Mavzu : Rasmiy uslub Reja


Download 35.72 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi35.72 Kb.
#1794103
Bog'liq
Rasmiy uslub



Mavzu : Rasmiy uslub
Reja:

  1. Rasmiy uslub haqida ma'lumot.

  2. Rasmiy uslubning turlari.

  3. Rasmiy uslubning nutqiy qurilmalari.

  4. Rasmiy uslubda ishlatiladigan so‘z va turg‘un birikmalar.

  5. Rasmiy uslubning grammatik xususiyati.

  6. Xulosa

Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, aktlar, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e'lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta'minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda; shunga ko‘ra; ma'lum qilamizki; ...ni e'tiborga olib; ...ga ko‘ra; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma'noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasligini, fe'lning majhullik va buyruq-istak formalarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.


Rasmiy uslub o‘z oldiga biror narsani isbotlash, tahlil qilish vazifasini qo‘ymaydi, undan voqealar, faktlarni isbotlash talab etilmaydi, balki voqea va faktlarni belgilash, tasdiqlash kabi vazifalarni bajarish ushbu uslubning muhim xususiyatlaridan biridir. Shunga ko‘ra rasmiy uslub axborot berish vazifasini, shuningdek, buyruq, qarorlar shaklida buyurish vazifalarini bajaradi. Masalan, O‘zbekiston Oliy kengashi qaror qiladi: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul kilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – O‘zbekiston Respublikasinnng Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilinsin. Rasmiy uslubning lug‘aviy xususiyatlari shu uslubning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shuningdek, bu uslubdagi aniq, qisqa va ixchamlik til vositalarning ham ana щu xususiyatlariga mos xolda bo‘lishini talab kiladi. Rasmiy uslubda shtamp shaklida mavjud bo‘lgan lug‘aviy vositalar qo‘llanilib, uslublikni kasb etadi. Masalan, ariza, tilxat, tushuntirish xati, bayonnoma. tavsifnoma, telegramma, qaror, bayonot, malumotnoma, axborot, tarjimai hol, e'lon kabi lug‘aviy vositalar rasmiy uslubning tayanch uslubiy vositalaridir.
Rasmiy uslub tez-tez takrorlanib turuvchi bir xildagi o‘zgarmas jumlalarga boy. Bu uslub turida sinonimlar, ko‘chma va ko‘p ma'noli so‘zlar, obrazli vositalar ko‘llanilmaydi. Rasmiy uslub ma'lum ma'noda chegaralangan uslubdir, Shuning uchun bu uslubda bir xil qolipdagi, standart vositalar ko‘plab qo‘llaniladi va shu uslub uchun muhim belgi sifatida xarakterlanadi.
Rasmiy uslub matnlaridagi jumlalar aniq va ravon, unda ortiqcha so‘zlar qo‘llanilmasligi talab kilinadi. Sintaktik jihatdan rasmiy uslubning jumlalari ikki tarkibli: sodda yoyiq gaplardan va ixcham shaklidagi qo‘shma gaplardan tashkil topgan bo‘ladi.
Rasmiy uslub yozma nutk meyorlariga to‘la asoslangan holda shakllanadi. Shuning uchun rasmiy uslubda ifoda shakllari ma'lum tartibga asoslangan holda aniq tuziladi. Masalan, Men, Xamidov Ravshan Shuxrat o‘g‘li, 1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ildim (tarjimai xol); Berildi ushbu malumotnoma O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2-ingliz tili fakulteti talabasi Mahkamova Sevara Maxmud qiziga (ma'lumotnoma) kabi aniq ma'lumotlarga tayanish – bu uslubning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham, bu uslubda chet tillarga oid so‘zlar, dialektik va sheva so‘zlari, so‘zlashuv nutqiga xos ibora va lug‘aviy vositalardan deyarli foydalanilmaydi. Rasmiy uslubda so‘z ma'nolarining ko‘chishi va subyektiv baho ifodalanishi holatlari uchramaydi. Shuning uchun bu uslub tamomila obrazlilikdan xoli uslub sanaladi.
Rasmiy uslub lug‘aviy jihatdan ancha chegaralangan bo‘lib, boshka uslub turlari uchun xos bo‘lgan lug‘aviy erkinlik mavjud emas. Rasmiy uslub acocan kitobiy va shu uslub uchun xos atamalardan tashkil topadi. Rasmiy uslubning tayanch lug‘aviy vositalari: xalqaro munosobatlarga oid bayonot, nota, bitim, shartnoma, munozara, rasmiy tashrif, do‘stona munosabat, rasmiy xabar, idora ishlariga oid so‘z; karor, chakirik, topshirik, vazifa, buyruqlar, щuningdek, huquq sohasidagi so‘z va birikmalar: qonun, ijro, qonunchilik, bank, kredit, mulk, fond kabilardir.
Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi hozirgi o‘zbek adabiy tilining ma'muriy va yuridik ishlarda amal qiladigan bir ko‘rinishidir.
Leksik xususiyati: kitobiy neytral so‘zlardan iborat bo‘ladi. Ushbu uslubda emotsionallik bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida ko‘rsatilganlar, quyidagi imzo chekuvchilar, qabul qilib oluvchi, mazkur, yo‘llanadi so‘z va turg‘un birikmalar. O‘ziga xos terminlar: akt, guvohnoma, qaror, qidirish, elchi, vakil, bayonot, tashrif, xalqaro vaziyat va h.k.
Rasmiy ish qog‘ozlari uslubida eskirgan so‘z va iboralar o‘rni bilan ishlatilishi mumkin. Masalan, janob, hazrati oliylari, janobi oliylari, yuqori martabali mehmon, shoh, shahzoda, malika kabi. Bu kabi so‘z va iboralarni ishlatish hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xos bo‘lmasa ham ularni qo‘llashda murojaat qilinayotgan tomonning va qolaversa xalqaro munosabat xususiyatlari e'tiborga olinadi. Grammatik xususiyati:
1.Tilga olinayotgan kishilar o‘z nomi bilan atalmasdan, buning o‘rniga ularning belgisi, biror harakati ishlatiladi: ijrochi, ayblanuvchi, guvoh, javobgar, uyni ijaraga oluvchi,da'vogar va h.k.
2.Harakat nomi: oldini olish, chora ko‘rish, hukm chiqarish.
3.Buyruq-istak mayli 3-shaxs birlik shaklidagi fe'llar: bajarilsin, topshirilsin, yuborilsin.
4.Majhul nisbatdagi fe'llar: qaror qilindi, o‘qib eshittirildi, ko‘rib chiqildi va h.k.
5.Qo‘shma gapning turlaridan shart, to‘ldiruvchi, kesim qo‘llaniladi.
Sizga shuni ma'lum qilamizki,....
To‘lov puli o‘z vaqtida yuborilsa,.....
Bajariladigan ishlar shundan iboratki,......
6.So‘z tartibi ham ilmiy uslubdagi kabi bo‘ladi, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun norma hisoblangan odatdagi tartibga rioya qilinadi.
Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi.
Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).
Muassasalar o‘rtasida xizmat aloqalari asosan xatlar orqali amalga oshiriladi. Bunday yozishmalar orqali turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul qilinadi. Xizmat xatlari quyidagi vazifalarni bajarishiga ko‘ra ikki turga ajraladi:

  1. Javob xatni talab qiluvchi xatlar (da'vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar kabi).

  2. Javob talab qilmaydigan xatlar (tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat kabi).

Barcha xizmat xatlari rasmiy yozishma bo‘lgani uchun maxsus bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Oddiy qog‘ozga yozilgan taqdirda chap tomonining yuqori burchagiga muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yilishi lozim.
Xizmat xatlar ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Lavozimi aniq ko‘rsatilgan rahbar tomonidan imzolangan xatning birinchi nusxasi jo‘natilib, ikkinchisi muassasada qoladi.
Xizmat xatlari mantiqan izchil uch qismdan iborat bo‘ladi. Kirish qismida tegishli muassasa murojaat qilishga asos bo‘lgan sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda xatda ko‘tarilgan masalani hal etish kerakligi dalil asosida bayon qilinadi. Xulosa qismida xat yozishdan qo‘zlangan asosiy maqsad aytiladi.
Rasmiy xat matnini yozishda quyidagilarga e'tibor berish lozim:
- xat qisqa bo‘lishi, qoidaga ko‘ra bir betdan oshmasligi kerak;
- fikrlar aniq va ravshan ifodalanishi shart;
- matnda ko‘chma ma'noli so‘z va iboralar ishlatilmasligi zarur;
- gaplarning kesimi hujjat turi va mazmuniga muvofiq uchinchi shaxs birlik yoki birinchi shaxs ko‘plik sonda shakllantirilishi lozim;
- matn sarlavhasi bir jumla shaklida ikki qatordan oshmasligi, “to‘g‘risida” yoki “haqida” ko‘makchilari orqali tugatilishi kerak (“Universitet oshxonasini ta'mirlash to‘g‘risida” kabi).
- matnda xizmat xatining turi, nomi yozilmaydi, xatning qandayligi matn mazmunida aks etishi zarur.
Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi. Kundalik turmushda, asosan, oilaviy yoki do‘stona munosabatlarni ifodalovchi xat, maktub keng qo‘llanadi. Bunday xatlar rasmiy yozishmalardan hajmining cheklanmaganligi, shakliy mustaqilligi, matn mazmunining ichki kechinmalarga, hazil, qochiriq, gina, afsus, taklif, e'tiroz, minnatdorchilik kabilarni oddiy so‘zlashuv yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi bilan ajralib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari, do‘stlik va hamkorlik munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi.
Shaxsiy xatning diplomatik yozishmalarga mansub turi ham mavjud. Bular yarim rasmiy tusda bo‘lib, ularda davlat boshliqlari, diplomatik xodimlarning shaxsiy va oilaviy hayotidagi yangiliklar, sovg‘a taqdim etish, minnatdorchilik bildirish, rasmiy uchrashuvlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan iltimoslar bildiriladi. Yuqoridagi shaxsiy xatlardan farqli ravishda bunda adabiy til me'yoriga to‘la amal qilinadi.
RASMIY IDORAVIY USLUB
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip,
qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub
sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi.
Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir. Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy
vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi -
axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik
xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.
Hujjatlar tili va uslubi
Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda
qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri, yog‘och, sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan.
Turkiy tilda bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar tuzish keyingi asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham rasmiylashtirish bo‘lgan.
Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy
uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik,
ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy uslub talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning axborotlarini rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi.
Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va
andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan atamalar bilan to‘lgani aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma va boshqalar.
Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda
qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin, eshitildi va b.
Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy
so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar,
kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni
qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin.
Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalash-
kuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi.
Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning 1
yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, tavsiya etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos qilamiz, eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.)
Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p
qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish).
Fe’lning buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi bilan hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz)dir.
Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish doirasi
hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi va b.). Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan holda
yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda sonlar son bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy boylik bilan bog‘liq hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi hujjatda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan. Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p qo‘llanadi. (masalan, men, Mahmudov Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik qilayotgan). Hujjatlarda turgan frazeologik birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi. Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot beruvchi, ta’kidlovchi xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov mazmunidagi gaplar, shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi. Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda, imlo va tinish belgilari, xatboshiga alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi- sarlavhalardan keyin o‘zbek tilida qoidalarga muvofiq nuqta qo‘yilmaydi.
Download 35.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling