Mavzu : Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish tendensiyalari


Download 4.74 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi4.74 Kb.
#1560848
Bog'liq
Jumanazarov Javohir

Mavzu : Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish tendensiyalari.

Reja:

1.Tizimli dasturiy ta’minot

2. Servisli dasturiy ta’minot

Tizimli dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda etkazib beriladigan

tizimli dasturiy ta’minlanish-bazaviy dasturiy ta’minlanish va qo’shimcha

xarid qilinishi mumkin bo’lgan servisli dasturiy ta’minlanishning tuzilishi

berilgan.

Bazaviy dasturiy ta’minlanish (base software)-kompyuterini ishlashini

ta’minlovchi dasturiy vositalarning eng kichik majmuasidir.

Servisli dasturiy ta’minlanish - bazaviy dasturiy ta’minlanishning

imkoniyatlarini oshiruvchi va foydalanuvchiga qulayroq ish muhitini tashkil

qiluvchi dasturlar va dasturiy majmualardir.

Bazaviy dasturiy ta’minlashga quyidagilar kiradi:

1.operatsion tizim;

2.operatsion qobiq(matnli va jadvalli);

3.tarmoqli operatsion tizim.

Operatsion tizim foydalanuvchi fayillarni bajarish, EHM hisoblash resurslarini

rejalashtirish va boshqarish uchun mo’ljallangan.

Dasturiy ta’minlash va operatsion tizimlar sektorida IBM, Microsoft, NISYS,

Nowel firmalari etakchi o’rin egallaydilar. Operatsion tizimlarni sotishdan

daromad yiliga o’rtacha 20 mil dollardan oshib ketadi. Operatsion

tizimlarning eng keng tarqalgan turlarini ko’rib chiqamiz.

Servisli dasturiy ta’minot

Sevisli, qo’shimcha o’rnatilgan dasturlar kompyuter bazaviy dasturiy ta’minotining kengayishi bo’ladi, ularni vazifaviy alomatlari bo’yicha qo’yidagicha tasniflash mumkin:

Kompyuterning ish qobiliyatini diagnostika qilish dasturlari;

Kompyuterni himoya qilish, zararlangan fayllarni topi shva tiklashni ta’minlovchi virusga qarshi dasturlar;

Magnitli disk sirtining sifatini tekshirish, mantiiqiy va jismoniy darajadagi faylli tizimning saqlanishini nazorat qilish, disklarni siqish, disklarning sug’urta nusxalarini yaratish, tashqi manbalardagi ma’lumotlarni rezervlashtirish va boshqalarni ta’minlovchi disklarga xizmat ko’rsatish dasturlari;

Ma’lumotlarni arxivga joylashtirish dasturlari, ular ma’lumotlarni saqlash uchun xotira hajmini kamaytirish maqsatida axborotlarni siqish jarayonini ta’minlaydi;

Tarmoqqa xizmat ko’rsatish dasturlari.

Bu dasturlarni ko’pincha utilitalar deb ataydilar. Utilitalar – ma’lumotlarni ishlab chiqish yoki kompyuterlarga xizmat ko’rsatish operatsiyalari bilan qo’shimchalar (apparatli va dasturli vositalarni diagnostikaqilish, testdan o’tkazish, disk maydonidan foydalanishni muvofiqlashtirish, magnitli diskda buzilgan axborotlarni tiklash va h.q.)ni bajarish uchun xizmat qiladi [17].

Virusga qarshi mahsulotlar bir qator mezonlari bilan baholanadi:

Virusni topish (identifikatsiyalash)ning aniqligi;

Ma’lumotlarni zaharlanishdan himoya qilish imkoniyati;

Topilgan viruslarni samarali bartaraf etish (fayllarni tiklash);

Foydalanishni soddaligi;

Qiymati;

Maxalliy tarmoqda ishlash qobiliyati;

Disklarning boot-viruslarini topish va bartaraf etish imkoniyatlari.


Download 4.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling