mavzu / soat / juftlik O‘quv faniga kirish
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
1 Mavzu (2)
1 MAVZU
O‘QUV FANIGA KIRISH
Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, Taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan (qarang Pedagogika). Taʼlim mohiyat eʼtibori bilan dars berish jarayoni, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyati, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilish hamda oʻqish jarayoni, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi – oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiy tarixiy tajribalari yosh avlodga taʼlim orqali oʻtadi. Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar taʼlimni jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar (qarang Pedotsentrizm), baʼzisi taʼlimning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari qaratilganligini taʼkidlaydi. Taʼlimning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, xis tuygʻu, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir. Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish – jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi. Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda taʼlimning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi (qarang Didaktika). Taʼlimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonu tizimining barcha 3
yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996 yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy atestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, taʼlim amaliyotini diagnostik taxlil etish, taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi (qarang taʼlimning milliy modeli). Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shart sharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasb hunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suxbat, tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter va boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi. Ta’lim asoslari fani yosh avlodga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fandir. Ushbu fan didaktika (taiim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ta’lim asoslari fani ta`limning mohiyati, qonuniyati, tendensiyalari va rivojlanish istiqbollarini o‘rganuvchi fan sifatida namoyon bo‘ladi. Tashkil etishning nazariya va texnologiyalarini, pedagog faoliyatining shakli va rivojlantirish metodlari hamda o‘quvchilaming turli korinishdagi faoliyatlarini, ularning o‘zaro munosabatlaridagi strategiva va
usullarini ishlab
chiqadi. Ta`lim asoslari fani shaxsni shakilantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Fanning maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uninghayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalami bajarishga e’tibor
qaratiladi: 1. Ma’naviy va axloqiy talablarga ko‘ra tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning rnohiyatini o‘rganish. 2.Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 3.Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar taiim tizimi tajribasini o'rganish asosida uzluksiz taiim tizimini takomillashtirish.
4
4.Taiim muassasalari pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. 5.Ilg‘or pedagogik tajribalami umumlashtirish va amaliyotgajoriy etish. 6.Pedagoglami pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda taiim-tarbiya usullari bilan qurollantirish. 7.Ta`lim-tarbiya birligi hamda
ijtimoiy tarbiya
yo'nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shartsharoitlarini o'rganish. 8. O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish. Fanning eng muhim kategoriyalariga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling