Mavzu : Zamonaviy fotogafiya va va dizayn san’ati


Download 47 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi47 Kb.
#1389146
Bog'liq
fotogrfiya


Mavzu : Zamonaviy fotogafiya va va dizayn san’ati.

Reja:




  1. Dizayn haqida tushuncha.

  2. Zamonaviy fotografiya

  3. Dizaynerlik san’ati turlari.

  4. 1 dona rasm, 1000 dona so’zning o’rnini bosadi

  5. Xulosa.

Dizayn (ing . design — loyiha, chizma, rasm) — narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. D. faoliyati tarkibiga keng isteʼmol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, i. ch., jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va b. kiradi. D. 20-asr boshlarida yuzaga kelib, 30-y.larda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQShda shakllandi. 80-y. 2-yarmidan D.ning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (mas, materialshunoslik, rangshunoslik va b.)ga tayanadi, i. ch. jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va b. bilimlarga ega bulishi lozim. D. sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy oʻquv yurtlaridatayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham interyerlar va sanoat grafikasi, libos D. boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.Har qanday sohada inson o’zi uchun yangi narsani o’rganayotganda boshida qiynaladi. Buning sabablari ko’p. Ayrim sabablarni aqlni ishlatib, chiroyli yo’l bilan hal qilsa bo’ladi. Shu sabablardan biri bu ma’lumotlarning betartibligi. Agar o’rganayotgan o’quvchiga ma’lumotlar ketma ketligi to’g’ri yetkazib berilsa yahshi. Buning aksi bo’lsa, o’quvchi uchun yangi mavzularni o’rganishu juda ham murakkab jarayonga aylanadi. Shu sababli iloji boricha sizga oson bo’lishi uchun ma’lumotlarni tartiblab, bosqichma bosqich yetkazib berishga harakat qilaman.


GRAFIKA DIZAYNERIMISIZ YOKI IJODKOR?
Grafika dizayneri kasbi haqida o’ylaganlarim (birinchi qadam) Kompyuter grafikasi bilan shug’ullanadiganlarga yoki shug’ulanmoqchi bo’lganlarga omad. Bu juda ham zo’r kasb. Aql hisobiga, pul topiladi. Ya’ni, ko’proq aqliy mehnatdir. Qancha ko’p bilsangiz, shuncha bozorda mutaxassis sifatida oyligingiz ham oshib boraveradi. Istiqboli juda ham katta.

1 dona rasm, 1000 dona so’zning o’rnini bosadi


Grafika dizayni xizmatlari kimlar uchun kerak? Misol uchun, mebel sexida ishlaydigan ishchilar mebelni grafika dizaynerisiz ham chiqaza oladi. Ammo, ular ishini mijozlarga ko’rsatish uchun, qaysi variant ko’proq ularga mos kelishini aniqlash uchun, qaysi shakldagi mebel ko’proq mijozlarning uylariga to’g’ri kelishini va real hayotda qanday ko’rinishini ko’rsatish uchun grafika dizaynerlari xizmatlaridan foydalanishadi. Yoki bo’lmasam deylik, uy qurilishlarida, loyihani ko’rinishini chizish kerak bo’ladi. Reklama sohasidagi ishlarni gapirmasam ham bo’ladi. Xullas, ish ko’p. Ish hammaga yetadi. Bunisidan xavotir olmang! ” 1 dona rasm, 1000 dona so’zning o’rnini bosadi” degan tushunchaning borligi, grafika dizayneri xizmatiga bo’lgan talabning kuchligiga bir misol bo’la oladi. Endi shu 1000 dona so’zning o’rnini bosadigan 1 donagina rasmni chizilish tarixiga qisqacha to’xtalsak. Kelinglar kelishib olaylik, dizayner, dizayn, grafka dizayneri, rassom, ijodkor tushunchalari siz uchun bir biriga yaqin tuyulishi mumkin, ammo ularning mohiyati boshqa boshqa. Shuning uchun maqolani o’qiyotganingizda diqqatingizni bir joyga jamlab, bunday iboralarga azgina e’tiborliroq bo’lishligingizni so’rayman. Bu rasmiy o’quv qo’llanma emas, bu mening tajribam va bilimlarim mahsuli.
Dizayner bu bunyodkor inson. U shunchaki bunyod etmaydi – yangilik yaratadi. Shunga qaramasdan, buning uchun san’atga oid ta’lim bo’lishi shart emas. Ko’p hollarda muhandislar, dasturchilar, me’morchilar dizayner bo’ladi. Biroq, rostakasim professional dizayner bo’lish uchun azgina chiroyga intilish hissiyoti va ijod qilishga moyillik kerak. Maxsus bilimlarga ega bo’lish lozim. Axir zamonaviy texnika rivojlanishi dizayner ijodi uchun cheksiz erkinlik imkoniyatini taqdim etmoqda. Albatta, bilimining saviyasi yetarli darajada bo’lishi sharti bilan. Zamonaviy grafika dasturlarida ishlashni bilish kerak. Dizaynning boshlang’ich bilim poydevorisiz ish boshlay olmaysiz. U yerda dizaynning ma’lum bir me’yor va standartlari bo’ladi. U me’yorlarni har kim ham buzishga qaror qilavermaydi. Ko’pincha dizayn mijozning niyatiga bog’liq bo’ladi, shuning uchun mijozlar qanday niyatta, mahsulotning so’ngi ko’rinishi qanday ekanligini bilish uchun odamlar bilam muomila qilish ma’daniyati, ulardan kerakli ma’lumotni ola bilish qobilyati kerak bo’ladi.
San’at va dizaynning farqi. Ijodkor va dizayner ko’rinish (vizualizatsiya) berish yordamida yasaydigan asarining bilimlar poydevori bitta. Lekin ularning maqsadi mutlaqo turlicha. Ba’zi dizaynerlar o’zlarini ijodkor deb hisoblashadi, ammo kamchilik ijodkorlar o’zlarini dizayner deb hisoblashadi.
Ijodkor yasaydigan san’at asarining boshlanish jarayoni noldan boshlanadi. San’at asarining yuzaga kelishi ijodkorning tasavvuriga, mulohazasiga, his tuyg’usiga bog’liq.
Ijodkorlar o’zlarining hissiyotlarini boshqalar bilan bo’lishish uchun san’at asari yasaydi. San’at asarini tomosha qiluvchilar bundan ilhomlanishadi.
Dizayner qandaydir yangilik qilayotganida unda deyarli har doim boshlang’ish nuqta, asos bo’ladi. Bu xoh rasm bo’lsin, xoh fikr yoki harakat. Dizaynerning maqsadi auditoriyani nimadir qilishga undash: mahsulot sotib olishga, xizmatdan foydalanishga, biror bir joyni ko’rishga borishga, ma’lum bir ma’lumotni olishga undash. Dizaynerning fikrini samarali yetkazib bera olgan va iste’molchilarni qanaqadir ish qilishga undagan dizayn eng yashi dizayn hsoblanadi.

Yahshi san’at asari sharhlanadi, izohlanadi, talqin qilinadi.


Yahshi dizayn — bir qarashda(hech qanday sharhlarsiz) tushunsa bo’ladigan, aniq, narsa bo’ladi.
San’at va dizaynning yana bir farqi, ularning talqin qilinishida. Ijodkor-rassom rasmda, o’zining hissiyotlarini ifodalagani bilan, bu faqat bitta ma’noga ega degani emas. San’at asarini odamlar turlicha qabul qiladi, chunki san’at asaridan tomoshabinlar turlicha sharhlaydi, turlicha izoh beradi va natijada turlicha ta’sirlanadi.
Da Vinchining “Mona Liza” rasmi, ko’p yillardan beri sharhlanadi va muhokama qilinadi. Nimaga u kulyapti? Olimlar fikriga ko’ra, bu illyuziya (aldanish). Romantiklar uni sevib qolgan deyishadi. Skeptiklar esa (ishonmovchi, har narsaga shubha bilan qarovchilar), uning kulishiga hech qanday asos va sabab yo’q deyishadi.
Dizaynda teskari mazmun bor. Ko’pchilik aytadiki, agar dizaynni qandaydir yo’sin bilan “sharhlansa”, bunday holatda dizayner o’z maqsadida muvafaqiyatsizlikka ucharagan bo’ladi. Dizayning bosh maqsadi dizaynerning fikrini foydalanuvchiga yetkazish va uni biror bir ish qilishga undash. Agar siz dizayningizni foydalanuvchiga sharhlab tushuntirsangiz yoki foydalanuvchilar dizaynni tushunishda qiynalishsa, demak dizayn o’xshamagan bo’ladi. Yahshi dizaynda foydalanuvchiga dizaynerning fikri aniq yetkazib berilgan bo’ladi. Yahshi san’at asari hammaga xar hil axborot uzatadi. Yahshi dizayn hammaga faqat bir hil axborotni uzatadi. Dizaynerning asosiy vazifasi bu buyurtmachining talablarini maksimal darajada qondirish.
Dizayn – inglizchadan design loyiha-muhandisi, lotinchadan designare o’lchamoq degani. Dizayner — turli xil buyumlarni loyihalo’vchi va ijodiy bezatuvchi mutaxassisdir. Dizayner o’z iste’dodini xilma xil sohalar va yo’nalishlarda qo’llashi mumkin: arxitektura (eksteryer va interyer dizayn) va sanoat dizayni, veb sayt dizayni, komputer va telefon dasturlari(interfeys) dizayni, firma uslubini yasash(xizmat yoki mahsulot logotipi), matbaa dizayneri (vizitka, buklet, plakat, banner, blanka, kitob va jurnaldagi sahifalarni tartiblamoq, termoq, mahsulotlarni soladigan, o’raydigan qadoqlar dizayni), to’qimachilik mahsulotlari dizayni (kiyimlar, oyoq kiyimlar), to’ylardagi rasmlarni qayta ishlash. Hozirgi kunda dizaynerlik kasbi zamonaviy kasb bo’lmoqda. Dizayn sohasi bo’yicha ishlashning boshqa sohalarga nisbatan ustun tomoni, bu yahshi ish haqqi to’lanishi. O’zi grafika dizayneri tushunchasini, kasb sifatida lug’atga Germaniyalik inson kiritgan. U jurnal, gazeta ishlab chiqarish nashriyotida ishlagan. Jurnal va kitobdagi ma’lumotlar asosan ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Birinchisi matn, ikkinchisi esa rasm. Matn yordamida ma’lumotni yetkazish bu yozuvchilarning, rasm orqali ma’lumotni yetkazish esa rassomning ishi. Grafika dizayneri esa, rasm va matndan tashkil topgan ma’lumotlarni odamlar o’qiganda chiroyli, qulay ko’rinishi uchun tartiblaydi. Hozirgi kunda grafika dizayneri kasbi turli-tuman yo’nalishlardan iborat. Oson kasbning o’zi yo’q. Har qanday ishni o’rganayotganingizda boshida albatta o’ziga yarash qiyinchiligi bo’ladi. Bu qiyinchilik bo’lmaganida hamma mutaxassis bo’lib ketaverar edi. Grafika dizayneri bo’lish uchun nima qilish kerak? Qanday qilish kerak? Bu haqida kelgusi maqolamda javob beraman.
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling