Mavzu : Mustaqil O`zbekiston ijro etuvchi xokimiyat organining vujudga kelishi va rivojlanishi Reja
Download 20.03 Kb.
|
16 ijro etuvchi xikomiyat organining vujudga kelishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijro etuvchi hokimiyat
Mavzu : Mustaqil O`zbekiston ijro etuvchi xokimiyat organining vujudga kelishi va rivojlanishi Reja: 1. Mustaqil O`zbekiston ijro etuvchi xokimiyat organining vujudga kelishi 2. Ijro etuvchi hokimiyat organi 3. Foydalanadigan adabiyotlar Ijro etuvchi hokimiyat Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshligʻi (prezidenta) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. I. e. h. mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi. OʻzRda hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi. U iqtiso-diyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni taʼminlaydi. Mahalliy I. e. h. organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I. e. H. ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi (yana qarang Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasi, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari). Ijro etuvchi hokimiyatni Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Bosh vazir nomzodi parlamentda ko‘pchilikni tashkil etgan siyosiy partiya yoki Qonunchilik palatasida teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy koalitsiya tomonidan ko‘rsatiladi. Vazirlar Mahkamasi – davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari ijrosini ta’minlashni amalga oshiradi; butun mamlakat hududida bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasi mamlakatning yangi saylangan parlamenti oldidagi vakolatlarini tark etadi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning faoliyati samaradorligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakili bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Download 20.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling