Yakobinchilarning ichki siyosati.
1793-yilda Fransiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Feodal to’lovlar butunlay bekor qilindi. Dehqonlar endilikda о’z yerlarining ozod egalariga aylandilar.
Feodallarning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar yoqib yuborildi. Chet ellarga qochib ketgan dvoryanlarning yerlari may da bo’laklarga bo’linib sotildi. Savdogarlar hukumat belgilagan narxda tovarlarini sotmay qo’ydi. Endi ular yashirincha savdo qilishga о’tdilar. Oqibatda narx-navo kо’tarilib ketdi. Hukumat ish haqining eng yuqori daraj asini ham belgilab qo’ydi. Biroq bu tadbir yaxshilikka olib kelmadi. Natijada ishchilaiTiing ish tashlashi boshlandi. Hukumat esa uni shafqatsizlik bilan bostirdi. Chet el bosqinchilarining hujumi va birinchi iste’ mol mahsulotlarining yetishmasligi sharoitida ahvolning g’oyatda og’irlashuvi yakobinchilarni diktatura о’matishga majbur etdi.
1793-yil sentabrda Konvent «Shubhali kishilar to’g’risida» qonun qabul qildi. Bu qonun, yakobinchilar fikricha, «shubhali» deb hisoblangan barcha kishilarni to tinchlik о’rnatilgunicha qamoqqa olish va saqlashni ko’zda tutardi. Aslida yakobinchilar о’z raqiblaridan terror yo’li bilan qutilmoqchi edi. Buning tasdig’i о’laroq, Konventdagi barcha jirondachi-deputatlar qamoqqa olindi va qatl qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |