guruh (2-3 yoshli (bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari). Bu davr oʻziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha boʻlgan davr mobaynida bolaning nutqi va oʻzgalar tomonidan aytilgan soʻzlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan boʻlsa, 2-3 yoshga kelib, oʻzgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy soʻz taʼsiriga tez beriladi. Shuning uchun ham unda xuddi shu davrdan boshlab sheʼrlar aytish hamda raqsga tushishni oʻrgatish lozim. Ularda kattalarga joʻr boʻlib qoʻshiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish koʻnikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida oʻzaro muloqotga kirishish koʻnikmalari shakllana boshlaydi. Taʼlim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu koʻnikmalarni rivojlantirishta va ularni malakalarga aylantirishga yoʻnaltirilmogʻi lozim. Kichik gurux; (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qoʻyganda jismoniy oʻsishi bir qadar sekinlashadi. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, xissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa boʻlib oʻynash koʻnikmalari shakllanadi. Oʻyin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda koʻrish-yasash faoliyatining dastlabki koʻrinishlari namoyon boʻladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda oʻyin faoliyati yetakchi rol oʻynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yoʻl ochadigan taʼlimiy mashgʻulotlar tizimini belgilab berishga yunaltirilgan. Oʻrta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola toʻrt yoshga yettach, uning jismoniy oʻsishi bir muncha jadallashadi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar poʻstlogʻining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy xarakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat oʻzgarishlar sodir boʻladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash koʻnikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan boʻladi. Barcha harakat va faoliyatlarni oʻzi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, oʻyinqarok, oʻta qiziquvchan boʻladi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni toʻgʻri ovqatlantirish, oʻz vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda boʻlishini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Ular bilan olib boriladigan mashgʻulotlarning mazmunini xuddi mana shunga yoʻnaltirish maqsadga muvofiqdir. Katta guruh (5-6 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning toʻgʻri oʻsishini taʼminlashga alohida eʼtibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan boʻladi. Olti yoshga yetganda miya poʻstlogʻining asab katakchalari rivojlanib, ogʻirligi va tashqi koʻrinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq nutqi ravon boʻlishini taʼminlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson boʻlgan taqdirda uning oldini olish choralarini koʻrish lozim. Bu yoshdagi bolalarning soʻz boyligining rivojlanishiga alohida eʼtibor berish lozim. Ularning nutqidagi soʻzlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini toʻla qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash koʻnikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola hayotining yettinchi yilida undagi xarakatlar koʻlami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida xarakatlarning oʻzaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar oʻzini idora qilish va oʻz xarakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻla boshlaydi . Bu yoshdagi oʻgʻil bolalarda mustaqil faoliyat koʻrsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu yoshda bola chiniqadi. qiziquvchan boʻladi, oʻz salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi boʻlgan taʼlim olishga oʻqishga ishtiyoq uygʻotish lozim. Bu oʻrinda bolalarni ruhan taʼlim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki oʻquv elementlarini oʻrgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan taʼlim olishga tayyor boʻlishi kerak. Bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga taʼlim berish imkoniyatiga ega boʻlishi shart. Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga taʼlim va tarbiya berish uchun loyiq boʻlganda, u olti yoshli bolalarni oʻqitish huquqiga ega boʻladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni oʻqitadigan tarbiyachilar pedagogik-psixologik nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina taʼlim jarayoniga kiritilishi kerak. Demak, maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi oʻziga xos, murakkab jarayon sanaladi. Maktabgacha taʼlim yoshi bolalarining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy taʼlimotga asoslanadi. Bu yoshdagi bolalarning toʻlaqonli rivojlanishida biologik (irsiyat), ijtimoiy (ijtimoiy muhit) va tarbiya kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, maktabgacha taʼlim yoshining oʻzi ham yettita oʻziga xos, alohida davrlarga ajratiladi. Shu sababli maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning oʻqitish va tarbiyalash ishiga masʼul boʻlgan shaxslar - tarbiyachi va ota-onalar, vasiylar bolalarning yosh davri xususiyatlaridan toʻla xabardor boʻlishlari zarur. Nazorat savollari: Bola shaxsning rivojlanishi haqida tushuncha. Bolani rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar. Bolani rivojlanishida faoliyatlar (oʻyin, mashgʻulot, mehnat)ning ahamiyati. Shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini bosqichma-bosqich rejalashtirish haqida gapirib bering Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan tamoyillar asosida almashtirib borish MTTning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini toʻgʻri tashkil etishni taʼminlaydi. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari taʼlim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashgʻulotlarda taʼlim berish orqali, ijodiy va qoidali oʻyinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning oʻz mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, oʻz-oʻziga xizmat qilish, sayrlar, gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Taʼlim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar MTTda pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini toʻgʻri tashkil etishga bogʻliqsir . MTTning pedagogik jarayonida taʼlim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, oʻyin, mehnat, mashgʻulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashgʻulotda taʼlim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq oʻstirish, savod oʻrgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa boʻyicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda koʻnikma sistemasini egallab oladilar . Fiziologiya, gigiyena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi tamoyillari ishlab chiqildi: Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish. Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish. Bolalarning har xil faoliyat bilan shugʻullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur boʻlgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan taʼminlash. Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taʼminlash. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan maʼlum vaqt ajratish. Bolalar egallab olishlari kerak boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalar bolalar MTTning dasturida belgilab berilgan boʻlib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab taʼlimiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashgʻulotlarda taʼlim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, maʼlum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega boʻladi . Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar soni va har bir mashgʻulot qancha davom etishi belgilab qoʻyilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, oʻzining haftalik mashgʻulotlar jadvalini tuzadi, bu taʼlimning hamma boʻlimlari boʻyicha belgilangan taʼlim-tarbiya ishlarini toʻgʻri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashgʻulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma boʻlimlari boʻyicha mashgʻulotlarni haftaga teng taqsimlash3. Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish. Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish. Bolalarning har xil faoliyat bilan shugʻullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur boʻlgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan taʼminlash. Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taʼminlash. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan maʼlum vaqt ajratish. Bolalar egallab olishlari kerak boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalar bolalar MTTning dasturida belgilab berilgan boʻlib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab taʼlimiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashgʻulotlarda taʼlim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, maʼlum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega boʻladi . Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar soni va har bir mashgʻulot qancha davom etishi belgilab qoʻyilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, oʻzining haftalik mashgʻulotlar jadvalini tuzadi, bu taʼlimning hamma boʻlimlari boʻyicha belgilangan taʼlim-tarbiya ishlarini toʻgʻri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashgʻulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma boʻlimlari boʻyicha mashgʻulotlarni haftaga teng taqsimlash 1.Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashgʻulotlar qoʻyiladi. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi. Kun davomida birinchi boʻlib bolalardan aqliy zoʻr berishni koʻproq talab etadigan, kam harakatli mashgʻulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga oʻxshash mashgʻulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi. Kun davomida mashgʻulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat Mashgʻulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq oʻzlashtirib olishiga imkon yaratadi. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish. Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish. Bolalarning har xil faoliyat bilan shugʻullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur boʻlgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan taʼminlash. Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taʼminlash. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan maʼlum vaqt ajratish. Bolalar egallab olishlari kerak boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalar bolalar MTTning dasturida belgilab berilgan boʻlib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab taʼlimiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashgʻulotlarda taʼlim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, maʼlum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega boʻladi . Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar soni va har bir mashgʻulot qancha davom etishi belgilab qoʻyilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, oʻzining haftalik mashgʻulotlar jadvalini tuzadi, bu taʼlimning hamma boʻlimlari boʻyicha belgilangan taʼlim-tarbiya ishlarini toʻgʻri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashgʻulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma boʻlimlari boʻyicha mashgʻulotlarni haftaga teng taqsimlash 1.Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashgʻulotlar qoʻyiladi. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi. Kun davomida birinchi boʻlib bolalardan aqliy zoʻr berishni koʻproq talab etadigan, kam harakatli mashgʻulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga oʻxshash mashgʻulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi. Kun davomida mashgʻulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat Mashgʻulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq oʻzlashtirib olishiga imkon yaratadi. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar oʻzlariga tanish boʻlgan didaktik va harakatli oʻyinlarni oʻynaydilar, hohlagan rasmlarini chizadilar, hohlagan narsalarini yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, hohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning oʻz-oʻzini tashkil eta bilish qobiliyati oʻsishiga, xulq madaniyati irodaviy sifatlarning tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi oʻziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi talab etiladi: chunki hohlagan ishi bilan shugʻullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan taʼminlashda, tarbiyachining maslahati lozim boʻladi. Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashgʻulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnati davomida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy eʼtibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ishlayotganlarning axloqiy munosabatlariga qaratiladi. Bolalarning ovqatlanishi, mashgʻulotga tayyorlanishi, tabiat burchagida navbatchi vazifasini bajarish ularda topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi. Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan tashkil etiladi. Moddiy muhit ikkinchi guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik guruhnikidek tashkil etiladi. Bundan tashqari, kuzatish va mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda baliq, toʻrlarda qushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni uchun joy ajratiladi. 1.Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish. Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish. Bolalarning har xil faoliyat bilan shugʻullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur boʻlgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan taʼminlash. Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taʼminlash. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan maʼlum vaqt ajratish. Bolalar egallab olishlari kerak boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalar bolalar MTTning dasturida belgilab berilgan boʻlib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab taʼlimiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashgʻulotlarda taʼlim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, maʼlum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega boʻladi . Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar soni va har bir mashgʻulot qancha davom etishi belgilab qoʻyilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, oʻzining haftalik mashgʻulotlar jadvalini tuzadi, bu taʼlimning hamma boʻlimlari boʻyicha belgilangan taʼlim-tarbiya ishlarini toʻgʻri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashgʻulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma boʻlimlari boʻyicha mashgʻulotlarni haftaga teng taqsimlash Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashgʻulotlar qoʻyiladi. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi. Kun davomida birinchi boʻlib bolalardan aqliy zoʻr berishni koʻproq talab etadigan, kam harakatli mashgʻulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga oʻxshash mashgʻulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi. Kun davomida mashgʻulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat Mashgʻulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq oʻzlashtirib olishiga imkon yaratadi. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar oʻzlariga tanish boʻlgan didaktik va harakatli oʻyinlarni oʻynaydilar, hohlagan rasmlarini chizadilar, hohlagan narsalarini yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, hohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning oʻz-oʻzini tashkil eta bilish qobiliyati oʻsishiga, xulq madaniyati irodaviy sifatlarning tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi oʻziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi talab etiladi: chunki hohlagan ishi bilan shugʻullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan taʼminlashda, tarbiyachining maslahati lozim boʻladi. Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashgʻulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnati davomida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy eʼtibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ishlayotganlarning axloqiy munosabatlariga qaratiladi. Bolalarning ovqatlanishi, mashgʻulotga tayyorlanishi, tabiat burchagida navbatchi vazifasini bajarish ularda topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi. Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan tashkil etiladi. Moddiy muhit ikkinchi guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik guruhnikidek tashkil etiladi. Bundan tashqari, kuzatish va mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda baliq, toʻrlarda qushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni uchun joy ajratiladi.MTT maydonchasida sport oʻyinlari bilan shugʻullanish uchun maxsus joy buladi, u kerakli anjomlar bilan jihozlab qoʻyiladi. Oʻrta guruh. Guruhda uxlash xonasi, hojatxona va yechinish xonasi boʻlishi kerak. Guruh xonasi bir necha boʻlimdan iborat boʻlishi kerak. Birinchi oʻyin boʻlimida qoʻgʻirchoqpar hamda kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf boʻladi. Ikkinchi oʻyin boʻlimida qurilish materiallari qoʻyiladigan shkaf va ular bilan oʻynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shugʻullanishlari uchun kerakli materiallar qoʻyiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma oʻyini bilan shugʻullanishlari uchun oʻyin burchagida tinchroq joyni ajratish kerak. Tabiat burchagini dera- zalarga yaqinroqqa joylashtirgan maʼqul. Xona amaliy sanʼat asarlari va koʻkalamzorlashtiruvchi oʻsimliklar bilan bezatiladi. Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali oʻsimliklar bilan toʻsilib, jismoniy mashqlar va sport oʻyinlar uchun kerakli asboblar bilan jihozlanadi. Katta guruh. Oʻyin boʻlimlari bolalarning yoshiga mos holda oʻrta guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida yana mashgʻulot oʻtkaziladigan boʻlim ajratiladi va u yerga tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, taxta joylashtiriladi. Bolalarning mustaqil oʻynashlari uchun hamma kerakli materiallar (stollar, oʻyinchoqlar solingan qutichalar, vitrina shkafi, tokchalar va boshqalar) boʻlishi lozim.Шундай қилиб, кун давомида болалар ҳаётини ташкил этишдаги талаблар қуйидагича: Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari uchun shartsharoitlar yaratish. Har bir yosh guruhida faoliyat turlarini almashtirib borish. Bolalarning harakat faolligini yetarlicha taʼminlash. Mashgʻulot, oʻyin, mehnat, maishiy faoliyat oʻrtasida bogʻliqlik oʻrnatish. Bolalarning olgan bilim, malaka, koʻnikmalarini mustaqil faoliyatlarida qoʻllay olishga oʻrgatish. Bolani faol boʻlishga, har doim biron narsa bilan mashgʻul boʻlishga oʻrgatish. Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish. Bolalarning butun faoliyatiga tarbiyachining rahbarligi. Kun tartibiga qatiy rioya qilish. Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari uchun shartsharoitlar yaratish. Har bir yosh guruhida faoliyat turlarini almashtirib borish. Bolalarning harakat faolligini yetarlicha taʼminlash. Mashgʻulot, oʻyin, mehnat, maishiy faoliyat oʻrtasida bogʻliqlik oʻrnatish. Bolalarning olgan bilim, malaka, koʻnikmalarini mustaqil faoliyatlarida qoʻllay olishga oʻrgatish. Bolani faol boʻlishga, har doim biron narsa bilan mashgʻul boʻlishga oʻrgatish. Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish. Bolalarning butun faoliyatiga tarbiyachining rahbarligi. Kun tartibiga qatiy rioya qilish. Psixologik xizmatning asosiy vazifasi-tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlridan iborat 3 ta vazifadan tashkil topadi. Ilmiy tadqiqot vazifalari - bola shaxsning shakllantirishning muhim muammolarini, taʼlim va tarbiyaning psixologik asoslarini bolalar bilan tarbiyachilar, MTT psixologlari, MTT psixologlar bilan tarbiyachilar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologning etikasini oʻz ichiga oladi . Amaliy vazifalar - psixologik tadqiqotni natijalarini amalda psixologik xizmat ishida qoʻllab, bolalarning maktab taʼlimiga tayyorligini aniqlash, bolalarning oʻqish faoliyatini osonlashtirish, bola shaxsini har tomonlama kamon toptirish, bolalarnig qobiliyat va moyilliklarini aniqlash va rivojlantirish, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi “tarbiyasi ogʻir” bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir4. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling