mavzu / soat / juftlik Turli yosh bosqichlarida nutqni o‘stirishning vazifalari


-§. Faol nutq va uni rivojlantirish


Download 77.49 Kb.
bet3/4
Sana20.11.2023
Hajmi77.49 Kb.
#1790162
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu.Ma\'ruza (1)

2-§. Faol nutq va uni rivojlantirish.

Faol nutq. Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-hayajonli muloqotni yo‘lga ko‘yish.


 Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy ko‘rinishlar va vokallashuvlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashish.
 Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-hohishlarni ifodalash va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan so‘zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalar va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko‘rganlarini bir nechta so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga (yil oxirida) undash.
 Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgilovchi so‘zlardan, xonadagi va xonadan tashqaridai buyumlardan, ayrim hayvonlardan va o‘simliklardan, atrofdagi kishilar va hayvonlar harakatlaridan, notirik va tirik obyektlardan, ayrim mehnat harakatlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish. Bola hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari Nutq funksiyalari va shakllari. Bolaning imkon doirasidagi va undan tashqaridai nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishish, kattalarning savollariga va takliflariga javob berish, o‘z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda kilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini ko‘llab-kuvvatlash; tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoklashishni istashini, o‘yin harakatlarini, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o‘ziga yakin mavzular bo‘yicha, hayvonlar hayoti, transport (shahar) haqida vaziyatdan tashkari muloqot qilishga undash. Lug‘at. Bolalarni buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash uchun so‘zlardan foydalanishga undash.
 Lug‘at so‘zlar bilan – kishilar, o‘simliklar, ozik-ovkatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari va ularning bolalari, o‘yinchoqlarning nomlari bilan, buyumlar kimslarining nomlari (ko‘ylak yengi va yokasi; mashina kuzovi va g‘ildiriklari) bilan boyitib borish. O‘yinlarda bolalarga harakatlarning so‘zdagi ifodasini o‘z ifoda harakatlari va o‘yinchoqlar harakatlari bilan takkoslashni o‘rgatish. Nutqning grammatik kurilishi. Bildirilgan fikrlarni grammatik rasmiylashtirishni, ya’ni so‘zlarni o‘zgartirish (soni, kelishigi va vaqtiga qarab, ularni gapda kelishtirish, kichraytiruvchierkalovchi nomlarni, tugallangan va tugallanmagan fe’llarni vujudga keltirishni o‘zlashtirishga ko‘maklashish. Nutqning tovush madaniyati. Bolalarga unlilarni va oddiy undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni mashk kildirish.
Muloqot jadal rivojlanishda davom etadi, zero kattalar bilan bevosita muloqotsiz premetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog’liq muloqot faqat emotsionalligicha kolmaydi, u nutqiy muloqotga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o’zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo’ladi.
Bir yoshdan keyin bola so’z bilan tegishli narsa, hodisa, sifat o’rtasida tezrok aloka bog’lashni o’rganadi. U so’zlar kombinatsiyasini, ya’ni iboralarni tushunadi, bir yarim yoshga kelib esa bevosita unga karatilmagan nutqni ham tushuna boshlaydi.
Ikkinchi yilning ikkinchi yarmida nutqning jadal rivojlanishi tufayli bolalarda psixik funktsiya (xotira, kabul qilish va boshk.) rivojlanib ketadi va o’z xususiyatini o’zgartiradi.
Muloqotga bo’lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o’zlashtirish bolaning o’z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya’ni real narsalarning o’rnini almashtira olish hamda o’rin bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish kobiliyatlari rivojlanadi. Birok nutqkacha predmetli harakatlarni (aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish), juftlik o’yinlarni («kuku», «shar yumalatish» va boshk.) rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzok yo’lni bosib o’tishga to’g’ri keladi.
Bola uchun katta yoshli odam – bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so’z muhim ahamiyatga ega bo’lib boradigan o’yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan muloqotga kirishish, narsalar va o’yinochklarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maksadlarga erishish uchun so’zdan foydalanish haqidagi chakirikka javob beradi, ba’zida o’zi tashabbus ko’rsatib, fikr bildiradi. Bola tilni faol o’zlashtiradi. So’z ortida turgan tasavvur yagona o’xshashlikdan keng o’xshatishlargacha, keyinrok esa yanada anik umumlashtirmalargacha rivojlanadi. Aynan bitta so’z yordamida ko’p obrazli munosabatlar ifodalanadi. Bola asta-sekin bu munosabatlarni grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so’zli, keyinrok esa uch so’zli gaplar orqali ifodalashni o’rganadi. Ikkinchi yilning oxiriga kelib dastlabki grammatik shakllar paydo bo’ladi. Bolaning so’z zahirasi ortadi. 1 yoshda – 1 yoshu 6 oyda so’z zahirasi 30-40 ta so’zni tashkil kiladi. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat bo’ladi. Bunda nonutqiy muloqot vositalari (ifodali harakat, bevosita namoyish qilish, ko’zlarning to’knashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va boshk.) hamon hukmron bo’ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini va ularda ko’llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.



Download 77.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling