Mavzu : Bronxeal astma


Download 359.61 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi359.61 Kb.
#1416664
Bog'liq
12-must.pato





Mavzu : Bronxeal astma .
Astma (yunoncha asthma — halloslash, boʻgʻilib qolish) — bronxlar teshigining toʻsatdan torayib qolishi (qarang Bronxiol astma) yoki yurak kasalliklari natijasida (qarang Yurak astmasi) tutadigan boʻgʻilish xuruji. Astma tutganda darhol shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur. Astma qanday sababga koʻra kelib chiqqan boʻlishidan qatʼi nazar, bemorni oyogʻini pastga osiltirib oʻtqazish va xona havosini yangilash zarur. Dori-darmon faqat shifokor ruxsati bilan beriladi Bronxial kanallarning qisqarishi va havo o’tishini kamayishiga olib keladigan bronxial astma nafas yo’llarining surunkali kasalligiga kiradi.

Bronxial astmani davolaygidan dorilar


Astmaning eng ko’p uchraydigan simptomlari o’z ichiga quyidagilarni oladi: bronxospazm, yo’tal va xirillab nafas olish hurujlari oqibatida nafas olishning qiyinlashishi. Bu hurujlar ayniqsa tunda va erta saharda ro’y beradi. Agar bemor astmaga qarshi davolansa, uning simptomlari tamoman yoki qisman yo’q bo’lishi mumkin. Astma hurujlari allergen moddalar ta’sir qilganda(chang, o’simlik gullar changi, hayvonlar juni, patlari, ayrim oziq-ovqat turlari), jismoniy kuch ishlatilganda, sovuq havodan nafas olganda yoki nafas yo’llariga infektsiya yuqqanda ro’y berishi mumkin.


Astma kasalligiga moyil odamlar odatda ko’krak qafasi siqishi, meyyoridan ortiq so’lak ajrab chiqishi, uyquning bezovtalanishi yoki nafas olishning tezlashishidan shikoyat qiladilar.


Astmani qo’zg’atadigan omillardan ehtiyot bo’lish muhimdir(allergenlar va sovuq havo ta’siridan). Davlash o’z ichiga asosan yallig’lanishga qarshi dorilar bilan birga ishlatiladigan bronxlarni kengaytiradigan


dorilarni qabul qilish(masalan, steroidlarni). Fizioterapiya muolajalari va nafas olish mashqlari xam e’tibordan chetda qolshishi kerak emas.



So’nggi yigirma yil ichida astma bilan kasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda astma ta’siridan taxminan 300 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklar sirasidan. Bronxial astma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi juda yuqori. So’nggi yigirma yil ichida bolalardagi bronxial astma holatlari ortib borishi bunday hoaltni nafaqat kasallik, balki ijtimoiy muammo deb qarashga undamoqda va unga qarshi kurash uchun maksimal kuchlar qaratilgan.

Nafas qisilishi xurujlari turli tezliklarda kuzatiladi, ammo remissiya bosqichida (surunkali kasallikning vaqtinchalik yengillashishi) ham havo yo’llarida yallig’lanish jarayoni saqlanib qoladi. Bronxial astmada havo oqimining buzilishida quyidagi tarkibiy qismlar yotadi:


Bronxlarning silliq mushaklarining spazmlari yoki ularning shilliq qavatining shishishi tufayli nafas olish yo’llarining to’silib qolishi.Nafas olish yo’llarining shilliq osti bezlari giperfunktsiyasi sababli sekretsiyasi tomonidan bronxlarning to’silib qolishi.Bronxial devorda sklerotik o’zgarishlarga olib keladigan, kasallikning uzoq davom eitshi natijasida bronxning mushak to’qimasini biriktiruvchi to’qimaga almashishi.


Murakkablikka qaramasdan bronxial astma yaxshi davolanadi, buning natijasida doimiy va uzoq muddatli remissiyaga erishish mumkin. Bemorlar o’z holatini doimiy nazorat qilishi ularni nafas qisilishi xurujlari boshlanishini oldini olish, kamaytirish yoki xurujalrni bartaraf etish uchun yordamchi dorilarni qabul qilishlardan halos etadi, shuningdek, faol hayot tarzi olib borish imkonini beradi. Bu o’pka funktsiyasini saqlab qolishga va asoratlar xavfini to’liq bartaraf etishga yordam beradi.





Bronxlarning astma va soglom holatda korinishi




Download 359.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling