3-Go‘sht yo‘nalishidagi sigirlarni baholash
.Bu yo’nalishda sigirlar asosan podani to’ldirish belgilari asosida baholanadi. Sigirlarni baholashda ularning tana tuzilishi, yo’nalishga mosligi, umumiy rivojlanishi, tanasining mutanosibligi va go’shtdorlik sifatlari inobatga olinadi.
Go’shtdor sigirlar buzoqlarning jadal o’sishi bilan ham baholanadi. Buzoqlarning jadal o’sishi ularning vazni tez ortishi va jinsiy balog’at yoshiga yetishi bilan baholanadi. Buzoqlar vaznini baholashda go’shtdor qoramollarni bonitirovka qilish instruksiyasi talablaridan foydalanish mumkin.
Go’shtdor sigirlarni baholashda ularning sutdorligiga alohida e’tibor beriladi. Ularning sutdorligi bilan buzoqlarning jadal o’sishi o’rtasida ijobiy bog’lanish
borligini unutmaslik kerak, chunki bu sigirlar sutining to’liq buzoqlari emadi.
Sigirlar sut mahsuldorligi naslchilik xo’jaliklarida buzoqlarning 6 oyligidagi vazni,
oddiy xo’jaliklarda esa 8 oylikdagi tirik vazni bilan baholanadi. Go’shtdor sigirlarni baholashda yilida bitta buzoq olish, transplantasiya usulini qo’llaganda 2 va undan ko’prok buzoq olish asosiy mezon bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |