Mavzu : pulning mohiyati va nomoyon


Download 491.02 Kb.
bet4/18
Sana08.01.2022
Hajmi491.02 Kb.
#254734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 5438406994580996967

Ayirboshlash- bu kishilarning istak – xoxishlari va extiyojlari maxsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib , buning natijasida , tomonlar extiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan vos kechib , zarur bo’lgan narsaning o’rniga berishdir . Ayirboshlash kishining extiyoji bo’lgan buyumga ega bo’lish imkoniyatini beradigan jarayondir . Demak ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o’rtasidagi o’zaro kelishuv natijasida sodir bo’lgan jarayon bo’lib , “A” o’ziga tegishli tovar yoki xizmatni “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir . Modomiki ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga xam iqtisodiy jixatdan foydali bo’lib “A” tomon vos kechgan tovar yoki mahsulot o’rniga o’zi uchun zarur bo’lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.

Shuningdek natura ho’jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakillanishiga olib kelgan . Vaqt o’tishi bilan odamlar o’rtasida maxsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro’y bera boshlagan. Xususan pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi , keyinchalik hunarmandchilikning shakillanishi juda muhum ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda odamlar o’rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi . O’sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashtirishga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkun:

- ishlab chiqarishning natural xo’jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish shakliga o’tishi;

- ishlab chiqaruvchi subektlarning bir- biriga o’zaro bo’liqligining vujudga kelishi ;

- ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’mnlanganligidir.

           Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga  va iste`mol qiymatga ega bo`lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar.

         Pulning iste`mol qiymati shuki u o`z funksiyasini   bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy , eng tushunarli bo`lib hisoblanadi.

         Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog`liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo`lib kelgan  va shunday bo`lib qoladi.

         Taniqli davlat arboblaridan biri ta`kidlaganidek, «Davlatni o`rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qo`shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqeyi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi.

Umumiy ekvivalent ro’lini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsada, tovar xo’jaligining va pul muomalasinig rivojlanishi qog’oz pullar, boshqa kredit vositalri, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining bankda bir schyotidan ikkinchi schyotiga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga olib kelgan . Pul qanday shakilda bo’lishidan qat’iy nazar - u pul bo’lib qoladi .

Pul to’g’risida evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi . Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kotegoriya sifatida mohiyati va zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingiliz iqtisodchi U.djevons iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan . Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o'tishgan . 50 -yillardagi darslikning avtori pulning mohiyatidan ko'ra uni iqtisodga , ishlab chiqarish va bandlik , moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta'sirini organish muhimroqdir deb ta'kidlashgan va ko'p chet el olimlari shu yo'nalishda ish olib borishgan . Hozirgi vaqtda pul to'risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko'rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo'lishi mumkun.

Yuqorida bayon etilganlardan ko'rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o'zlarining yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish maqsadidan yiroqmiz.

Haqiqatda ham bozor iqtisodiga o'tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan ko'ra , pulning iqtisodga , ishlab chiqarishga , bandlikka ta'sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o'ylaymiz .1



Download 491.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling