Mavzu : Transformatorlarning gazli himoyasining o’ziga xosligi. Podstansiya shinalar himiyalar. Transformatorlarni mikroprossesorlarni himoyasi


Download 311.95 Kb.
bet1/5
Sana03.10.2023
Hajmi311.95 Kb.
#1691014
  1   2   3   4   5

Mavzu :Transformatorlarning gazli himoyasining o’ziga xosligi. Podstansiya shinalar himiyalar. Transformatorlarni mikroprossesorlarni himoyasi


Reja

1 Krish


2 Transformatorning rele himoyasi
3 Transformatorni ichki qisqa tutashuvdan bo‘ylama differensial himoya orqali himoyalash hisobi.

4 Transformatorning gaz himoyasi


5 Xulosa
6 Foydalangan adabiyotlar

Kirish


Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan saqlagichlar qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishni oshishi, elektr tizimlari ulanish sxemalarining murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni ko‘p kamchiliklarini namoyon qildi va buning oqibatida yangi himoyalovchi qurilma yaratildi. Bu himoyalovchi qurilma maxsus avtomat-rele yordamida amalga oshirildi va releli himoya deb nomlanadi.
Releli himoya elektr avtomatikaniig asosiy turi bo‘lib, u siz hozirgi zamon elektr tizimlari normal, va mustahkam ishlay olmaydilar. U energetika tizimining barcha elementlarining holatlarini doimo tekshirib, nazorat qilib boradi.
Rele himoyasi va avtomatika qurilmalari elektr sistemasida yuzaga keluvchi shikastlanish va normal bo‘lmagan rejimlarni avtomatik ravishda bartaraf qilish uchun xizmat qiladi. Rele himoyasi energosistemada shikastlanish hosil bo‘lganda shikastlangan elementni aniqlaydi va uni sistemaning shikastlanmagan qismidan shikastlanish toklarini uzishga mo‘ljallangan maxsus viklyuchatellarga taosir qilish yuli bilan ajratib qo‘yadi. Normal bo‘lmagan rejim hosil bo‘lganda rele himoyasi normal rejimni tiklash uchun zarur bo‘lgan amallarni bajaradi yoki nazoratchi personalga signal beradi.
Elektr taominoti sistemasining o‘ziga xos xarakterli belgilari, ularda bo‘ladigan jarayonlarning katta tezlikda kechishi va avariya xarakteriga ega bo‘lgan shikastlanishlarning yuzaga kelishi mumkinligidir. Shu sababli elektr taominoti sistemasining ishonchli va tejamli ishlashiga avtomatik boshqarish yo‘li bilangina erishish mumkin. Buning uchun har xil avtomatik boshqarish qurilmalari ishlatiladi. Ular orasida asosiy o‘rinlardan birini avtomatik rele himoyasi qurilmalari egallaydi.
Kurs ishida elektr ta’minoti sistemasining normal va qisqa tutashuv rejimlarining parametrlariga asosan, elektr qurilmalarni bajarish qoidalarining talablarini hisobga olgan holda rele himoyasi va avtomatika qurilmalari tanlanadi hamda ularning ishga tushish parametrlari,sezgirligi va tanlash xususiyatlari aniqlanadi.

as


Download 311.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling