Маvzu : Maktabgacha yosh davri ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. Ijtimoiylashuv omillar-bola rivojlnashiga ta’siri Reja


Bolani rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 82.5 Kb.
bet2/2
Sana30.12.2022
Hajmi82.5 Kb.
#1073173
1   2
Bog'liq
Maktabgacha yosh davri ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. Ijtimoiylashuv omillar-bola rivojlnashiga ta’siri

Bolani rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki yoʼq qilishi mumkin. Shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga taʼsiri tarbiya asosida kechadi. Zero, birinchidan, tarbiya taʼsirida muhit bera olmagan bilim, maʼlumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bogʼliq koʼnikma va malakalar hosil boʼladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tugʼma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy taʼsirini ham yoʼqotish mumkin. Toʼrtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga taʼsir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi oʼringa ega boʼlib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit taʼsirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir toʼrt yondashuv qaror topgan.
1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot boʼlib, uning butun xattiharakatlari tugʼma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga boʼysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2.Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tugʼiladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning taʼsiri ostida ijtimoiylashadi.
Psixologik yondashuv - nsondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yoʼnalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega boʼlib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi oʼziga xosliklar, balki turmush tarzi ham taʼsir koʼrsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rolь oʼynaydi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari.
Muayyan bir yosh davriga xos boʻlgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda taʼlim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya taʼsiri kuchli boʻladi. Bolalarning tarbiyasiga toʻgʻri yondashish, uni muvaffaqiyatli oʻqitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining oʻsishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilmaxil boʻladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K. D. Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib oʻtgan . Bolaning oʻziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha boʻlishi mumkin.
Bolaning individual, oʻziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning oʻziga xos xususiyatini oʻrganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” - qismlarning bir-biriga munosabati) shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga boʻlinadi:
goʻdaklik (1 yoshgacha);
bolalik yoshi (1-2 yosh);
ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
kichik yosh (3-4 yosh);
oʻrta yosh (4-5 yosh) ;
katta yosh (5-6 yosh);
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)
Bolaning individual, oʻziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning oʻziga xos xususiyatini oʻrganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” - qismlarning bir-biriga munosabati) shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Goʻdaklik davri bolalarning rivojlanishidagi oʻziga xosliklar. Insonning rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida toʻqqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini oʻtaydi. Bu davrda ham bola maʼlum darajada tashqi muhit taʼsirida boʻladi. Shuning uchun ham bu taʼsirning ijobiy boʻlishini taʼminlash lozim. Bir yoshgacha boʻlgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti taʼsirida boʻlib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega boʻlmasa ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila aʼzolarini tanish qobiliyatiga ega boʻladi. Shuning uchun ham goʻdaklik davridan boshlab uch yoshgacha boʻlgan davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha boʻlgan davrda dastlabki soʻzlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila aʼzolari goʻdakni toʻgʻri parvarish qilishni yoʻlga qoʻyishlari lozim. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola oʻrtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani oʻz holiga tashlab qoʻymasligi, yaʼni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi.
Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani oʻrganadi, kuzatadi va oʻzini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini oʻrganadi. Bola nimaga oʻrgatilsa, uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlash zarur, yaʼni bola kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini taʼminlaydi.
Bolani rivojlanishida faoliyatlar (oʻyin, mashgʻulot, mehnat)ning ahamiyati
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli (bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari). Bu davr oʻziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha boʻlgan davr mobaynida bolaning nutqi va oʻzgalar tomonidan aytilgan soʻzlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan boʻlsa, 2-3 yoshga kelib, oʻzgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy soʻz taʼsiriga tez beriladi. Shuning uchun ham unda xuddi shu davrdan boshlab sheʼrlar aytish hamda raqsga tushishni oʻrgatish lozim. Ularda kattalarga joʻr boʻlib qoʻshiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish koʻnikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida oʻzaro muloqotga kirishish koʻnikmalari shakllana boshlaydi. Taʼlim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu koʻnikmalarni rivojlantirishta va ularni malakalarga aylantirishga yoʻnaltirilmogʻi lozim. Kichik gurux; (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qoʻyganda jismoniy oʻsishi bir qadar sekinlashadi. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, xissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa boʻlib oʻynash koʻnikmalari shakllanadi. Oʻyin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda koʻrish-yasash faoliyatining dastlabki koʻrinishlari namoyon boʻladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda oʻyin faoliyati yetakchi rol oʻynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yoʻl ochadigan taʼlimiy mashgʻulotlar tizimini belgilab berishga yunaltirilgan.
Oʻrta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola toʻrt yoshga yettach, uning jismoniy oʻsishi bir muncha jadallashadi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar poʻstlogʻining faoliyati takomillashib boradi.
Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling