Afg’on Buyuk Britaniya urushi.
Afg’oniston geografik jihatdan muhim strategik mintaqada joylashganligi uchun bu davlat hududida Buyuk Britaniya va Rossiya manfaatlari to’qnashdi. Buyuk Britaniya Afg’onistonni o’z ta’sir doirasiga olish maqsadida 1838-yilda Afg’onistonga hujum qildi. Qisqa vaqt ichida Kobul shahrini egalladi. Taxtga Durroniylar sulolasining vakili Shuju o’tqazildi. Biroq erksevar afg’on xalqini bo’ysundirish oson emas edi. 1841-yilda Kobul aholisi qo’zg’olon ko’tardi. Bu qo’zg’olonda Do’st Muhammadxonning o’g’li Akbarshoh katta rol o’ynadi. Buyuk Britaniya qo’shini qo’mondonligi barcha harbiy qismlarini Afg’onistondan olib chiqib ketish to’g’risidagi shartnomani imzolashga majbur bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |