Mavzu : ‘’D’’harfi tovush belgisi’’D’’ ‘’d’’ strelka orqali o’qiymiz
Download 12.5 Kb.
|
D tovushi
Mavzu : ‘’D’’harfi tovush belgisi’’D’’ ‘’d’’ strelka orqali o’qiymiz. Maqsad : ‘’D’’harfi tovush belgisi ‘’D’’ va ‘’d’’ harflari bilan tanishtirish. Rasmlarni nomlaganda so’zdagi har bir tovushni to’g’ri talaffuz qilish bolalarga berilgan rasmlar asosida mustaqil gap tuzishga o’rgatish, so’zlarni bo’g’inlarga bo’lish. Kerakli jihozlar: Turli mavzulardagi rasmlar Mashg’ulotning borishi: Bolalar bugun sizlar bilan ‘’D’’tovushi ishtirok etgan rasmlarni ko’ramiz ,ular haqida gap tuzamiz. ---Bu qanday o’simlik? (don) ---Men don haqida gap tuzdim. ‘’Dalada don mo’l’’ Bolalar men sizlarga rasm tarqataman, sizlar rasmga qarab gap tuzasizlar. Sevinch senda qanday rasm bor ? rasmni nomla. Sevinch : Menda dutor rasmi bor. Tarbiyachi : Dutor so’zida ‘’D’’ tovushi so’zning qayerida kelayapti? Sevinch : So’zning boshida. Tarbiyachi: Dutor so’zini bo’g’inga bo’l. Sevinch : Du-tor Tarbiyachi : Dutor so’zi nechta bo’g’in ekan? Sevinch : 2bo’g’in Tarbiyschi : Dutor haqida qanday gap tuzding? Sevinch : Durdona dutor chaldi. (Tarbiyachi shu tariqa hamma bolalar bilan suhbat o’tkazadi.) Tarbiyachi : Keling endi jismoniy daqiqa o’tkazamiz. Sakra bodom quyonim O’yna kulrang quyonim O’ng tomonga sakragin Chap tomonga sakragin Tarbiyachi : Bolajonlar endi sizlar bilan o’yin o’ynaymiz. O’yinimizning nomi ‘’Davom ettir’’ deb nomlanadi. Do-i-ra , Dur-do- na (bu o’yinda bolalar so’zlarni bo’g’inga bo’lishni o’rganadi). O’yinda yaxshi ishtirok etgan bolalar rag’batlanadi. Download 12.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling