Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet7/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

c)Rivojlantiruvchi-o’quvchilarni xarita bilan ishlashga o’rgatish;;
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Ispaniya mustamlakalari.

Buyuk geografik kashfiyotlar ayni paytda Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati uchun ham yo’1 ochdi.Ispaniya bayrog’i himoyasi ostida yangi ochilgan yerlar Ispaniya qiroli mulki deb e’lon qilindi.Shu tariqa Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati boshlandi. Mustamlakachilar bosib olgan hududlarda paxta va shakarqamish ekinzorlari barpo etildi. Ispaniya qiroli 1512-yilda mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab qo’yuvchi qonun chiqargan bo’lsa-da, u mahalliy aholini shafqatsiz ekspluatatsiya qilishga xalaqit bermagan. Shafqatsiz ekspluatatsiya va yevropaliklar olib kelgan turli yuqumli kasalliklar tufayli ularning soni keskin kamayib ketdi. Mustamlakachilar 16-asr o’rtalaridan boshlab endi 1679-yilda Ispaniya Amerika sivilizatsiyasining markazi bo’lgan Mayya davlati (bugungi Meksika) hududlarini to’la bo’ysundirdi.

1503-yildan 1565-yilgacha Amerikadan Ispaniyaga 181 tonna oltin va salkam 17000 tonna kumush tashib ketildi. Bosib olingan mustamlakalarni boshqarish uchun ikkita vitse-qirollik tashkil etildi. Ulardan biri Yangi Ispaniya vitse-qirolligi ( Meksika, Markaziу Amerika, Venesuela va Karib dengizi orollarini о’z ichiga olgan), ikkinchisi esa Peru vitse-qirolligi (Braziliyadan tashqari, deyarli butun Janubiy Amerika hududi) edi. Vitse-qirollarga о’z hududlarida to’liq harbiy va sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi berilgan.

O’qing va mulohaza yuriting

Vitse-qirollar oliy tabaqa vakillari orasidan 3 yil muddatga tayinlangan. Ularga o’zi bilan oila a’zolarini olib ketish, u yerda ko’chmas mulk sotib olish va tadbirkorlik bilan shug’ullanish taqiqlangan. Vitse-qirollar faoliyati Ispaniyaning o’zida faoliyat ko’rsatuvchi «Hindiston kengashi» deb ataladigan kengash tomonidan nazorat qilingan.Kengashning vitse-qirolliklar bo’yicha qabul qilgan qarorlari qonun kuchiga ega bo’lgan.Mustamlakalar bilan olib boriladigan savdo esa «Sevilya savdo palatasi» tomonidan nazorat qilingan. Mustamlakachilik sekinlik bilan bo’lsa-da, hindu etnik guruhlari va qabila ittifoqlarining barham topishiga olib kelgan. Mahalliy xalq tili esa ispan tili bilan almasha boshlagan.Ispaniya faqat Amerikadagi mustamlakalari bilan cheklanib qolgani yo’q.U1529-yilda Filippin orollari ustidan ham о’z hokimiyatini о’rnatdi. 

Bu orollar taxt vorisi, shahzoda Filipp sharafiga Filippin deb atala boshlandi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling