Mavzu : Kirish, Qurilish mashinalari klasifikatsiyasi. Reja


-Mavzu : Qurilish yuk ko`targichlarning texnikaviy tafsilotlari


Download 4.35 Mb.
bet5/23
Sana19.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1710099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Mavzu kanispekt (автовосстановление)

5-Mavzu : Qurilish yuk ko`targichlarning texnikaviy tafsilotlari.


Reja : 1. Yuk ko`taruvchi xaqida ma`lumot
2. Yuk ko`taruvchi mashinalar texnika xafsizligi
Qurilishda turli xil yuk ko£tarish mashina va mexanizmlaridan keng foydalaniladi. Turar joy va grajdan qurilishida yuk ko`tarish mashinalari yordamida poydevor va devor bloklari, kolonnalar, orayopma plitalari va boshqa yirik elementlar o`matiladi hamda montaj qilinadi, qurilayotgan binoga qurilish materiallari va detallari ko`tariladi, turU yuk ko4arish-tushirish ishlari bajariladi. Sanoat qurilishida yuk ko`tarish mashinalari yordamida asosiy qurilish ishlaridan tashqari texnologik jihozlar ham montaj qilinadi. Yuk ko`tarish mashinalari yordamida energetika qurilishidagi katta hajmdagi ishlar ham bajariladi. Mashinalarning vazifasiga, konstruksiyasiga va xizmat ko`rsatUadigan zonaning konfiguratsiyasiga qarab, yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmarini sharth ravishda quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: 1) yukni to`g`ri yo`nalishda yaqin masofaga surishga imkon beradigan domkratlar; 2) yukni ko`tarish, tushirish va surish mumkin bo`lgan chigMrlar; 3) yukni ko`tarish, tushirish va surish uchun tal va telferlar; 4) donali va sochiluvchan materiallami, shuningdek, aralashma va beton qorishmalami tik yoki qiya yo`nalishda tashish uchun platforma yoki cho`michli ko`targichlar; 5) yordamchi yuk koctarish qurilmalari; 6) yukni o`z aylana doirasida yoki shu doiraning bir qismida surishni ta`minlaydigan statsionar minora-strelali kranlar; 7) xizmat ko`rsatiladigan maydonning konfiguratsiyasi kran osti yo`lning uzunligi va yo`nalishiga, ilgagining qulochiga bog`Uq bo`lgan minora kranlar; 8) har xil konfiguratsiyalimaydonlarga xizmat ko`rsata oladigan o`ziyurar strelali (hartumli) kranlar; 68 9) to`g`ri to`rtburchak maydonlarga xizmat ko`rsatadigan ko`prik tipidagi kranlar; 10) to`g`ri to`rtburchak maydonlarga xizmat ko`rsatadigan chorpoya va kabel kranlar. Strelali (bartumli) o`ziyurar kranlar. Strelali (hartumli) o`ziyurar kranlar qurilish maydonlarida yaxshi manevrchanlikka ega bolgani va joydan-joyga ko`chirishga qulay bolgani uchun barcha turdagi qurilishlarda, yuklash-tushirish, qurilish-o`matish va tuzatish ishlarida keng qo`llanadi.
Ish mexanizmlarini harakatga keltirish turiga ko`ra kranlar bir motorli va ko`p motorli bo`ladi. Kranlar bir motorli bolganda kranning barcha mexanizmlari bitta ichki yonuv dvigateli yordamida mexanik transmissiya orqali harakatga keltiriladi. Ko`p motorli yuritmada esa har bir mexanizm o`zining elektr yoki gidravlik dvigateli yordamida harakatga keltiriladi. Kranlaming strelasi ish holatida egiluvchan (kanat polistpastlar) va bikir (gidravlik silindrlar) osmalar tizimi yordamida ushlab turilishi mumkin. Avtomobil kranlari qurilish konstruksiyalarini o`rnatish, tuzatish ishlari, donali yuklarni va greyfer bilan jihozlangan holda sochiluvchan va mayda bolakli materiallami yuklash-tushirish uchun xizmat qiladi.
Kran mexanizmlarining yuritmasi avtomobil dvigatelidan harakat olib ishlaydi. Bu, o`z navbatida, ikki yol bilan bajariladi. Guruhli yuritmalarda yukni ko`tarish, strela va burish platformalarini harakatga keltirish mexanizmlari avtomobilning quwat olish validan harakatlanuvchi taqsimlash transmissiyasi orqali ishlaydi. Yakka yuritmalarda esa shassiga generator o`matilib, u avtomobil transmissiyasi orqali harakatga keltiriladi. Generator ishlab chiqargan elektr energiyasi esa kran mexanizmlarining elektr dvigatellarini ta`minlaydi.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling