Mavzu : Quritish jarayoni va quritish kamerasi xisobi


Chuqurlik kamerasining bug`lash rejimi


Download 118.1 Kb.
bet3/8
Sana16.04.2023
Hajmi118.1 Kb.
#1361477
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Quritish jarayoni va quritish kamerasi xisobi

Chuqurlik kamerasining bug`lash rejimi.
Beton va temirbeton buyumlarning qotish jarayonini tezlatish maqsadida issiqliq bilan qotirish usuli qo`llaniladi. Buyumlarni isitish asosan quyidagi usullarda amalga oshiriladi: me`yoriy muhit bosimida va 1000 S gacha issiq bug` bilan: 0,9÷1,3 MPa bosimida va 175÷1910S issiqlikda avtoklavlarda bug` bilan; elektr toki yordamida isitish va boshqa usullarda. Bunda asosan uzlukli va uzluksiz (tinimsiz) ishlaydigan agregatlar qo`llaniladi.
Uzlukli (siklli) ishlaydigan agregatlarga chuqurlik bug` kamerasi (asosan agregat-potok usuli uchun), kassetali ustanovkalar va issiqliq qoliplari (asosan stend usuli uchun) kiradi. Ba`zi hollarda agregat potok va konveyr usullari uchun siklli ishlaydigan bir tomoni berk tunnel shaklidagi bug` kameralari ham qo`llaniladi.
Uzluksiz (tinimsiz) ishlaydigan agregatlarga tirqishli, ko`pyarusli tunnel shaklidagi kameralar, tik bug` kameralari, shuningdek bir va ikki yarusli kameralar kiradi.
Korxonalarda buyumlarni issiqliq bilan qotirish jarayoni 2,5 soatdan 24 soatgacha davom ettiriladi. Ko`p hollarda uning davom etish vaqti asosan 8÷14 soatga tengdir. Temirbeton buyumlarni issiqliq bilan qotirish betonning talab qilinadigan mustahkamligiga erishguncha davom ettiriladi. Ya`ni betonning mustahkamligi uning 28 kunlik mustahkamligiga yaqin bo`lishi kerak (betonning loyihaviy mustahkamligiga).
Bug`lash sikli 4 etapga bo`linadi: oldindan ushlab turish (buyum qoliplanib va zichlashtirilib bo`lingach kameraga o`rnatilib, issiqlik ko`tariladigan paytgacha bo`lgan vaqt), bu sikl 1÷2 soatdan 4÷6 soatgacha davom etadi; kamera issiqligini ko`tarish o`rtacha 2÷5 soat davom etadi (bunda issiqlikni ko`tarish tezligi vaqt bo`yicha siklli bajariladi); talab qilingan issiqlikda ushlab turish o`rtacha 4...8 soat davom etadi (bu asosan betonning kerakli mustahkamlikka erishishiga, S/S nisbatga bog`liq bo`ladi); sovutish–ya`ni kameraning issiqligini tushirish, o`rtacha 1...4 s davom etadi (bunda buyum loyihada ko`rsatilgan miqdorigacha sovutiladi).Issiqlik-namlik bilan ishlov berish usullari bug`lash jarayonining ba`zi bosqichlaring uzunligi va izotermik qizitish harorati bilan harakterlanadi. Betonga issiqlik-namlik bilan ishlov berish uning qurilish texnik hususiyatlari, sement va issiqlik quvvati sarfi bilan bevosita bog`liqdir.Umumiy bug`lash sikli 4 davga bo`linadi; dastlabki bosqich–buyumga shakl berilgandan boshlab kameradagi harorat osha boshlagan vaqtga qadar; kameradagi harorat oshgan vaqt; izotermik qizitish–belgilangan eng yuqori haroratda ushlab turiladigan vaqt; sovitish davri–kameradagi haroratning pasayish vaqti. Qotish rejimi alohida davlarning umumuy soatdagi miqdorini bildiradi. Bug`lash rejimi ma`lum cheklovlardan kelib chiqqan holda talab etiladigan kriteriyaga qarab belgilanadi. Bunday kriteriya harajatlarning kam bo`lishi, mahsulot tannarxini kamaytirish, sement sarfining kam bo`lishi va hokaza bo`lishi mumkin. Bug`lash vaqtida keltirilgan harajatlarning eng kam miqdoriga bug`lash boshlangandan so`ng taxminan 6-8 soatdan so`ng erishiladi. Biroq bunda sement sarfi oshadi.Chuqurlik kamerasida issiqlik ishlov berishdan oldinbuyumni ma`lum vaqt davomida ushlab turish betonga issiqlikni qabul qilish imkonini beradigan zarur strukturani hosil qiladi.Dastlabki ushlab turish vaqtining qancha bo`lishi betonni dastlabki qotish tezligiga ta`sir qiluvchi barcha omillarga bog`liq bo`ladi. Betoning dastlabki qotish tempi qancha yuqori bo`lsa, dastlabki ushlab turish vaqti ham shunchalik kam bo`lishi mumkin.Bu vaqt 1-2 soatdan 4-8 soatgacha bo`ladi. Qotishni tezlashtiruvchilar qo`shilganda dastlabki ushlab turish vaqtini ham kamaytirish mumkin.

Download 118.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling