Rp.: Trichomonacidi 0,25
Olei Vaselini ad 50 ml
M.f. suspensio
Sterilisetur!
D.S. Chayqatilsin va 10 ml dan siydik pufagiga yuborilsin.
Shuningdek, ofisinal suspenziyalar ham bo’ladi. Ular reseptda qisqartirilgan shaklda, miqdori va konsentrasiyasi ko’rsatilmagan holda yoziladi.
Мisol. Grizeofulvin suspenziyasidan 100 ml uchun resept yozib berilsin. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin;
Rp.: Suspensionis Griseofulvini 100 ml
D.S. 1 десерт қошиқдан кунига 3 маҳал ичилсин. Ишлатишдан олдин чайқатилсин!
Quyidagilarga resept yozing:
1. Levomisetin stearat (Laevomycetini stearas) ning 5% 100 ml suspenziyasi. Kuniga 2 choy qoshiqdan 4 mahal ichishga buyurilsin.
2. Grizeofulvin (Griseofulvinum) ning 100 ml offisinal suspenziyasi. Kuniga 1 desert qoshiqdqan 3 mahal ichish uchun.
3. Deksametazon (Dexamethasone) ning 10 ml 0,1 % suspenziyasi. Har bir ko’zga 2 tomchidan tomizish buyurilsin.
4. Kotrimaksazol-240 (Kotrimocsazolum-240) ning 100 ml offisinal suspenziyasi. 8 yoshli bolaga kuniga 1 doza qoshig’idan 2 mahal ichish buyurilsin.
5. Tioridazin (Thioridazinum) ning 120 мл 0,2 % suspenziyasi. Kuniga 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichish buyurilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |