Mavzu : Musiqa tinglash. Musiqa savodi. Bolalar ijodi. Reja
Download 121.5 Kb.
|
Nodira
Mavzu : Musiqa tinglash. Musiqa savodi. Bolalar ijodi. R e j a : 1.Bog`chaning har xil guruhlarida bolalarga musiqiy tarbiya berish xususiyatlari 2.Musiqa darsiga kerakli asbob va uskunalar Kichik yoshdagi bolalarga musiqiy tarbiya berishdagi tarbiyachining asosiy vazifasi-bu bolalarda musiqa tinglashda paydo bo`lgan emotsoinal javob berish, eshitish qobiliyatlarini rivojlantirish, tovushlarning yuqori yoki pastligini ajratish qobiliyatini rivojlantirish bo`lib topiladi. Musika darslarida pedagog bolalarni qo`shiq aytishga o`rgatadi. Bolalarda ritmikani rivojlantirishda tarbiyachi ularni musiqa ostida yurishga oddiy o`yin (tantsa) harakatlarini bajarishga, qo`l shappatlashga va boshqalar o`rgatish. Shuningdek, bolalarni musiqa ostida predmetlar bilan murakkab emas harakatlar ishlashga o`rgatadi. Masalan : bayroqchani yuqori ko`tarish. Musiqa tinglashda o`yinchoq ko`rsatishda keng qo`llaniladi. Bu demak qo`shiqning mazmuniga qarab tanlanib olinadi. Kichik bolalarning musiqiy tarbiyasi faqatgina darslarda emas, kundalik hayotida amalga oshiriladi. O`rta guruhlarda musiqiy tarbiya bo`yicha tarbiyachining vazifasi bolalarni musiqaga tortish, unga degan qiziquvchanligini tarbiyalash. Bolalarning musiqaga degan hislarini boyitish, unga degan javobini shakllantirish kerak. Qo`shiq aytishda bolaning tovushi musiqaga degan qobiliyatini rivojlanadi. Bolalarning musiqaga degan hislarini boyitib, unga degan javobini shakllantirish kerak. Qo`shiq aytishda bolaning tovushi musiqaga degan qobiliyati rivojlanadi. O`yin va tantsalarda harakatlarning tartibliligi shakllanadi. Musiqa darsida bolalarga yaxshi tovush bilan o`zgalarni aniq aytish orqali qo`shiq aytishga o`rgatiladi. Bu bolalar odatda tez o`zlashtira olmaydi. U dastlab so`zlarni aytishi mumkin. Shuningdek bolalarni musiqa xarakterini sezib, uni o`yinlarida berishga o`rgatish kerak. Qo`shiqlar, raqslar (tantsalar), bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab tanlab olinadi. Qo`shiqlar murakkab emas, takrorlanishi naqoratlari bilan bo`lishi kerak. Qo`shiqlarning xarakteri bog`chada o`tkaziladigan ertaklarning mazmuniga karab tanlanib olinadi. Bolalar ayniqsa tabiat, yomg`ir, quyosh, gullar va h. haqidagi qo`shiqlarni qanaotlandirish bilan tinglaydi. Pedagog qo`shiq o`rgatishda dastlab uning mazmunini tushuntirib, so`ng uning bajarilish sifatini nazorat qiladi. Kata guruhlarda musiqiy tarbiya berish asosida tarbiyachining vazifasi musikaga degan qiziquvchanlik uyg`otish, quvonib bilishga o`rgatish, tinglash tilagini uyg`otish. Musiqa yordamida ularda Vatanga, xalqiga muhabbatini uyg`otish kerak. Bolalarni har tomonlama musiqiy tomonidan rivojlantirishda har xil musiqiy faoliyatning turlari qo`llaniladi : 1.Musiqa tinglash 2.Qo`shiq tinglash 3.Musiqiy ritmik harakatlar 4.Bolalarga bag`ishlangan musiqali asboblarda o`ynash Maktab yoshigacha bolalar o`ynash xarakatini o`zlashtirilgan bo`lishi kerak. Bolalar musiqiy tarbiyasi ularning rivojlanishi va o`qitilishi kattalar tomonidan quyidagicha metodlarni qo`llangan sharoitda amalga oshiriladi. 1.Katta odam tomonidan musiqani ta`sirli bajarish 2.Qisqa va obrazli tushuntirishlar 3.Topshiriq 4.Ko`rsatma 5.Badiiy harakatning usulini ko`rsatish Musiqa asboblari haftasiga 2 marta o`tkaziladi. Kata guruhda dars davomiyligi 30-35 minut. Bolalarni musiqiy, estetik tomonidan tarbiyalashni amlaga oshirish uchun musika asbob, qo`llanma o`yinchoqlar kerak bo`ladi. 2.Har xil musiqiy asarlar bilan tushuncha berishga musiqiy mavzuga Yangi o`yin o`ylab topishdan iborat. 3.Musiqiy tarbiya mashg`ulotlarini bog`cha tarbiyasi bilan bog`liq bog`chada o`tkaziladigan har xil rejalarni va tayyorliklarni o`rganilgan kuy va qo`shiqlardan keng turda foydalanish, har xil ertaliklar, kontsertlar tashkil qilish orqali musiqa kundalik hayotimizning ajralmas yo`ldoshi ekanligi haqida bolalarda tushuncha qoldirish, bolalar bog`chasida va maktablarda musiqa bilan shug`ullanishi asosan qo`shiq aytishga, musiqa tinglash, musiqaning ritmiga harakat qilish, bolalarning yoshiga mos tovush diapazoniga loyiq qo`shiqlarni aytish, shuningdek soz asboblarida kuylarni o`rganishdan iborat bo`lganasosiy musiqaning elementlari haqida uslubiy tushunchalar beramiz. Shu sohada aytilgan barcha qoidalar bolalar bog`chasidagi musiqiy tarbiyaning vazifalarini aniqlab berishga imkon tug`diradi, bu qoidalar bolaning shaxsining har tomonlama tarbiyalashning umumiy maqsadiga bo`ysundirilib, musiqiy san`atning farqi bilan maktab yoshigacha bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olib ishlanadi: 1.Musiqani sevishni va qiziquvchanlikni tarbiyalash Bu vazifa bolaning eshitgan asarlarining mazmunini chuqurroq sezib, tushunishga yordamlashadigan musiqiy idrok qilishni, musiqani esda saqlash qobiliyatini rivojlantirish yo`li bilan echiladi. Musiqaning tarbiyaviy ta`siri amalga oshiriladi. 2.Bolalarni har xil musiqiy asarlar bilan tanishtirib, ularning musiqiy tasavvurlarini boyitish kerak. 3.Bolalarni musikaning eng oddiy tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa tinglash, qo`shiq aytish, musiqiy navo harakat bolalarning musiqiy asboblarida o`ynash sohasidagi qobiliyatini rivojlantirish kerak. 4.Emotsoinal ta`sir olish sensor qobiliyatlari bilan lad baland tovushlarni ajrata bilishni, navo tovushini takomillashtirib, qo`shiqchilik tovush bilan harakatlarini rivojlantirish kerak. 5.Qo`shiq aytishning oddiy turiga va qiymil harakatlariga o`rgatish, bu ishda musiqiy asarlarning tabiiy va ta`sirli bajarilishini nazorat qilish kerak. 6.Olgan ta`sirlari bilan musiqa xaqidagi tushunchalari asosida musiqiy didini paydo bo`lgan bolalarning dastlabki ko`rinishiga yordamlashish kerak, u uchun eng avval ularning musiqiy asarlarini tinglashga, so`ng kuzata bilishga yordamlashgan to`g`ri. 7.Musiqaning bolalarga tushunarli barcha tushunchalarida o`yinlar bilan xorovodlarda xarakterli obrazlarni berishda, o`rgangan o`yin harakatlarini o`zlari topgan yangi uylesimlardan foydalanishda, esdan chiqargan qo`shiqlarni aytishda ijodiy chaqqonlikni rivojlantira berish kerak. Shunda har tomonlama o`rgangan repertuarni kundalik hayotda qo`llanishga degan intsiativa paydo bo`ladi, musiqiy asboblarda o`ynashga, qo`shiq aytishga degan xushtorlik shakllanadi. Musiqa tinglash badiiy ta’limning muhim vositalaridan biri bo‘lib, u darsning barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Tinglash bolalarda hayotni, borliqni anglash va bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bunda musiqa tili, ifoda vositalari, janr va shakllarini o‘rganish muhimdir. U musiqani badiiy-g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri idrok etib, estetik zavqlanishga imkon beradi. Tinglash qoidalari sinfda jimlikni ta’minlab, o‘quvchilarni musiqani diqqat-e’tibor bilan eshitishga o‘rgatib, onglilik va faollikni rivojlantiradi hamda musiqa madaniyatini shakllantiradi. Darslar davomida har bir musiqiy asarda muayyan voqelik, his-tuyg‘u va mazmun bo‘lishi haqida o‘quvchilarga dunyoqarashiga mos tarzda tushuntiriladi. Shu orqali bolalarda musiqiy taassurot va tinglash ko‘nikmasi shakllanadi. Tinglash faoliyatini butun dars davomida olib borish o‘quvchining asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishiga yordam beradi, tinglash madaniyatini shakllantiradi. O‘quvchilarning faolligini oshirish va tinglash malakasini shakllantirish uchun “Topqirlik” mashqidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avvalgi darslarda tinglangan kuy-qo‘shiqlar karnaycha- (katak, tasvirlar)lar ostiga joylashtiriladi. Bolalar istalgan karnaychani tanlab, undan yangragan ohangning nomi va muallifini aytishadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni diqqatni tezkor jamlashga o‘rgatib, xotirasini mustahkamlaydi. Tinglanadigan musiqiy asar tuzilishi, badiiy-g‘oyaviy mazmuni jihatidan o‘quvchilarning yosh xususiyati va o‘quv dasturiga mos bo‘lishi, yangrash vaqti 1-1,5 daqiqadan oshmasligi lozim. Tinglash jarayonini quyidagicha amalga oshirish mumkin: 1) Bolalar diqqatini jamlash. Asar haqida o‘qituvchining kirish so‘zi; 2) O‘qituvchi ijrosidagi yoki CD formatdagi asarni tinglash; 3) Asarni suhbat orqali musiqiy, badiiy-g‘oyaviy jihatdan tahlil qilish; 4) Asarni yaxlit qayta tinglagach, o‘quvchilarning taassurotlarini eshitish. Tinglanadigan asarlardan parchalar (mashq-qo‘shiqlar) kuylash, chapak va cholg‘u asboblarini chalib, ularga ritmik jo‘r bo‘lish va musiqaga mos harakatlar bajarish chog‘ida bilim va malaka takomillashib, mustahkamlanadi. Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarga eng tushunarli va sevimli bo‘lgan faoliyat turi jamoa bo‘lib kuylashdir. U musiqa san’ati janrlari orasida ommaviyligi bilan ajralib turadi. O‘quvchilarning musiqiy didi va estetik qarashlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘z va musiqadagi tuyg‘uni jamoa bo‘lib ijro etish o‘quvchilarni jipslashtiradi. Jamoa bo‘lib kuylashda o‘quvchilarning ovozini zo‘riqtirmaslik, ovoz sifatlari(tembr, diapazon)ni o‘stirish va rivojlantirish maqsadida kuylashdan oldin, albatta, barcha sinflarda ovoz sozlash mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Bunday mashqlarni prima, tersiya va kvinta oralig‘ida bajarish, o‘quvchilarning ovozini 0,5 tondan ikkinchi oktava - mi tovushigacha ko‘tarish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinflar uchun o‘yin tarzida chapak chalib ovoz sozlash mashqlarini o‘tkazish yaxshi natija beradi. Milliy ohanglarimizdan tuzilgan ovoz sozlash mashqlarining ham foydasi katta. Mashqlarni guruhlarda bajarish o‘quvchilarni o‘zaro hamjihatlikka va hamkorlikka o‘rgatadi. Ovoz sozlash mashqi uchun quyidagi kuydan foydalanish mumkin: Bolalarning ovoz boylamlari kattalarnikidan ancha farq qilib, baland pardalarda jarangdor yangraydi. Ularning ovozi o‘z navbatida soprano yoki diskant (o‘g‘il bolalardagi eng baland ovoz) va alt ga bo‘linadi. Soprano yoki diskant deb bolalarning yuqori ovoziga aytiladi. Bunday ovoz yengil, o‘zgaruvchan, yumshoq yangragani sababli qo‘shiqlarda asosiy kuy yo‘lini ta’sirchan ijro etadi. Uning diapazoni birinchi oktava -do dan ikkinchi oktava —sol gacha bo‘lgan oraliqni egallaydi. Alt esa pastroq ovoz bo‘lib, birmuncha yo‘g‘on va kuchli tembrga yaqinligi bilan ajralib turadi. Diapazoni kichik oktava -sol dan ikkinchi oktava —re gacha bo‘ladi. Jamoaviy kuylash vokal-xor ijrochilik mahorati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, hamohanglik, so‘z, talaffuz, musiqiy badiiy vositalar, nafas olish, tovush hosil qilish va uni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonda o‘quvchilarda gavdani to‘g‘ri tutish, yuz, bo‘yin, yelka mushaklarini erkin qo‘yib, kuylayotgan paytda halqum va pastki jag‘ tomoqni siqmasligi, boshni erkin tutishni nazorat qilib borish va shu tarzda kuylash malakasini shakllantirish tavsiya etiladi. Jamoa bo‘lib kuylashda legato, ya’ni ohangning bir tekis bog‘lanishi; non legato — bog‘lamasdan alohida ijro etish (tovushlar orasida nafasni ushlash); stakkato — tovushlarni uzib, qisqa ijro etish (tovushlar orasida nafas olmaslik) kabi ijro uslublaridan keng foydalanish o‘quvchilarning ijro mahorati va zehnini o‘stiradi. Musiqa savodi faoliyat turida mavzu asosida bilim berish bilan birga, nota daftarlariga turli mashqlar bajartirish tavsiya etiladi. O‘quvchilar topshiriqlarni nota daftarlarida bajarib, notalar va ularning cho‘zimi, yozilishi kabilar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi. Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir. Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra Musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika Musiqaning „botiniy“ tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir. Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, Musiqa ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan Musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida Musiqa fakat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, Musiqa tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan Musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsada Musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari Musiqa madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik Musiqada (ayniqsa, 20- a.da rivoj toptan yoʻnalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng oʻrin olgan Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi. Turli xalqlar Musiqa madaniyati va anʼanalarida Musiqaning barkaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Masalan, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi Musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga Musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan nota yozuvi mu-him oʻrin tutadi. Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun Musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mussha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi Musiqaturlariga birlashadi. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling