Mavzu : O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro muloqoti Mundarija


Download 131.5 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi131.5 Kb.
#207563
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 - mavzu




Mavzu : O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro muloqoti

Mundarija:

Kirish……………………………………………………………………………... 3

1-§ Darsda va darsdan tashqari vaqtda o'qituvchining muloqoti…………….. 6

2-§ Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi muloqotini tashkil etish ………….. 11

3-§ O'qituvchining boshqarish usullari…………………………………………15

4-§ O’qituvchining o’quvchilar bilan muomala odobi…………………………20

Xulosa……………………………………………………………………………25

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………26



Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol, intelektual salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog’liq. Ana shunday muhim vazifani amalga oshirish uchun o’z Vataniga, xalqiga, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, erkin va mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni shakllantirish davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biridir.

Bu borada “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “ Kadrlar tayyorlash milliy dastur” larida ta’lim tarbiya tizimini tubdan isloh etish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalardan biri ekanligini ko’rsatmoqda.

Ma’lumki “XXI asr – intelektual asr” deb nomlanadi. Bu borada jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch moddiy – maxsulot emas, balki axborotni ishlab chiqish va ulardan rejalashtirilgan maqsadlarda samarali foydalanishdir. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarsi va hattoki qadriyatlar tizimi ham o’zgaradi. Shuningdek unda intellekt, bilimlar ishlab chiqiladi va iste’mol etiladi. Bu hol esa aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi.

Yuksak malakali ilmiy salohiyatga mutahassis kadrlarni tayyorlash mustaqillik yo’lidan borayotgan respublikamiz rivijlanishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish va takomillashtirishdan to’la manfaatdordir.

O’zbekiston Respublikasining saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 – yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasida ta’lim va tarbiya sohasida quyidagilarga e’tibor qilindi: “ Biz ta’lim va tarbiya tizimi” ning barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida, yangi- yangi buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz xavf – xatarlarga ham duchor qilmoqda . G’arazli kuchlar sodda, g’or bolalarni o’z ota – onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularni hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda.

Farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb – hunarlarni, horijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog’lom va barkamol bo’lib, hayotda munosib o’rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Yuqoridagi fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda ta’limning samaradorligini oshirish shaxs ta’lim markazida bo’lishini va yoshlarni mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarida yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallagandan tashqari, zamonaviy pedagogik texnologoyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o’qituvchilarni tayyorlash muhim amaliy ahamiyatga egadir.

O’qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa ushbu muammoga mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri ─ millat tilidir. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o’z ona tiliga nisbatan mehr─muxabbat tuyg’ularini shakllantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida o’qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida e’tibor kasb etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida so’zlagan nutqida ta’kidlaydiki, “O’z fikrini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbarlik kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”.


Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling