Mavzu : Janubiy Koreya axbrot jamiyati rivojlanishining asosiy tendensiyalari
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Janubiy Koreya axbrot jamiyati rivojlanishining asosiy tendensiyalari slayd, taqdimot compressed
1-bosqich
Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yo‘nalishda — G2C (davlatdan-fuqaroga), G2B (davlatdan-biznesga) va G2G (davlatdan- davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo‘llanilgan. Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Janubiy Koreyada elektron hukunatni joriy etish Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha katta maqsadni qo‘ygan — dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan: • davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi • davlat xizmatlarini ko‘rsatish • axborot resurslarini boshqarish • qonun ijodkorligi tizimi Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan. 2-bosqich Oh nara 6 Dasturi 2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi — “On-Nara” (koreyscha, onlayn-mamlakat) tizimidan foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30- 44 kundan-13 kungacha qisqargan. Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi — “On-Nara” 2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo‘yilgan: • ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini standartlashtirish; • davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga solish; • tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling