Afrikaning bo’lib olinishi.
Bitmas-tuganmas boyliklarga ega bo’lgan Afrika Yevropaning buyuk davlatlari e’tiborini tortmay qolmas edi. Yevropa davlatlarining bosqinchiligi Afrika xalqlari hayotini keskin о’zgartirib yubordi. An’anaviy savdo aloqalari uzildi. Mahalliy ishlab chiqarish vayron bo’ldi. Qul savdosi uchun odam ovlash 19-asring о’rtalarigacha davom etdi. Buning natijasi о’laroq, qit’adan millionlab kishilar ovlanib sotib yuborildi. Portugaliya mustamlakalari bo’lgan Angola va Mozambik eng muhim qul savdosi bazalari edi.19-asrning 70-yillaridan boshlab qit’aning ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlandi.Х10-asr oxiriga kelib qit’a hududining 90 foizi mustamlakachilar qo’liga o’tdi. Faqat ikki davlat Liberiya va Efiopiyagina o’z mustaqilligini saqlab qola oldi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |