Mavzu : com bilan ishlashning asosiy usullar
Download 291.86 Kb.
|
COM
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
MAVZU : COM BILAN ISHLASHNING ASOSIY USULLAR MUNDARIJA
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Keys-stadi metodini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini belgilovchi omillar. Keys-stadini oliy o‘quv yurtining ta’lim amaliyotiga keng tatbiq etishdir. Barkamol insonni shakllantirishga imkon beruvchi o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishning muhim vazifasi ta’lim samaradorligini ta’minlashdir. Ta’lim samaradorligi ta’lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, turmush bilan bog‘liqligi, shuningdek, ta’lim mazmuniga mos metodlar, shakllar va vositalar majmuasi tanlanishi bilan ta’minlanadi. Metodlar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilarini tashkil etish va ularni o‘tkazish tartibi haqida to‘xtalamiz. O‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, kelajakda raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradigan tavsiyalar beramiz. Keltirilgan tavsiyalardan foydalanuvchi o‘qituvchilar o‘quv jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan metodlarni xuddi shu tartibda o‘tkazishlari shart emas. Har qaysi o‘qituvchi bu metodlar asosida ularning umumiy shaklini olgan holda o‘zlarining darslarini o‘qitish texnologiyalarini yaratishlari, berilgan metodlarni to‘liq yoki ularning ba’zi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin.Mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar va chuqur ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan yoshlarimizni, talabalarimizni o‘zlarining har tomonlama asoslangan, ob’ektiv, real nuqtai-nazarlari hamda qarashlarining to‘g‘ri asosda ishlab chiqilishiga yo‘naltirish ham juda muhim masalalardan biridir. Bu o‘rinda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi ko‘rsatmalari alohida ahamiyatga ega: “... yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga, eng muhimi, o‘z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo‘lishiga erishish ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo‘lishi darkor” ([1], 8-9 betlar). Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Keys-stadi ta’lim metodini turli holatlarni o‘rganishda qo‘llash – hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o‘rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan iborat Aхbоrоt − kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаri yordаmidа o‘qitishning ikkinchi yo‘nаlishi kоmpyutеrlаrni o‘rgаnish оb’еkti sifаtidа qo‘llаshdir. Kоmpyutеrlаrning o‘quv jаrаyonidа o‘qitish vоsitаsidа qo‘llаnilishi didаktikа vа pеdаgоgik psiхоlоgiyaning аyrim nаzаriy аsоslаrini tаkоmillаshtirishni tаqоzо etаdi. Jumlаdаn, ekspеrt tizimlаr tаlаbаni itsаlgаn murаkkаblikdаgi mаsаlаni еchishdа оptimаl еchimni tаnlаsh, gipеrmаtn o‘rgаtuvchi tizimlаr esа tаlаbаgа o‘quv mаtеriаllаrini o‘zlаshtirish kеtmа-kеtligini tаnlаsh imkоniyatlаrini bеrаdi. Download 291.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling