Mavzu : Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda xalq og’zaki ijodidan foydalanish


Download 0.78 Mb.
bet5/6
Sana24.11.2021
Hajmi0.78 Mb.
#176959
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-1 Qurbonova Maxliyo

Xalq dostonlarini do’mbira jo’rligida ijro etuvchi va kuylovchi san’atkor shoir yoki baxshi deb atalgan. Xalq dostonlarini ijro etish uslubiga ko’ra Bulung’ur,Shahrisabz,Sherobod,Janubiy Tojikiston va Xorazm dostonchilik maktablari mavjuddir.

Fol’klorshunoslar tomonidan o’zbek xalq baxshilarining aytib turishi asosida 150 dan ortiq (variantlari bilan 400 dan ortiq) dostonlar yozib olingan bo’lib, ularning ko’pchiligi kitob holiday nashr qilingan.Bu dostonlar quyidagi turlarga bo’linadi

  • 1.Qahramonlik dostonlari: bunday dostonlar urug’chilik zamonlari bilan, xalqning ko’chmanchilik hayoti bilan bog’liq. “Alpomish”, “Yodgor”.
  • 2.Jangnoma dostonlar: bunday dostonlarda o’zaro jangu jadallar, afsonaviy yoki tarixiy urushlar, bunday urushlardagi qo’shin yoki yakka shaxsning jasoratlari tasvirlangan. “Yusuf va Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek”, “Xoldorxon”.
  • 3.Ishqiy-romantik dostonlar : bunday dostonlarda sevgi romantikasi va fantastic sarguzashtlar uyg’unlashib ketadi. Murodxon, Rustamxon, Kuntug’mish,Malikai ayyor
  • 4.Tarixiy dostonlar: bu turdagi dostonlarda tarixda bo’lib o’tgan voqea-hodisalar,ayrim tarixiy shaxslarning faoliyati ifoda etilgan. Edega, Shayboniynoma, Oychinor.
  • 5.Kitobiy dostonlar: ular yaratilishi jihatidan yozma adabiy manbaga ega bo’lgan bevosita yozma adabiyot ta’sirida yaratilgan dostonlardir. Layli va Majnun, Farhod va Shirin, Zevarxon, Rustami doston.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling