Mavzu : Overley koordinata o’zgartirgichlardan foydalanish-uvw map I unwrap uvw uvw reja : Overley koordinata o’zgartirgichlar
Download 0.81 Mb.
|
Overley koordinata o\'zgartirgichlaridan foydalanish
Mavzu : Overley koordinata o’zgartirgichlardan foydalanish-UVW Map I Unwrap UVW UVWReja :1.Overley koordinata o’zgartirgichlar2. UVW Map I Unwrap UVW UVW haqida va undan foydalanishObyektga materialni o‘zlashtirish jarayoni, Assign Material to Selection (Obyektga materialni qo‘llash) tugmasi bosilganda dastur avtomatik tarzda obyektni UVW koordinatalar sistemasida aks ettirishidan iborat bo‘ladi. UVW xarita koordinatalari (map coordinates) obyektga xaritaning joylashuvini xarakterlaydi: U –gorizontal joylashuv; V – vertikal joylashuv; W – chuqurlik.Ko‘pincha dastur buni noto‘g‘ri bajaradi, shuning uchun obyektga xaritani qo‘lda joylashtirishga to‘g‘ri keladi.5.84-rasmda “Silindr” obyektiga Bricks_Yellow materialini avtomatik joylashtirish natijasi ko‘rsatilgan. Bunda silindr asosi tekstura bilan qoplangan, yon tomondagi tekstura g‘ishtlari cho‘zilgan. Aksariyat hollarda dastur, koordinatalarni to‘g‘rilash kerak aks holda vizuallashtirish natijasi noto‘g‘ri bo‘ladi degan so‘rovni chiqaradi.5.84-rasm3D Studio Max dasturida obyektlarni xaritani to‘g‘ri joylashtirish uchun ikkita modifikator mavjud: UVW Map (UVW xarita) va Unwrap UVW (UVW yoyilgan holat).UVW Map (UVW xarita) modifikatori obyektning alohida tomonlariga xaritalar joylashtirilishini boshqarish imkonini beradi va quyidagi opsiyalarga ega: 1. Mapping (Xaritalarni qoplash) qism menyusida xaritalarning qoplanishi shakllarni o‘zgartirish va cheklovchi konteynerlarni joylashtirish (Gismo) orqali boshqariladi: Planar (tekislik), Cylindrical (Gismo silindr shakli), Spherical (Gismo shar shakli), Shrink Wrap (Qobiq), Box (Quti), Face (Yoq), XYZ to UVW (Koordinatalarni bir-birini ustiga yotqizish) (5.85-rasm). Length (Uzunlik), Width (Kenglik), Height (Balandlik) parametrlari Gismo geometrik o‘lchamlarni boshqaradi. U Tile, V Tile, W Tile parametrlari yordamida obyektga turli o‘qlar bo‘yicha takrorlash belgilanadi2. Alignment (Tekislash) qism menyusi tanlangan buyruqlarga bog‘liq ravishda cheklovchi konteynerni (Gismo) tekislash uchun mo‘ljallangan: X, Y, Z – tegishli o‘qlar bo‘yicha Gismo burish; Fit (Olib kelish) – obyekt atrofiga Gismo o‘lchamlari olib kelinadi; Center (Markaz) – obyektga nisbatan Gismo markaziy joylashuvi. 5.85-rasm. Cheklovchi konteyner (Gismo) shakllarining turlari: 1. Planar (tekislik); 2. Cylindrical (Gismo silindr shakli); 3. Spherical (Gismo shar shakli); 4. Shrink Wrap (Qobiq); 5. Box (Quti); 6. Face (Yoq); 7. XYZ to UVW (Koordinatalarni bir-birini ustiga yotqizish).5.85-rasmMurakkab geometrik obyektlarga (modellashtirilgan qahramonlar, hayvonlar va b.) xarita qoplash kerak bo‘lgan vaziyatlarda Unwrap UVW (UVW moslashgan holat) modifikatori ishlatiladi.Uning imkoniyatlari UVW Map (UVW xarita) modifikatoriga nisbatan kengroq va obyektning turli sohalarida xaritani joylashtirishni qo‘lda boshqarish imkonini beradi. Unwrap UVW modifikatori uchta quyi obyektlardan tarkib topgan: Vertex (Uch), Edge (Qirra) va Face (Yoq). Tegishli quyi obyektni tanlab olib xaritaning joylashgan o‘rnini nazorat qilish, moslashgan holatni tahrirlash oynasida obyektning tanlangan tarkibiy qismlarini qo‘chirib o‘tish mumkin (5.83-rasm). Mazkur modifikator tarkibida uchta bo‘lma mavjud: Selection Parameters (Belgilash parametrlari), Parameters (Moslashtirish parametrlari) va Map Parameters (Xaritalarni taqsimlash parametrlari). Parameters (Moslashish parametrlari) bo‘lmasida Edit…(Tahrirlash) tugmasi moslashishlarni tahrirlash oynasini ochadi va uning tarkibida quyidagi buyruqlar mavjud (5.86-rasm):1. Belgilangan sohani tahrirlash tugmasi o‘zida tanlangan obyektni ko‘chirish, burish, masshtablashtirish va akslantirish buyruqlarini qamrab oladi. 2. Orqa fon xaritasini tanlash Checker (Shaymat maydoni) parametridan foydalanib xaritani tahrirlash yoki Pick Texture (Teksturani tanlash) buyrug‘i yordamida obyekt teksturasi fonini tayyorlash imkonini beradi.1. Belgilangan sohani tahrirlash tugmasi o‘zida tanlangan obyektni ko‘chirish, burish, masshtablashtirish va akslantirish buyruqlarini qamrab oladi. 2. Orqa fon xaritasini tanlash Checker (Shaymat maydoni) parametridan foydalanib xaritani tahrirlash yoki Pick Texture (Teksturani tanlash) buyrug‘i yordamida obyekt teksturasi fonini tayyorlash imkonini beradi.3. Moslashtirish oynasida obyektni joylashtirish tugmasi proeksiya oynalari uchun obyektlarni joylashtirish tugmasiga o‘xshash. 4. Selection Modes (Tanlash turlari) qism menyusi turli quyi obyektlarni tanlash imkonini beradi. Reset UVWs (Chiqarish) buyrug‘i barcha o‘zgarishlarni bekor qilib dastlabki moslashish holatiga qaytish imkonini beradi. Moslashish oynasidagi Mapping bandida joylashgan tushuvchi menyu tahrirlanadigan yuzaga obyektni uch xil usul bilan avtomatik bo‘lish imkonini beradi: Flatten (Tekis), Normal (Odatda,gicha) va Unfold Mapping (Kengaytirilgan).Mustahkamlash uchun savollar : 1. Materiallarni qanday ko‘rinishlarga ajratish mumkin? 2. Material yaratishda nimalarni hisobga olish kerak bo‘ladi? 3. Materiallarni tahrirlash oynasi qanday qismlardan tarkib topadi? 4. 3D Studio Max dasturida materiallarning standart kutubxonasi qaerda joylashadi? 5. 3D Studio Max dasturida kutubxonalar qanday kengaytmaga ega bo‘ladiDownload 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling