Mavzu : Mor tuzi tarkibidagi Fe (2) ni ampermetrik aniqlash aniqlash


Download 15.93 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.93 Kb.
#1581929
Bog'liq
Mustaqil ish


Mavzu : Mor tuzi tarkibidagi Fe (2) ni ampermetrik aniqlash aniqlash

Reja




  1. Mor tuzi tabiati va fizik kimyoviy xossalari

  2. Mor tuzi tarkibidan Temirni aniqlash

  3. reaksiyada foydalaniladigan ishchi eritma va reagentlar

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabyotlar

1.Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini permanganatometriya metodi bilan aniqlash
Eritmalardagi Fe2+ miqdorini aniqlashni permanganatometriyadan foydalanishning muhim bir ko’rinishlaridan hisoblanadi. Mor tuzi (NH4)2SO4∙FeSO4∙6H2O yoki (NH4)2Fe(SO4)2 ∙ 6H2O eritmasini KMnO4 ning ishchi eritmasi bilan titrlanganda quyidagi reaksiya boradi:
Fe2+ - e = Fe3+
MnO4- + 8H+ + 5e = Mn2+ + 4H2O
Ayni shu holatda Mor tuzi ekvivalent massasi uning molyar massasiga teng va temirning ekvivalenti uning mol massasiga, ya’ni 55,85 g/molga teng.
Aniqlash tartibi. 250 ml hajmli o’lchov kolbasiga ma’lum hajmdagi Mor tuzi eritmasidan solib, kolbadagi eritma hajmi distillangan suv qo’shib belgisigacha yetkaziladi va batafsil aralashtiriladi.
Pipetka bilan tayyorlangan eritmadan 25 ml olib titrlash kolbasiga solinadi, ustiga sul’fat kislotaning 2N eritmasidan 10-15 ml qo’shiladi va byuretkadagi kaliy permanganatning ishchi eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash xona temperaturasida olib boriladi. Kaliy permanganat eritmasini qo’shish titrlanayotgan eritma 1-2 minutda yo’qolmaydigan och pushti rangga kirganda to’xtatiladi. Titrlash jarayoni kamida 3 marta takrorlanadi, bir-biriga yaqin hajmlarni o’rtachasi olinadi va tekshirilayotgan eritmadagi temirning grammlar miqdori hisoblab topiladi.
Yozish tartibi
Mor tuzining eritmasini KMnO4 ning ishchi eritmasi bilan titrlash.
1-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V1=23,85 ml
2-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V2=23,80 ml

3-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V3=23,75 ml


KMnO4 eritmasi titrini aniqlanuvchi modda – temir (II) bo’yicha hisoblash.


Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir (II) miqdorini hisoblash.


Agar 25 ml tekshirilayotgan Mor tuzi eritmasini titrlash uchun kaliy permanganatning ishchi eritmasidan o’rtacha 23,80 ml sarflangan bo’lsa, 250 ml Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir (II) miqdori quyidagicha hisoblanadi


Usulni o‘tkazish shart-sharoitlari:
Yodimetrik titrlashni olib borish uchun quyidagi sharoitlarga rioya qilish kerak.
Yodimetrik titrlashni sovuq sharoitda olib boriladi. Bundan tashqari harorat ko‘tarilganda kraxmalni sezgirligi kamayadi.

J2/2J- redoks juftlikning standart potensiali kichik bo‘lgani uchun yodimetrik reaksiyalar qaytar va oxirigacha bormasligi mumkin. Reaksiya to‘liq borishi uchun titrlashni barqaror kompleks hosil qiluvchi modda bilan bog‘lash zarur. Masalan:


2Fe2+ + J2 = 2Fe3+ + 2J-


Bu reaksiyada Fe3+ ionlarini komplekson (EDTA) bilan bog‘lansa, muvozanat chapdan o‘ngga siljiydi. YA’ni Fe2+ ionlari Fe3+ ioniga oksidlanadi.Yodimetrik titrlashni kuchsiz kislotali, neytral yoki juda kuchsiz ishqoriy sharoitlarda (pH<8) olib boriladi. Aks holda:

ishqoriy sharoitda (pH>9) gipoyodid ioni hosil bo‘lib, titrlashni xatoligini oshiradi.


Kuchli kislotali sharoitda esa HJ hosil bo‘lib, yorug‘lik va O2 ta’sirida parchalanadi

Usulning indikatori. Yodimetriyada indikator sifatida kraxmal qo‘llanadi. Titrlashni oxirgi nuqtasini (TON) aniqlashda 2 xil usuldan foydalaniladi.


1.Indikatorsiz usul- J2 eritmasining ortiqcha tomchisi eritmani to‘q –sariq rangga bo‘yaydi. YOki yod SCl4, SNCl3 ga ekstraksiyalanganda ekstrakt binafsha rangda bo‘ladi.2.Indikatorli usul- 1% kraxmal (maxsus indikator) eritmasi bilan yod ko‘k rang hosil qiladi.

Qo‘llanishi. Usulda qaytaruvchilar, suvni K.Fisher usulida aniqlash hamda farmatsevtik preparatlardan analgin, askorbin kislotasi, penitsillin, formaldegid va boshqa moddalar aniqlanadi. Masalan qoldiqni titrlash usulida formaldegidni aniqlash.


CH2O +I2 + 3NaOH → HCOONa +2NaI + 2H2O


ort
3I2 +6NaOH → NaIO3 +5NaI +3H2Oqold


NaIO3 +5NaI +N2SO4 → 3I2 + Na2SO4 + 3H2O

I2 + 2Na2S2O3 → 2NaI + Na2S4O6


. Texnik natriy nitrit tarkibidagi nitrit miqdorini aniqlash
Kislotali muhitda issiq eritmalarda nitritlar kaliy permanganat ta’sirida nitratlargacha oksidlanadi:
5NaNO2 + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 5NaNO3 + 2MnSO4 + 3H2O + K2SO4
bo’lgani uchun

Natriy nitritning kislotali muhitga keltirilgan eritmasini kaliy permanganat eritmasi bilan sekin titrlanganda, nitritlarni kislotalar ta’sirida oson parchalanishi kuzatiladi. Shu sababli yo’qotishni oldini olish uchun titrlashda Lyunge metodi qo’llaniladi. Bu metodda kaliy permanganatning kislotali eritmasiga byuretkadan tekshiriladigan nitrit eritmasi qo’shiladi.


0,05N eritmadan 250 ml tayyorlash uchun kerak bo’ladigan natriy nitritning aniq tortimi o’lchov kolbasiga solinadi va eritma hajmi kolba belgisigacha yetkaziladi, hosil bo’lgan eritma bilan byuretka to’lg’iziladi. 500 ml hajmli konussimon kolbaga pipetkada aniq o’lchangan kaliy permanganatning ishchi eritmasidan solinib ustiga teng hajmdagi 1:4 nisbatda suyultirilgan sulfat kislota eritmasi qo’shiladi. Bu hosil bo;lgan aralashma hajmini suv qo’shib 250 ml ga yetkaziladi va isitiladi. So’ng natriy nitrit eritmasi bilan bir tomchi ortiqcha qo’shil.1. Analitik kimyo fani va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.


Analitik kimyo fani moddalar va ularning aralashmalarining sifat va miqdoriy tarkibini tekshirish metodlari haqidagi fandir.
Analitik kimyoning vazifasi analiz usullarini ishlab chiqish, ularni amalda qo’llash hamda analitik kimyo metodlarining nazariy asoslarini keng miqyosda o’rganishdan iborat.Analitik kimyo muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Deyarli barcha kimyo qonunlari analitik kimyo metodlari yordamida topiladi. Turli moddalar, ma’danlar, minerallar, oy tuprog’i, uzoq sayyora va boshqa osmoniy jismlarning tarkiblari analitik kimyo metodlari orqali aniqlanadi. Xozirgi zamonning biror bir kimyoviy izlanishini, hoh u yangi modda olish bo’lsin yoki yangi texnologik tizim ishlab chiqilmasin, ishlab chiqarishni jadallashtirish yoki mahsulot sifatini oshirish bo’lmasin,baribir ularni analitik kimyo metodlarisiz amalga oshirib bo’lmaydi.
Download 15.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling