Mavzu : Ta’lim tizimi va oliy ta’lim muassasasi haqida ma’lumot


Oliy ta’limdan keyingi ta’lim


Download 22.94 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi22.94 Kb.
#1828866
1   2   3
Bog'liq
Mavzu

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim


Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

Oliy taʼlim — turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali muta-xassislartayyorlash. Oliy taʼlim oliy oʻquv yurtlari tomonidan xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning turli sohalari boʻyicha oliy malakali mutaxassis boʻlishni istagan va tegishli talablarni bajargan oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼli-mini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan koʻnikmalar shakllantirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Oliy taʼlim jarayonida talabaga oliy maʼlumot beriladi. Oliy maʼlumot tushunchasi muayyan ixtisoslik boʻyicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yigʻindisini anglatadi. Oliy taʼlim uzoq tarixga ega boʻlib, u dastlab Qad. Sharq mamlakatlarida paydo boʻlgan. Misr, Bobil, Xitoy singari mamlakatlarda mil.dan bir necha ming yillar burun Oliy taʼlim tizimi dunyoga kelgan. Oliy bosqichdagi maktablarda talabalar olimlarning tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, davlatni boshqarish yoʻllari haqidagi asarlarini oʻrganar edilar. Platon (miloddan avvalgi 428—348 yil), Aristotel (miloddan avvalgi 384—322 yil) singari mutafakkirlar har bir shaxening jismoniy va akqliy imkoniyatlari 3 bosqichli taʼlimda toʻla namoyon boʻlishini asosla-ganlar. Shuning uchun ham Yunoniston va Qad. Rimda ozod kishilar hamda asl-zodalarning farzandlari uchun taʼlimning uchinchi — oliy bosqichi zarurligi tan olingan. Antik Oliy taʼlimda falsa-fa, filol., musiqa, notiqlik, tibbiyot, mat. fanlarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilgan. Musulmon Sharqining koʻp mamla-katlaridagi kabi Turkistonda ham dastlabki Oliy taʼlim madrasalarsa berilgan. Insoniyat tarixida musulmon Renes-sansi degan bosqichning yuzaga kelishida madrasalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Gʻarb mamlakatlarida 11—12-asrlarga kelib zamonaviy maʼnodagi Oliy taʼlim tizimining dastlabki koʻrinishlari vujudga kela boshladi. Uygʻonish davrida mat., mexanika, astronomiya, navigatsiya, tibbiyot kabi sohalardagi ulkan ilmiy kashfiyotlar Oliy taʼlimning mazmuni chuqurlashuvi hamda qamrovi kengayishiga sabab boʻldi. Fan, texnika, madaniyat va sanʼatning rivojlanishiga mutanosib ravishda Oliy taʼlim ham taraqqiy etib bordi.
Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling