Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet23/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

c)Rivojlantiruvchi-o’quvchilarning Angliya tarixiga oid bilimlarini yanada oshirish;
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Mutlaq monarxiya.

Mutlaq monarxiya (absolutizm) oliy hokimiyatning huquqi hech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs monarx qo’lida to’planishidir.

Boshqaruvning mutlaq monarxiya shakli siyosiy tarqoq mamlakatni yagona markaziy hokimiyat qo’1 ostida birlashtirish natijasida vujudga keldi.Mutlaq monarxiya mamlakat tarqoqligiga barham berdi.Chunonchi, qirol Genrix VIII Tyudor (1509-1547) butun mamlakatni yagona markaz Londonga bo’ysundirdi.

Aynan mutlaq monarxiya feodallarning o’zaro ichki urushlariga barham bergan.Tyudorlar sulolasidan chiqqan yangi qirollar feodallar qo’shinlarini tarqatib yubordi.

Bo’ysunishni istamagan feodallarning qo’rg’onlarini yer bilan yakson qildi. Isyonchilarning yerlari tortib olindi va qirollik mulkiga qo’shib yuborildi.

Shaharlarning huquqlari cheklab qo’yildi.Toifaviy-vakillik organi bo’lmish parlament butunlay bo’lmasa-da, o’z ahamiyatini yo’qotdi.Yangi soliqlar joriy etish masalasidagina parlament roziligining shartligi belgilab qo’yildi. Angliya qirollari veto huquqiga ega edilar. Bu huquq ularga parlamentning har qanday qarorini taqiqlay olish imkonini berardi. Mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishini parlament emas, tarkibini qirol tuzadigan Maxfiy Kengash belgilar edi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling