Mavzu : Quritish jarayoni va quritish kamerasi xisobi
Download 118.1 Kb.
|
Mavzu Quritish jarayoni va quritish kamerasi xisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stakanning umumiy
KONSTRUKTIV HISOB KITOB.
Mahsuldorlik – 28ming m yiliga Issiqlik ishlov berish rejimi 2+2+5+2; Odatda chuqurlik kameralarini ikkita, to`rtta va undan ko`p buyumlar bilan loyIhalash mumkin. Biroq kamera maydoni shunday tanlanishi kerakki, mavjud kranning yuk ko`tarish qobiliyati kamera qopqog`ini ko`tarish uchun yetarli bo`lishi kerak. Ko`pincha kameraning uzunligi va eni unda ikkita shtabelda qolip va buyumlarning joylashuvidan kelib chiqib aniqlanadi. Topshiriq boyicha buyum nomi Stakanning umumiy o’lchamlari 6500x1800x3000mm .Kamera uzunligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: Bu yerda: L – qolip va buyum bilan birgalikdagi uzunligi,m n – uzunlik bo`yicha qoliplar soni,dona(Lϕ˃4m,n=1); a≈0.1 – 0.2 m –qoliplar orasi,kamera devori va qolip orasidagi masofa. Kamera eniquyidagi formula orqali aniqlanadi: Bu yerda: – qolipdagi buyumning eni,m n1– kameraning eni bo`ylab joylashtirilagan qoliplar soni, dona (Bϕ˃4m,n=1); ≈0.1 – 0.2 m –qoliplar orasi, kamera devori va qolip orasidagi masofa Kamera chuqurligiquyidagi formula orqali aniqlanadi: Bu yerda: – qolipdagi bitta buyumning eni balandligi(qalinligi),m n2 – kameraning balandligi bo`ylab qoliplardagi buyumlarning soni,dona (har bir holat uchun individual tanlanadi, ko`pincha to`rttadan ko`p buyumlar olinadi) (Lϕ˃4m,n=1); – qoliplar o`rtasidagi vertikal bo`yicha masofa(qoliplar orasidagi prokladkalar balandligi), ≈0.1 – 0.03m; - ostki qolip va kamera tagi orasidagi masofa,0.15 – 0.2m; - yuqori qolp va kamera qopqog’i orasidagi masofa, 0.05 – 0.10m; Kameraning foydali hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi: V =n · V =8*0.52=4.16m Bu yerda:n - issiqlik ishlov beruvchi kameradagi buyumlar soni (mahsuldorlik orqali topiladi 5 ga teng); V - bitta buyumning hajmi, m (0.52 m ); Kameraning foydali ish koeffitsienti; V = · · =3.4*2.8*2.08=19.8. m ; Kamera hajmidan foydalanish koeffitsenti K quyidagi formuladan aniqlanadi: K =V / V =Кv= = =0.21 Uskunaning texnik hisobi. Uskunaning mahsuldorligi uning ishlash sikli va ish qaytarilishining davomiyligi bilan aniqlanadi. Uskunaning ishlash siklining davomiyligi - T quyidagi formuladan topiladi: T =τ + τ + τ + τ + τ + τ =2.1+2+2+5+2+2.1=15.2 Bu yerda: τ - issiqlik uskunasining ishga tushurish vaqti,soat; τ - issiqlik ishlov berishda buyumni dastlabki ushlab turish vaqti,soat; τ - buyumni qizdirish vaqti,soat; τ - izotermik qizdirish vaqti,soat; τ - buyumni sovutish vaqti,soat; τ - buyumni uskunadan olish vaqti,soat; Chuqurlik issiqlik namlik ishlov berish kamerasi uchun uni to`ldirish vaqti quyidagi ifodadan aniqlanadi: τ = T ·V =0.41·4.16=1.7 Bu yerda: T - bitta buyumni quyish sikli,dona (25 min); V - uskunaning foydali hajmi,dona; Chuqurlik kamerasining to`dirish vaqti bitta buyum uchun 3-4 minut va qopqog`ini o`rnatish 2–3 minut qabul qilinadi. Buyumni kameraga ortish vaqti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: τ = V =2.1 Kameralarning aylanish koeffitsienti K –1 sutka uchun quyidagi shart bo`yicha aniqlanadi: K = (24 · / =(24·0.9)/15.2=1.42 Bu yerda: 24 – vaqtning sutkadagi zahirasi,soat; K - kamerada foydalanish koeffitsienti 1-smena uchun K = 0.9 ga teng; Bitta uskunaning yillik mahsuldorligi - П quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: П = K ·φ ·V ·K =1.5*231*4.16*0.9=1297.3 Bu yerda: φ - ishchi vaqti yillik zahirasi sutkada quyidagi formuladan aniqlanadi: φ =365-(D + D + D )=365-(103+7+24)=231 Bu yerda: D - 1 yilda dam olish kunlari soni (korxonaning 5,6 yoki 7 ishchi kunidan iborat haftalik rejimi bo`yicha ifodalanadi); D - yilda bayram kunlari soni – 7 kun; D - kapital ta`mirlash uchun sarflanadigan kunlar soni,10 – 24 kun; K - ishlab chiqarishda uzilishlarni inobatga olish koeffitsienti, K =0.95; Kurs loyihasida berilgan aniq topshirishga k`ra butun korxona yoki issiqlik ishlab berish bo`limiga umumiy ishlab chiqarishga ko`ra uskunalar soni – N aniqlanadi.Buning uchun quyidagi ifoda qo`llaniladi: N= П / П =28000/1297.3=215.58 ta Bu yerda: П - topshiriq bo`yicha issiqlik uskunalarining yillik mahsuldorligi,dona buyum yoki 1 m beton. Ba`zan o`qituvchi bilan kelishib N o`rniga П va П (uskuna o`lchamlarini inobatga olib) ishlatiladi. Download 118.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling