Mavzu : тадбиркорлик фаолияти. Тадбиркорлик капитали ва унинг айланиши Reja


Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari


Download 28.05 Kb.
bet7/9
Sana11.10.2023
Hajmi28.05 Kb.
#1698419
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari
T  adbirkor ixtiyorida bo’lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali doimo ishlab chiqarish va muomala jarayonida harakatda bo’ladi. Bu harakatda kapital bir qancha bosqichlarni bosib o’tadi. Ishlab chiqarishga sarflanadigan har fanday sarmoya o’z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Sotib olingan tovarlar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslardiр
Pul ko’rinishidagi kapital (mablag’lar) unumli kapital shakliga aylanadi. Kapital harakatdagi ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (Ich) jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo’ladi, ya‘ni


Bu bosqichda hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko’chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo’shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo’ladi.
Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo’ladi. Ya‘ni, Т' → P′ (3) aylanadi.
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va jarayon takrorlanaveradi.
Tadbirkorlik kapitalining o’z harakatidagi uch bosqichni izchil bosib o’tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shaklga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi. Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya‘ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqich esa ishlab chiqarishda ro’y beradi. Formuladagi (.....) ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o’rtasidagi oraliqlar bilan ajratilib ko’rsatiladi.
Kapital birinchi bosqichda pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko’ra ular kapitalning harakati shakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratishda iborat. Bu jarayonda pul avanslanib, unga ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga sarflanadi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xuddi shu jarayonda qiymatning o’sishiga erishishni ta‘minlash sodir bo’ladi. Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx shaklida ro’yobga chiqishi sodir bo’ladi va o’sgan qiymatning pul aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta‘minlanadi. Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o’z doiraviy aylanishiga ega bo’ladi.
Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Ik
Xullas, kapital o’z harakatini puldan boshlasa P-bilan, unumli-ishlab chiqarishdan boshlasa unumli ishlab chiqarish bilan, tovar shaklidan yana tovar shakliga qaytib kelishi lozim.



Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling