Mavzu : Kamyob elementlarning gravitatsion usulida boyitish qurilmalarining hisobi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Download 185 Kb.
|
Kamyob elementlarning gravitatsion usulida boyitish qurilmalarining hisobi.
Tarqoq, kamyob metallar
Ularga galliy, indiy, talliy, germaniy, selen, tellur, reniy elementlari kiradi. Tarkok kamyob metallar izomorf aralashma holida turli metall minerallari tarkibida kam miqdorda uchraydi. SHuning uchun ular metallurgiya va kimyoviy korxonalarning chiqindilaridan ajratib olinadi. Masalan, galliy alyuminiy minerallarida (boksidlarda) uchraydi. SHuning uchun galliy alyuminiy korxonalari chiqindilaridan olinadi. Indiy, talliy va germaniy rux konsentratlari va boshqa sulfidli minerallar tarkibida uchraydi, hamda ularni sulfidli xomashyolarni qayta ishlashda birga ajratib olinadi. Germaniy kumirning yoqilishi natijasida hosil bo‘lgan kul tarkibida, reniy elementi esa molibdenli xomashyoni qayta ishlash orqali ajratib olinadi. Demak, tarqoq kamyob metallar uchun xomashyo bazasi turlicha bo‘lib kuydirish uchoqlarining qo‘llarida, rux - qurg‘oshin korxonalarining keklari va kukunlarida, sulfat kislota zavodlari qoldiqlarida, kumir qo‘llarida va boshqa turdagi chikindilar tarkibida uchraydi. Ularga skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar kiradi. Lantanoidlar fizik-kimyoviy xossalarining bir-biriga yaqinligi shundan iboratki, ularning tashqi elektron qavatlari tuzilishining bir xilligi bilan farq qiladi va bir elementdan ikkinchi elementga utganda 4 f qavatdagi elektronlarning tuyinishi bilan sodir buladi. SHuning uchun ma’dan xomashyolarida bu elementlar birgalikda buladi. Ularni ajratib olishda avval aralash oksidlari xolida, sung ular bir-biridan zamonaviy usullar bilan ajratib olinadi. Radioaktiv kamyob elementlarga: poloniy, radiy, aktiniy va aktinoidlar kiradi. Bu metallarni ishlatish soxasi va ular bilan ishlash texnologiyasi radioaktivlik xususiyatiga bog‘liq buladi. Aktinoidlarning tabiati elektronlarni bir elementdan ikkinchisiga utishda 5-f qavatdagi elektronlarning uzaro joylashuviga bog‘liq. Radioaktiv kamyob metallar ma’dan xomashyolarida birgalikda uchraydi va ular kamyob er metallariga ergashgan xolda buladi. Tabiiy va ayrim sun’iy radioaktiv metallar atom energiyasi ishlab chiqarish sanoatida katta axamiyatga ega. Download 185 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling