Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet148/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Islohotning tarixiy ahamiyati.

1861-yilgi islohot natijasida krepostnoylik huquqi yemirildi. Islohot dehqonlarni birdaniga ozod etmadi. Krepostnoylik sarqitlari uzoq yashadi. Podsho Rossiyasi qishloq xo’jaligida kapitalizm juda sekinlik bilan rivojlana boshladi. Biroq baribir islohot muhim tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Chunonchi, dehqonlar shaxsiy erkinlik va fuqarolik huquqiga ega bo’ldilar. Iqtisodiyotda kapitalistik munosabatlarning mustahkamlanishi uchun keng yo’l ochildi.



Tashqi siyosat.

Podsho Rossiyasi 19-asrda ham boshqa buyuk davlatlar qatori bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Dastlab Bessarabiya va Kavkazorti bosib olindi. Shimoliy Kavkazni ham to’la bo’ysundirish uchun 30 yil urush olib borishga majbur bo’ldi. Dog’iston, Checheniston va Adigeyning tog’lik xalqlari Rossiya qo’shiniga qattiq qarshilik kо’rsatdilar. Tog’liklarning podsho Rossiyasiga qarshi mustaqillik uchun kurashiga 25 yil davomida Shomil rahbarlik qildi. U aqlli va jasur hukmdor edi. Biroq kuchlartengbo’lmaganligidan Shomil qo’shini tormor etildi.

1864-yilga kelib oxir-oqibat butun Kavkaz podsho Rossiyasi tarkibiga kiritildi. 1864-yili Markaziy Osiyoni bosib olish uchun harbiy harakatlar boshlab yubordi. 1867-yilda Qo’qon xonligi va Buxoro amirligining bosib olingan hududlarida Turkiston general-gubernatorligini tashkil etdi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling