Mavzu : surxandaryo iqtisodiy geografik rayoni
Surxondaryo viloyati sanoatining tarmoq tarkibi
Download 348.5 Kb.
|
SURXANDARYO IQTISODIY GEOGRAFIK RAYONI
2.2. Surxondaryo viloyati sanoatining tarmoq tarkibi.
Viloyat xo’jaligining rivojlanishida mintaqada mavjud sanoat tarmoqlarining ham hissasi katta. Biroq boy tabiiy resurslar bo’lishiga qaramay viloyatda sanoat o’tgan asrning 50-yillarga borib taraqqiy eta boshladi. Bunga viloyat hududida keng ko’lamda olib borilgan kon qidiruv ishlarining natijalariga ko’ra istiqbolli konlar topilganligi va paxtani birlamchi qayta ishlovchi yirik korxonalarning qurilishi sabab bo’ldi. Bu davrgacha esa qurilish materiallari sanoatining g’isht va ohak tayyorlash, yengil va oziq-ovqat sanoatining don yanchish, paxta tozalash va yog’ ishlab chiqarish sohalarigina mavjud bo’lgan, xolos. 1927 yilda Termizda IES ishga tushirilgan bo’lsa, 1929-1941 yillar davomida Denov, Xayrobod, SHerobod paxta tozalash zavodlari, Termiz shahrida go’sht kombinati, non va yog’ zavodlari, Denov shahrida motor ta’mirlash va sharob zavodlari, «Xovdag», «Uchqizil», «Kakaydi» neft konlari ishga tushdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi tiklanishlar davri viloyatda sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga to’sqinlik qildi. 1971 yilda Qumqo’rg’on gidrouzeli, Uzun, Jarqo’rg’on, Angor va Muzrabot paxta tozalash zavodlari, Denovda yog’-ekstraktsiya, konserva, pivo zavodlari, shakarqamish davlat xo’jaligi hududida rom zavodi, Sariosiyoda g’isht va mayda shag’al saralash, Qumqo’rg’onda ta’mirlash-mexanika, temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodlari, «Lalmikor» neft koni va boshqalar ishga tushirildi. Natijada, viloyat sanoatining asosini tashkil etuvchi yoqilg’i-energetika, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi tarmoqlar barpo etildi. Sanoat tarmoqlari shakllanishining kech boshlanganligi hozirda viloyatda sanoat majmuasi, ichki tarmoqlar tuzilishi va hududiy tashkil etilishining takomillashmaganligiga sabab bo’lgan. Mavjud tarmoqlar asosan mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan edi. Viloyatning markazdan uzoqligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga qulayligi, asosan paxta yetishtirish va uni birlamchi qayta ishlashga ixtisoslashganligi sababli viloyat respublikada sanoat rivojlantirish darajasiga ko’ra so’nggi o’rinlardan birini egallab kelgan. Jumladan, 1970 yilda jami ishlab chiqarilgan mahsulotning aholi jon boshiga to’g’ri kelish indeksi bo’yicha viloyat ko’rsatkichi 0,56ga teng bo’lgan. Xuddi shu yil sanoat rivojlanish darajasiga ko’ra 0,48 ko’rsatkichi qayd etilgan bo’lib, bu ko’rsatkich Toshkent viloyatidan 3 marta, respublika o’rtacha ko’rsatkichidan esa 2 marta kam. Qayd etilgan holat keyingi yillarda ham ijobiy tomonga o’zgarmadi. II Jahon urushidan keyin va ayniqsa, Afg’onistonga SHo’ro qo’shinlarining kiritilishi viloyatni, xususan, uning asosiy sanoat markazlaridan biri hisoblangan Termizni yopiq zonaga aylantirdi. Mustaqillikka erishgach, barcha sohalarda bo’lgani kabi sanoatda ham tub o’zgarishlar yuz berdi. Surxondaryo viloyati sanoati o’tish davri qiyinchiliklari natijasida ba’zi sohalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaydi, ayrimlari esa o’z faoliyatini to’xtatdi. Mahsulot ishlab chiqarishda nodavlat sektorining o’rni ko’rina boshladi. Masalan, 1999 yil ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 92 foizi nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2010 yilga kelib bu ko’rsatkich deyarli 100 foizga yetdi. Mavjud sanoat korxonalari zamonaviy dastgohlar bilan ta’minlana boshlandi. Natijada, Jarqo’rg’on ip yigiruv-to’quv fabrikasi, SHo’rchi un kombinati kabi korxonalarini chet el zamonaviy uskunalari bilan qayta jihozlash hisobidan ishlab chiqarish quvvatlari bir yarim-ikki barobar oshdi. Xo’jaikon tuz konida yiliga 50 ming tonna osh tuzi ishlab chiqaruvchi korxona, Denov yog’-ekstraktsiya zavodida yiliga 10 ming tonna sovun ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi liniya ishga tushdi. Viloyat hududida hozirda chet ellik hamkorlar bilan birgalikda qurilgan «Surxon Atlantik», «Surxonteks», «Oltin chigit» kabi ruyhatga olingan 49 ta qo’shma korxonalardan 44 tasi faoliyat yuritmoqda (2012 yil). 1999 yilda 20 qo’shma korxona 800 mln. so’mlikka yaqin mahsulotlar ishlab chiqargan bo’lsa, 2012 yilda mahsulot ishlab chiqarayotgan qo’shma korxonalar 104751,8 mln so’mlik mahsulot va xizmatlar ishlab chiqardi. Viloyat sanoati respublikaning barcha hududlarida bo’lgani kabi mustaqillikning ilk yillarida turli iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi. Bunga sabab sifatida mavjud ishlab chiqarishni tashkil etuvchi shakllaridagi (ixtisoslashuv, kooperatsiya) uzilishlar, boshqaruv tizimidagi o’zgarishlar, moliyaviy qiyinchiliklarni ko’rsatish mumkin. Natijada sanoat ishlab chiqarish hajmida o’sish darajasi pasayib bordi. Sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish so’nggi yillarda eng past ko’rsatkichi 1993 yilda qayd etildi (99 %). Oldingi yillarda mavjud zahiralar asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan bo’lsa, bu yilda iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ko’pgina korxonalar o’z ish faoliyatini to’xtatgan, ba’zilarida mahsulot ishlab chiqarish hajmi qisqargan. 1991-1996 yilgacha bo’lgan davrda viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 5 martaga ko’paygan bo’lishiga qaramay o’sish darajasi oldingi yillarga nisbatan past bo’ldi.(1-jadvalga qaralsin) Statistik ma’lumotlarga ko’ra 1991 yil viloyatda 2130,7 mln. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan bo’lib, bu ko’rsatkich respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,3 foizini tashkil qilgan. 2- jadval Download 348.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling