Mavzu : Tuproq tabiiy va tarixiy tirik tana


Download 76.37 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi76.37 Kb.
#1431601
Bog'liq
O’zbekistonda tarqalgan tuproq tiplari

MAVZU : Tuproq hosil bo;lishida antropogen omilning ijobiy va salbiy tomonlari

REJA :

  • Insonning tuproqga tasiri va uning asosiy shakllari.
  • Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi.

Antropogen omillarmuhitning antropogen omillari — odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga taʼsiri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga taʼsir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayijshi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita taʼsiri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va boshqalarni oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit oʻzgarishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining koʻpayib borishi muammolari muhim boʻlib bormoqda. Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun maʼlum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
  • Ekinlarni notoʻgʻri sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi. Antropogen omillar inson faolyatining tabiatga tasir natijasida yuzaga keladi

Insonning tuproqga tasiri va uning asosiy shakllari. Insonning tuproqga ijobiy va salbiy tasiri ajratiladi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi, erlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar ko’rishi, atrof - muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo’q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, emirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq amalga oshmoqda. Er sharida tuproq qatlami tabiatning boshqa komponentlari kabi ekvatordan shimolga va janubga tomon zonal o’zgarib boadi, tog’lik erlarda esa balandlik mintaqalari hosil qiladi. Joyning geologik tuzilishi, iqlimi, o’simliklari va boshqa tabiat komponentlari tasirida har bir tabiat zonalarining tuproqlari turlichadir. Er shari quruqlik yuzasi umumiy maydonning 31 foizga yaqini tuproqlari uncha rivojlanmagan joylarga to’g’ri keladi (15 foizini muz va tundra zonalari, 1,2 foizini tog’lar, 0,7 foizini quruqlikdagi suvlar ishg’ol qiladi). Qolgan 60foizi esa tuprog’i yaxshi rivojlangan o’rmon, o’rmonli dasht, chala cho’l, cho’l, savannlar, subtropik, tropic zonalar va daryo vodiylardagi allyuvial tuproqli yerlardir.
Download 76.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling