Mavzu : Eng qadimgi davrda yozuvni paydo boʻlishi. Eng qadimgi yozuv tizimlari (Misr iyeroglifi, Shumer mixxatlari, Xitoy iyeroglifi) mil av. IV ming yillikning oxiridan II ming yilliklarning boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan


Download 0.99 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1544559
Bog'liq
Eng qadimgi davrda Suhrob


Mavzu :Eng qadimgi davrda yozuvni paydo boʻlishi.

Eng qadimgi yozuv tizimlari (Misr iyeroglifi, Shumer mixxatlari, Xitoy iyeroglifi) mil.av. IV ming yillikning oxiridan II ming yilliklarning boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Yozuv tizimlari dastlab qadimgi Sharqda vujudga kelgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, u mil.av. II ming yilliklarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tildagi so‘zlar soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko‘radi. Harf-tovush yozuvining shakllanishi, yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob bo‘lgan.




Hind yozuvi mil.av. III-II ming yillikda 700 ga yaqin belgi rasmdan iborat yozuv bo‘lgan. Hind yozuvi taxminan 400 yoki 250-300 belgi rasmdan iborat bo‘lgan, Shumer va Xett yozuviga o‘xshatiladi. Mil.av. V asrdan boshlab hindlar braxmi, kxaroshtxi, aramey, gupta yozuvidan foydalanganlar.
Xitoy iyeroglifi mil.av. II ming yillikda kashf etilgan, 2 mingga yaqin iyeroglif bo‘lgan. Xan davrida iyerogliflar soni 18 mingtaga yetgan. Hozirgacha qisman o‘zgarishsiz saqlangan. Dastlab xitoyliklar suyak, yog‘och, cho‘p, teri va bambuk daraxtidan tayyorlangan taxtachalarga yozishgan, V asrdan boshlab ipak shoyi parchasiga yozganlar.
Sug‘d yozuvi asosida turk yozuvi shakllangan, bu yozuv fanda ko‘k turk yoki runik bitiklari deyiladi. Oromiy yozuvi asosida Kushon-Baqtriya yozuvi (bu yozuv burchakli, to‘trburchakli va aylana shaklda bo‘lgan) shakllangan, bu yozuv qoldiqlari qadimgi Termiz shahridan topilgan.
Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling