Mavzu : Shaxtani shamollatish usullari va turlari Reja
Download 120.25 Kb.
|
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zo‘riqma, da Pa 260 Quvvati, kVt
Umumshaxta havo oqimi orqali lahim kavjoylarini shamollatish faqat bir-biriga yaqin qo‘shaloq lahimlarni masalan, shtrek o‘tishda yoki qisqa lahimlarni o‘tishda qo‘llaniladi. Bunda havo oqimi kavjoylarga to‘siqlar, shamolatish eshiklari va boshqa vositalar yordamida yo‘naltiriladi. Boshi berk uzun lahimlar kavjoylarini lahim og‘ziga yaqin o‘rnatilgan hududiy shamollatish ventilyatorlari yordamida shamollatiladi. Bunda haydovchi, so‘ruvchi va aralash shamollatish usullaridan foydalaniladi. “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filiali konida berk zaboylarni shamollatish umumshaxta depressiyasi yordamida va mahalliy shamollatish ventilyatorlari (VM) yordamida haydovchi va so‘ruvchi usullarda shamolatiladi. Shamollatish umumshaxta depressiyasi bo‘yicha mahalliy shamollatish ventilyatorlari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Umumshaxta depressiyasi bo‘yicha shamollatish usulida kavjoylarni uzluksiz shamollatish ta’minlanadi, bu esa ushbu usulning asosiy afzalligi hisoblanadi. Berk lahimlarni shamolatishda o‘q yo‘nalishli va markazdan qochma rusumli mahalliy ventilyatorlar qo‘llaniladi. Bu ventilyatorlarni shamollatadigan lahim og‘zidan kamida 10 m masofaga o‘rnatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Berk kavjoylarni shamollatishda elektr toki bilan ishlovchi VM-5M ventilyatorlari, siqilgan havoda ishlovchi pnevmatik VMP-5M, VMP-6M ventilyatorlaridan foydalaniladi. Shaxtani shamollatish uchun ventilyator tipini tanlashda uning ishonchliligi va ekspluatatsiya qilishda tejamkorlik hususyatlari hisobga olinadi. Lahimlarni o‘tishda toza havoni lahim kavjoyiga shamollatish quvuri orqali etkazib beradigan mahalliy shamollatish ventilyatorlari qo‘llaniladi. Ventilyator havoni shaxtadan so‘rib olganda kon lahimlaridagi havo bosimi atmosfera bosimidan kam bo‘ladi.va aksincha shaxtaga havoni puflab haydaganda kon lahimlaridan havo bosimi atmosfera bosimidan ko‘p bo‘ladi. Download 120.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling