Mavzu: 0ntogenezni ‘rganishda qo'laniladigan genetik metodlar


Download 16.97 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi16.97 Kb.
#1474203
Bog'liq
Mavzu 0ntogene-WPS Office


Mavzu: 0ntogenezni ‘rganishda qo'laniladigan genetik metodlar
Ontogenezda genlar faoliyatini ya’ni genlaming organizm tuzilishi, ulardagi belgi-xossalaming hosil boiishiga ko‘rsatgan ta’sirini o ‘rganish har xil metodlar yordamida amalga oshiriladi. Bular: transplantatsiya, sitogenetik, biokimyoviy, immunologik, fiziologik metodlardir. Transplantatsiya metodi yordamida bir hujayra yadrosini yoki bir to ‘qima qismini boshqa hujayra yoki to ‘qimaga ko‘chirish orqali rivojlanishdagi olzgarish kuzatiladi. Chunonchi, baqaning otalangan tuxum hujayralaridagi yadro m ikrotom izgich orqali olib tashlanib, retsipient hujayralarning biriga itbaliqning morula holatdagi, ikkinchisiga blastula holatdagi, uchinchisiga ertagi gastrula holatdagi, to‘rtinchisiga kechki gastrula holatdagi blastomera yadrolari alohida-alohida ko‘chirilsa, so‘ng ana shu usul bilan olingan tuxum hujayralarning bosqichmabosqich rivojlanishi kuzatib borilsa birinchi, ikkinchi, uchinchi tuxum hujayradan normal itbaliq taraqqiyot qilgan holda, to ‘rtinchi tuxum hujayradan normal itbaliq rivojlanmaydi. Oikazilgan tajribaga asoslanib tuxum hujayrasida onadan o‘tgan genlar faoliyati itbaliq rivojlanishining kechki gastrula davridan boshlab ta’sir etar ekan, degan xulosaga kelinadi. Kechki gastrula rivojlanishiga qadar otalangan tuxum hujayradagi genlar baqa rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmay tuxum hujayra um gianguncha ona hujayra xromosomalari diploid to ‘plamli bo ig an paytdagi genlar faoliyati tufayli sitoplazmada sintezlangan iRNK va metabolitlar hisobiga murtak rivojlanishi morulla, blastula, ertagi gastrula bosqichlari ro‘y beradi.
Dj.Gerdon tomonidan baqalar ustida olib borilgan nozik kuzatishlar, tajribalar shundan dalolat beradiki: 1) Tuxum hujayraning voyaga yetish jarayonida barcha genlar nofaol holatda bo‘ladi. 2) Tuxum hujayra urug‘langach uning bo‘linib, blastomeralami hosil etishi dastlabki tuxum hujayradagi irsiy axborot zaminida amalga oshadi. DNK replikatsiyasi, oqsil sintezi dastlabki tuxum hujayra sitoplazmasining zahirasidagi 6 ta blastula bosqichigacha RNK sintezi kuzatilmaydi.
Sutemizuvchi hayvonlarda esa otalangan tuxum hujayra bolinib 2 ta, 4 ta blastomeralami hosil qilish mobaynidayoq murtak genomi faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Blastomeralar soni 8 ta boiganda esa oqsil molekulalarini sintezlanishi toliq murtak genlari faoliyati natijasida го‘у beradi. Bu qanday bilinadi?
Malumki hujayra oqsil molekulalarini sintezlanishi uchun avvalo transkripsiya, ya’ni DNKdagi irsiy axborotni RNKga ko‘chirish zarur. DNKdagi u yoki bu oqsil molekulasini sintezlashda qatnashadigan gendan nusxa olish uchun DNKni m aium joyidagi qo‘sh qavat zanjir ferment ta’sirida bir-biridan uzoqlashishi — shishishi kerak. Shundagina DN K ning «m a’noli» zanjiridagi gendan iRNK sintetaza fermenti ishtirokida mRNK sintezlanadi.
Ontogenezni biokimyoviy metod asosida o‘rganish hidli no‘xat o‘simligi duragaylarining birinchi avlodida allel bo‘lmagan dominant genlarning bir-biriga ta’siri tufayii qizil pigmentni sintezlanishi yoki oshqovoqlarda duragaylarning birinchi avlodida gardishsimon, ikkinchi avlodida gardishsimondan tashqari uzunchoq mevali duragaylami hosil bolishi misolida ko‘rish mumkin.

Fiziologik metod yordamida faqat gen funksiyasi, uning o‘zgarishi va boshqa genlar bilan munosabati o‘rganiladi. Irsiyatning molekular asoslari bobida genlar tuzilishi, xilma-xil funksiyasi to‘g‘risida to'liq ma'lumot oldingiz. Allel va allel bo'lmagan genlaming o‘zaro ta’siri yoritilganda allel bo‘lmagan genlar orasidagi munosabat nihoyatda turli-tuman ekanligi bilan tanishdingiz. Allel bo'lmagan genlaming o‘zaro komplementar, epistaz, polimeriya, pleyotropiya, modifikator genlarning strakturali genlar faoliyatiga ko‘rsatgan ta’siri bunga yorqin misoldir.Gen qanday qilib biokimyoviy moddalar sintezi, almashinuvini, nihoyat fenotipni o ‘zgarishini boshqarishi mumkinligini tushunishda mikroorganizmlarni mutant formalari qulay obyekt sanaladi. Misolga neyrosporani olsak, uning normal formasi minimal muhitda ya’ni qand va vitamin B dan iborat ozuqa muhitida o‘sadi. O‘sish davrida normal neyrospora minimal ozuqadanhaninni antronil kislotaga aylantirsa, ikkinchi gen- ferment unga serinni qo‘shib indolni hosil etadi, uchinchi gen — ferment indolni triptofan aminokislotaga aylantiradi. To‘rtinchi gen - ferment ishtirokida triptofan kinureninni hosil qiladi. Beshinchi gen - ferment uni kislotaga aylantiradi. Oltinchi gen - ferment oksiantronil kislota asosida nikotin kislotani sintezlaydi. Shunday qiiib neyrospora hujayrasida fenilalanin aminokislotadan nikotin kislotani hosil boiishi 6 ta gen ishtirokida ro‘y beradi. Mabodo yuqoridagi reaksiyalaming birortasini ro‘yobga chiqaruvchi gen mutatsiyaga uchrasa, u holda hujayrada oraliq moddalardan birortasi tanada to‘plana boradi.Masalan, reaksiyalaming to‘rtinchi bosqichini amalga oshiruvchi gen mutatsiyaga uchrasa neyrospora hujayrasida triptofan aminokislotasi to‘planadi. Shunga ko‘ra mutant neyrospora o‘sish uchun kinurenin yoki oksiantronil kislotadan foydalanadi. Lekin undan oldingi metabolitlar — indol va antronil kislota hamda fenilalanindan foydalana olmaydi.
Download 16.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling