O‘simliklar o‘zlashtiradigan oziq elementlar shakllari va tuzlarning fiziologik reaksiyasi Tuproqda bo‘ladigan doimiy biologik, fizikaviy, kimyoviy va fizik - kimyoviy jarayonlar ta’sirida undagi murakkab minerallar va organik moddalar oddiy birikmalargacha parchalanadi. Hosil bo‘lgan parchalanish mahsulotlari o‘simliklar uchun asosiy oziqa manbai bo‘lib hisoblanadi. Lekin, ushbu moddalarning bir qismi gaz holida yoki yuvilib ketishi natijasida yo‘qoladi. Ma’lumki o‘simliklar asosiy oziq elementlarini ion holida (anion va kation) ildiz sistemasi orqali o‘zlashtiradi. Shuningdek, o‘simliklar oziqlanishi uchun ma’lum miqdorda aminokislotalar, qand, qandfosfatlarva boshqa organik birikmalar hamzarurdir. O‘simlik tarkibiga o‘tgan aminokislotalar dezaminlanib undan ajralib chiqqan ammiak sintetik jarayonlarda foydalaniladi. Ammo, o‘simlik asosan NO3 - anioni va NH4 + kationi holida o‘tadi. Ushbu ionlar tuproqdagi organik moddalarni mikroorganizmlar ta’sirida ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlari ta’sirida doimiy ravishda hosil bo‘lib turadi. O‘simlikka nitrat shaklida o‘tgan azot bir guruh fermentlar ta’sirida ammiakkacha qayta tiklanadi. Ammiak shaklidagi azot esa karbonil ketokislotani kislorod atomini o‘rnini almashtirib to‘g‘ridan to‘g‘ri aminokislota hosil qiladi: ketikislota, aminokislota
Do'stlaringiz bilan baham: |