Mavzu : Tektonik va neotektonik jarayonlar Reja: Tektonik jarayonlar
Download 39.18 Kb.
|
SamDU-WPS Office
SamDU Geografiya va ekologiya fakulteti Geografiya yo'nalishi 307-guruh talabasi Haqqulov Maqsudning Geologiya va geomorfologiya fanidan mustaqil ishiMAVZU : Tektonik va neotektonik jarayonlarReja:1. Tektonik jarayonlar2. Neotektonik jarayonlar3. Tektonik va neotektonik jarayonlar nima ahamiyatiTektonik harakatlar - Yer qaʼrida sodir boʻlgan jarayonlar natijasida vujudga kelgan Yer poʻsti harakatlari; Yer poʻsti va asosan Yer mantiyasidagi kuchlar taʼsirida sodir boʻlib, poʻstni tashkil etgan jinslarni deformatsiyaga olib keladi. Tektonik harakatlar, odatda, deformatsiyaga uchragan togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi va ichki strukturasining ozgarishi bilan bog'liq.Tektonik harakatlar bir vaqtning oʻzida juda katta maydonni oʻz ichiga oladi. Geodezik oʻlchashlarning koʻrsatishicha, butun Yer yuzasi uzluksiz harakatda boʻladi, lekin Tektonik harakatlar tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha yetadi. Bu harakatlar juda uzoq geologik vaqt (oʻnlab — yuzlab mln. yil) davom etib, toʻplanishi natijasida Yer poʻstining ayrim qismlarida yirik siljishlar roʻy beradi. Amerikalik geolog G. Jilbert (1890) T.gʻ. ni epeyrogenik (Yer yuzida katta maydonlarning uzoq vaqt koʻtarilishi va choʻkishi) vaorogenik (muayyan zonalarda burmalar hosil boʻlib, togʻ tizmalarining shakllanishi) harakatlarga boʻlishni taklif etdi.nemis geologi X. Shtille (1919) bu tasnifni rivojlantirdi. Uning asosiy kamchiligi oʻzaro farq qiluvchi 2 xil jarayon — burma va uzilma hosil boʻlishi bilan togʻ hosil boʻlishini yagona orogenez tushunchasi bilan izoxlanishidir. Shu tufayli boshqa tasniflar taklif etilgan. Rus geologlari A. P. Karpinskiy, M. M. Tetyayev Tektonik harakatlarni tebranma burmali va uzilmali harakatlarga ajratdilar. Nemis geologi E. Xarman va golland olimi R. V. van Bemmelen esa Tektonik harakatlar ni undatsion (toʻlqinli) va undulyatsion (burmali) harakatlarga boʻldilar (qarang Yer pusti tebranma harakatlari). Tektonik harakatlar sodir boʻlish shakli va vujudga kelish chuqurligi, mexanizmi va paydo boʻlish sabablari har xil ekanligi maʼlum boʻldi. 18-asr oʻrtalarida Tektonik harakatlarni boshqa prinsip boʻyicha sekin (asriy) va shiddatli boʻladigan harakatlarga ajratdilar. Tez sodir boʻladigan harakatlar, odatda, zilzilalar bilan bogʻliq boʻlib, gʻoyat qisqa muddatda kechadi. Zilzila vaqtida yer yuzasidagi siljishlar bir necha m ga yetadi, baʼzan 10 m dan ham oshadi. Lekin bu siljishlar jamlanganda sekin siljishlardan koʻp ham ortiq emas. Tektonik harakatlarni vertikal (radial) va gorizonta l (tengensial) harakatlarga boʻlish shartli boʻlsada, bir qadar ahamiyatga ega; bu harakatlar oʻzaro boglik boʻlib, biri ikkinchisiga oʻtib turadi. Bunda vertikal yoki gorizontal Tektonik harakatlardan biri ustun boʻladi. Vertikal harakat ustun (birlamchi) boʻlganda, yer yuzasi koʻtariladi va choʻkadi, jumladan togʻlar paydo boʻladi. Natijada okean va dengizlarda, qisman quruqlikda ham choʻkindi jinslarning qalin qatlami hosil boʻladi.Neotektonika (neo... va tektonika), eng yangi tektonika — tektonikaning Yerning hozirgi relyefi asosiy qiyofasini shakllantirgan turli strukturalar, Yer poʻsti rivojlanishning tarixi va tektonik harakatlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Bu jarayonlar Yer poʻsti tuzilishida yangi struktura shakllarini vujudga keltirib, qadimda paydo boʻlgan strukturalarni faollashtirgan. 1937-yil rus olimi S. S. Shuls birinchi marta "eng yangi tektonika" istilohini taklif etdi. U Tyanshan togʻlari hozirgi relyefining vujudga kelishini eng yangi tektonika jarayonlari bilan izoxladi. 1948-yilda geo-loglar N.ni geologiyaning mustaqil boʻlimi qilib ajratishni taklif qildilar.1950-yilda olimlar tektonik harakatlar kuchaygan davr (neogen-antro-pogen davri)ni Yer poʻsti rivojlanishining mustaqil eng yangi tektonik bosqichiga ajratdilar. Yer poʻsti turli struktura elementlari —materik platformalari, orogenez zonalari, hozirgi geosinklinal oblastlar, tafrogenezda eng yangi tektonik harakatlar faolligining kuchayishi bir vaqtda kech-magan (kechki oligotsen, neogen, antro-pogen). Bu eng yangi tektonik bosqichning quyi chegarasi masalasi boʻyicha olimlar oʻrtasida bahsga sabab buldi. N.da tektonik jarayonlarni urganishda turli metodlar (tarixiy-geologik, tektonik va geomorfologik, geofizik, tarixiy-arxeologik, biogeografik) va boshqalardan foydalaniladi.N.ga doyr turli regionlarning har xil masshtabdagi haritalari nashr qilingan. N.ning nazariy masalalarini ishlab chiqish amaliy vazifalar — muxandislik inshootlari (toʻgʻon, port va boshqalar) loyihalash va qurish, suv taʼminoti, neft va gaz quvurlarini yotqizish, konlarni qidirish, zilzilalarni basho-rat qilish bilan chambarchas bogʻliqDownload 39.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling