Mavzu: : Fazoviy jismlar kombinatsiyasi: Shar va silindr. Darsning maqsadi: Ta’limiy: : O’quvchilarga shar va silindr


Download 30.85 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1789961
Bog'liq
Shar va silindr dars ishlanma


Mavzu: : Fazoviy jismlar kombinatsiyasi: Shar va silindr.
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: : O’quvchilarga shar va silindr haqida tushuncha berish

  2. Tarbiyaviy: Olingan bilimlarni xayotda qo’llay olish. O’quvchilarni o’zaro hurmat ruhida tarbiyalash

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning xotirasini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish



Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o’quvchilar shar va silindr haqidagi tushunchalar ega bo’lishlari kerak.


Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
Darsda foydalanilgan metodlar: an’anaviy, interfaol
Dars jihozi: darslik, konspekt, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar
Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Navbatchi axborotini tinglash

  3. O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish

  4. Uy vazifasini tekshirish



ASOSIY QISM
Berilgan m to 'g 'ri chiziqqa parallel va bir chiziqni kesib o 'tuvchi a to 'g'ri chiziqning harakati natijasida hosil bo 'Igan sirt silindrik sirt deyiladi
D oiraviy silindr deb, parallel tekisliklarda yotuvchi ikkita teng doira va yasovchilari berilgan tekisliklarga perpendikular bo 'Igan silindrik sirt bilan chegaralangan geometrikjismga aytiladi.
Bunda parallel tekisliklarda yotgan doiralar silindrning asoslari, silindrik sirt esa uning yon sirti deyiladi.

1-rasm V= π*r²*h
Silindr asoslarining markazlarini tutashtiruvchi OO1kesma (3-chizma) silindrning o'qi deyiladi.
To'g'ri doiraviy silindrlar qaralganda, OO1kesma o'qning uzunligi silindrning balandligiga teng bo'ladi: OO1=H Silindr asosining radiusini R bilan belgilaymiz, ya'ni
OA=R .
Silindrning OO1 o'qi orqali o'tkazilgan tekislik uning o 'q kesimi deyiladi.
Silindrik sirtni AA1 yasovchi bo'yicha qirqamiz va tekislikka yoyamiz (4- chizma). Natijada, silindrning AA1C1C to'g'ri to'rtburchak va ikkita doira — silindrning asoslaridan tashkil topgan yoyilmasini hosil qilamiz.

3-rasm 4-rasm
Shar deb fazoning belgilangan 𝑂 nuqtasidan berilgan masofadan uzoqda bo‘lmagan nuqtalari to‘plamiga aytiladi. Sharni yarim doiraning diametri atrofida aylantirishdan hosil qilingan shakl deb qarash mumkin.


|𝐴𝑂| = 𝑅 shar radiusi.
Radiusi 𝑅 ga teng bo‘lgan shar hajmi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
𝑉 = 4/3 𝜋𝑅3



Geometriya fanini o’qitishda albatta figuralar chizmalariga duch kelamiz. Geometrik figuralar mukammal chizishda bizga Geogebra dasturi qo’l keladi. Shakllar chizishda https://www.geogebra.org/classic#geometry web sahifasi orqali foydalanishimiz mumkin

Biz fazoviy jismlardan shar va silindr chizish uchun biz avvalo https://www.geogebra.org/classic#geometry web sahifasiga kiramiz.



Biz silindr chizishimiz uchun geometriya bolimiga otamiz va 3D bo’limiga o’tamiz .



So’ng mana bu oyna hosil bo’ladi.





So’ng markazlarini tanlaganimizdan so’ng ushbu oyna hosil bo’ladi.Ya’ni radiusini tanlash uchun quyidagi oyna hosil bo’ladi





Bunda radiusini yozamiz va Ok tugmasini bosamiz.Ushbu tugmani bosgandan so’ng quyidagi oyna hosil bo’ladi





Shu bilan silindirimiz tayyor.

Endi shar chizishni o’rganamiz.Xuddi yuqoridagidek geogebra dasturiga kiramiz 3D bo’limiga kiramiz va aylana bo’limini bosamiz





Quyidagi oyna hosil bo’lgandan so’ng, markazini belgilab olamiz va radiusini tanlaymiz





So’ng OK tugmasini bosgandan so’ng quyidagi oyna hosil bo’ladi



Mana Geogebra dasturida shar va silindr fazoviy shakllarimiz tayyor bo’ldi.




masalalar yechish.
1-Masala
Silindr va unga tashqi chizilgan muntazam to‘rtburchakli parallelepiped asosining tomoni 4 ga teng. Silindrning hajmini toping.
2-Masala
Radiusi 13 ga teng bo‘lgan shar tekislik bilan kesilgan. Agar shar markazidan kesimgacha masofa 10 ga teng bo‘lsa, kesimning yuzini toping.
3-Masala
Radiusi 3 va 4 ga teng bo‘lgan ikki shar markazlari orasidagi masofa 5 ga teng. Shar sirtlari kesishishidan hosil bo‘lgan aylananing uzunligini toping.
4-Masala
Silindr va unga tashqi chizilgan muntazam to‘rtburchakli parallelepiped asosining tomoni 4 ga teng. Silindrning hajmini toping.
5-Masala
Balandligi 16 ga, asosining radiusi 12 ga teng bo‘lgan konusga balandligi 10 ga teng bo‘lgan silindr ichki chizilgan. Silindr asosining radiusini toping.
Darsni xulosalash:
121, 122 va 123- masalalar sharti tushuntiriladi.
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar bilimiga qarab baholanadi.
Uyga vazifa: 128, 129 va 130- masalalar sharti tushuntiriladi.

Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling