Mavzu : Sport turlari buyicha to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish
Download 51.9 Kb.
|
Sharafjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- maqbullashtiriladi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy oliy ta’lim muassasasining dasturiga ko‘ra shakllantirilsin, jahondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash hamda ta’lim olishiga keng sharoit yaratish uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari akkreditatsiyadan o‘tkazilsin;
talabalarda sport mahoratini doimiy ravishda yuksaltirish hamda ularning personaltrayektoriyalar bo‘yicha variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalari asosida ta’lim olishlari uchun o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib, mazkur tizim 2024/2025 o‘quv yiliga qadar to‘liq joriy qilinsin; 2024/2025 o‘quv yiliga qadar barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga oid malaka talablari qayta ko‘rib chiqilsin, shu jumladan, bitiruvchi bakalavr va magistrantlarning bilimi, mahorati va pedagogik ko‘nikmalarini baholovchi kompetensiyalarni sertifikatlash tizimi joriy qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Universitet va uning filiallarida: bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari xalqaro standartlardan kelib chiqib maqbullashtiriladi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari 1-ilovaga muvofiq joriy qilinadi; “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega bo‘lgan, “Sport turining alohida yo‘nalishlari” magistratura mutaxassisligiga esa kamida O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadi; o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslarini o‘tkazish hamda o‘quv jarayonida ishtirok etish uchun sport federatsiya (assotsiatsiya)larining yetuk malaka va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislari jalb qilinadi; “Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti)”, “Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)” va “Marketing (sport marketingi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalarining amaliyoti yashash hududidagi mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-son qarorida belgilangan tegishli sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalarini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi; iqtidorli (qoida tariqasida, a’lo baholarga bitirgan) bitiruvchilarning bitiruv oldi amaliyoti ularni milliy terma jamoalarning xorijda o‘tkaziladigan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari hamda xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish orqali tashkil etiladi; talabalarning o‘zlashtirgan bilimi, malaka va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash darajasidan kelib chiqib, iqtidorli bitiruvchilarga sport bo‘yicha hakam hamda ikkinchi toifali trener malaka toifasini belgilovchi guvohnoma beriladi. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Universitet va uning filiallarida hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi: Download 51.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling